Home / FOTO LAVHALAR (page 37)

FOTO LAVHALAR

KOMILLIKKA ERISHISHNING YAGONA YOʻLI — MUTOLAA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Komil Sindorovning “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan chop etilgan “Temuriylar kutubxonasining siri”, “Supoqsoydagi sirli qotillik”, “Oʻgʻirlangan bolalik” nomli badiiy detektiv asarlar mohiyati yuzasidan muallif ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda Markaz rahbariyati va ilmiy xodimlari hamda Malaka oshirish markazi Samarqand mintaqaviy filiali tinglovchilari qatnashdi. Tadbir …

Batafsil

BUXORO VOHASI TARIXI TURKUM SЕMINARLARNING NAVBATDAGISIGA MAVZU BOʻLDI

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzusi doirasida navbatdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Markazning xalqaro stipendiya sovrindorlari va ilmiy xodimlari, Islom hamkorlik tashkiloti (OIC)ning Islom tarixi, madaniyati va sanʼatini tadqiq etish markazi …

Batafsil

OKSFORD TADQIQOTCHISI MARKAZDA BOʻLDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Buyuk Britaniyadagi Oksford Islom tadqiqotlari markazi doktoranti Benjamin Sharkey keldi. Tadqiqotchi “Markaziy Osiyo mintaqasining Oʻrta asrlardagi tarixi” mavzusi doirasida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib borayotgan boʻlib, Oʻzbekistonga tashrifidan maqsad tadqiqot obyektlarini oʻrganish, mavjud madaniy meros yodgorliklarini koʻzdan kechirish hamda tarixiy manbalarni tadqiq etishdan iborat. Mehmon …

Batafsil

MARKAZ STIPЕNDIATLARI ILMIY ISHLARI TAQDIMOTINI OʻTKAZDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiyaning ayni kunlarda Markazda amaliyot oʻtayotgan sovrindorlari olib borayotgan ilmiy-tadqiqotlarining dastlabki natijalari taqdimotini oʻtkazishdi. Taqdimot avvalida stipendiya dasturi gʻoliblari Markazda ilmiy izlanishlar olib borish uchun yaratilgan sharoit hamda rahbariyat va ilmiy xodimlar tomonidan koʻrsatilayotgan amaliy yordamlar uchun minnatdorlik bildirishdi. Shuningdek ular …

Batafsil

DOKTOR HAMZA BAKRIY MARKAZGA TASHRIF BUYURDI

Bugun ayni kunlarda mamlakatimizda boʻlib turgan Kalom va islom falsafasi boʻyicha yetuk olim, Turkiyaning Ibn Xaldun universiteti professori, doktor Hamza Bakriy Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Jamoliddin Karimov hamrohligida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. Mehmonni Markaz direktori, tarix fanlari nomzodi, dotsent …

Batafsil

Markaz direktori stipendiya sovrindorlarini qabul qildi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov yaqinda Markazga ilmiy amaliyot oʻtash uchun kelgan Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya sovrindorlari Muhammad Hilmi Jalil va Almas Imangaliyevni qabul qildi. Markaz rahbari mehmonlarni dastur gʻolibligi bilan qizgʻin tabriklab, Malayziya hamda Qozogʻiston davlatlaridagi ilmiy muassasalar bilan oʻrnatilgan hamkorlik aloqalarining ayni paytdagi holati hamda stipendiatlar …

Batafsil

XALQARO STIPЕNDIYA GʻOLIBLARINING IKKINCHI JUFTLIGI YETIB KЕLDI

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturining navbatdagi ikki nafar gʻolibi – Malayziya milliy universiteti Islom sivilizatsiyasi instituti oʻqituvchisi Muhammad Hilmi Jalil hamda L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo Milliy universiteti (Qozogʻiston) doktoranti Almas Imangaliyev ilmiy amaliyot oʻtash maqsadida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga yetib keldi. Stipendiatlarni Markaz direktori oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa …

Batafsil

Markaz ilmiy xodimlari mahorat darslarida qatnashmoqda

Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Kalom va islom falsafasi boʻyicha yetuk olim, Turkiyadagi Ibn Xaldun universiteti professori, doktor Hamza Bakriy ishtirokida oʻquv mashgʻulotlari boshlandi. Mashgʻulotlarda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkent islom instituti, “Koʻkaldosh”, …

Batafsil

HAMKORLIK SAMARADORLIGI OSHIRILADI

Ayni paytda Oʻzbekistonda boʻlib turgan Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universiteti olimlari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz direktori Shovosil Ziyodov va boshqa ilmiy xodimlar kutib olishdi. Anqara Yildirim Boyazid universiteti Tarix fakulteti dekani, professor Husayn Chinar, Inson va ijtimoiy fanlar fakulteti professori, temuriylar davri boʻyicha mutaxassis, doktor …

Batafsil

HIDOYAT IMOMI QOLDIRGAN MЕROS EʼZOZ VA EʼTIROFDA

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy  xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va boshqa turdosh markazlar hamda ilmiy muassasalar hamkorligida “Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon” mavzuida  II Xalqaro ilmiy-amaliy simpozium boʻlib oʻtdi. Onlayn tarzda tashkil etilgan simpozium ishida mahalliy va xorijiy taʼlim muassasalari, diniy …

Batafsil