Home / FOTO LAVHALAR (page 75)

FOTO LAVHALAR

OʻZBЕK TILIDAGI “TAʼVILOT AL-QURʼON” ASARI TAQDIMOTI ANDIJON VILOYATIDA

Respublikamiz viloyatlarida boʻlgani kabi Imom Moturidiy “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tarjima qilinib nashr etilgan 30-juzi taqdimoti Andijon viloyatida ham oʻtkazildi. Mazkur viloyatda joylashgan “Sayyid Muhyiddin Maxdum” oʻrta-maxsus islom bilim yurti oʻqituvchi va talabalari, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyatidagi vakili va viloyatdagi faol imom-xatiblar ishtirok etgan …

Batafsil

“TAʼVILOT AL-QURʼON” ASARINING OʻZBЕK TILIDAGI NASHRI NAMANGAN VILOYATIDA TAQDIMOT QILINDI

Shu kunlarda respublikamiz viloyatlarida buyuk alloma Imom Moturidiy “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan 30-juzi taqdimoti tadbirlari oʻtkazilmoqda. Shunday tadbirlardan biri Namangan viloyatida boʻlib oʻtdi. Unda Namandagi “Hidoya” oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻqituvchi va talabalari, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyatidagi vakili va …

Batafsil

IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZI MALAYZIYALIK ILM AHLI VAKILLARI MЕZBONI BOʻLDI

Bugun, 25 oktyabr kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga shu kunlarda mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Malayziya Milliy universiteti qoshidagi Islom sivilizatsiyasi instituti direktori, professor Fariza Binti Sham, Malayya universiteti rektori, professor Mohd Hamdi Abd Shukor hamda Malayziya bola huquqlari boʻyicha vakili Nur Azia Mohd Aval tashrif buyurdi. Yuksak martabali mehmonlar …

Batafsil

Yevropada Islom ilmiga oid eng nufuzli hisoblangan ilmiy muassasa rahbari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mehmoni

Bugun, 24 oktyabr kuni mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Oksford Islom tadqiqotlari markazi direktori Farxan Nizomi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. Yuqori martabali mehmonni Markaz direktori Sh.Ziyodov va boshqa masʼul xodimlar kutib olishdi.     Mehmon dastavval muzey faoliyati va undan oʻrin olgan eksponatlar bilan yaqindan tanishdi. …

Batafsil

HAMKORLIK ALOQALARI YANGILANMOQDA

Mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan AQSH Tinchlik institutining Markaziy Osiyo va Afgʻoniston dasturlari direktori Skott Vorden boshchiligidagi delegatsiya Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. Yuqori darajadagi mehmonlarni Markaz direktori Sh.Ziyodov kutib oldi. Tashrif doirasida oʻzaro hamkorlik istiqbollari muhokamasiga oid ikki tomonlama muloqot boʻlib oʻtdi. Unda mehmonlarga Markaz …

Batafsil

MILLATNING TAQDIRI TILNING TAQDIRIGA BOGʻLIQ

Oʻzbek tili oʻzbek millatining uzoq tarixiy ildizlariga, oʻz siyosiy-huquqiy asoslariga ega muqaddas qadriyati, ulkan maʼnaviy yutugʻidir. Bugungi taraqqiyotiga qadar shonli va sharafli yoʻllarni bosib, keskin va shiddatli toʻfonlarni yengib kelayotgan milliy tilimiz davlat maqomida yanada ulugʻvor va ustuvorligini namoyon qilmoqda. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 21 oktyabr …

Batafsil

MOTURIDIYA TAʼLIMOTINING ASOSI TЕRMIZIYLAR YURTIDA TAQDIM ETILDI

Avval xabar berilganidek, shu kunlarda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Moturidiya taʼlimotining asosiy manbasi – “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining markaz tadqiqotchi olimlari oʻzbek tiliga tarjima qilgan 30-juzini respublikamiz viloyatlarida keng jamoatchilikka taqdim etishga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilmoqda. Asarning navbatdagi taqdimoti Surxondaryo viloyatida boʻlib oʻtdi. Surxondaryo viloyati hokimligi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot …

Batafsil

SAMARQAND JAMOATCHILIGIGA IKKI NODIR ASAR TAQDIM ETILDI

Joriy yil 14 oktyabrda Samarqand shahrida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan Imom Moturidiyning “Taʼvilot al-Qurʼon” asarini 30-juzi hamda Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan musulmon huquqshunosi, Ustrushana — hozirgi Jizzaxdan yetishib chiqqan buyuk alloma Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning “Jomiʼ ahkom as-sigʻor” (Bola huquqlari kodeksi) …

Batafsil

OʻZBЕK TILIGA TARJIMA QILINGAN “TAʼVILOT AL-QURʼON” ASARI TAQDIMOTI QASHQADARYODA

Avval xabar qilinganidek, shu kunlarda respublikamiz viloyatlarida Imom Moturidiy “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tarjima qilinib nashr ettirilgan 30-juzi taqdimoti tadbirlari oʻtkazilmoqda.  Shunday tadbirlardan biri Qashqadaryo viloyatida boʻlib oʻtdi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyati vakilligi va “Xoja Buxoriy” oʻrta maxsus bilim …

Batafsil

Taqdimot tadbirlari viloyatlarga koʻchmoqda

Mustaqilligimizning 30 yilligiga munosib tuhfa boʻlgan koʻplab ezgu ishlar istiqlolning naqadar buyuk neʼmat ekanini chuqur anglashimizda muhim omil boʻlayotgani bilan ahamiyatli. Xususan, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi tomonidan oʻzbek tilidagi “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining dastlabki 30-juzi dunyo yuzini koʻrgani ham ming-minglab yurtdoshlarimizda bugungi kunlarga shukronalik hissini oshiradi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi …

Batafsil