Home / FOTO LAVHALAR (page 24)

FOTO LAVHALAR

Hamkorlikni rivojlantirishga ehtiyoj bor

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Malayziya milliy universiteti Islom sivilizatsiyasi instituti direktori, professor Fariza binti Sham boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz rahbari Shovosil Ziyodov va Hadis ilmi maktabi rektori Barot Amonov kutib oldi va Muzey faoliyati bilan tanishtirdi. Mazkur institut bilan Markaz oʻrtasida 2021-yilda oʻzaro hamkorlik boʻyicha Anglashuv memorandumi …

Batafsil

Soha rivoji – davlat darajasidagi eʼtibor mahsuli

30-may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Samarqand Davlat universiteti va Avstriya Fanlar akademiyasi huzuridagi Eronshunoslik instituti hamkorligida “Moʻgʻullar va temuriylar davriga oid Oʻrta Osiyo qoʻlyozmalari (XIII-XV asrlar)” mavzusida oʻtkazilayotgan xalqaro konferensiya davom etdi. Anjumanda mamlakatimiz olimlari, Avstriya, shuningdek, AQSH, Rossiya, …

Batafsil

Manbalarni oʻrganish – doimiy ilmiy ehtiyoj

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 29-may kuni Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Samarqand Davlat universiteti va Avstriya Fanlar akademiyasi huzuridagi Eronshunoslik instituti hamkorligida “Moʻgʻullar va temuriylar davriga oid Oʻrta Osiyo qoʻlyozmalari (XIII-XV asrlar)” mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi. Anjuman ishida Oʻzbekiston va Avstriya, shuningdek, AQSH, Rossiya, Fransiya, …

Batafsil

Konferensiya ishini boshladi

“Mo‘g‘ullar va Temuriylar imperiyalaridagi O‘rta Osiyo qo‘lyozmalari (XIII-XV asrlar)” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy konferensiyaning “Markaziy Osiyo qo‘lyozmalari hoshiyalarida so‘fiylik” nomli shoʻba yig‘ilishi davom etmoqda. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy– tadqiqot markazi Matbuot xizmati

Batafsil

Nufuzli xalqaro anjuman

Turkiyaning Chankiri shahrida 27-may kuni Movarounnahr allomalari ilmiy merosini oʻrganishga bagʻishlangan xalqaro ilmiy konferensiya ish boshladi. Chankiri Karatekin universiteti va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida tashkil etilgan “Movarounnahrdan Onadoʻliga hadis anʼanasi va muhaddislar” mavzusidagi nufuzli anjumanda mamlakatimizning diniy sohada faoliyat yuritayotgan davlat va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat delegatsiya ishtirok …

Batafsil

Numan Kurtulmush: bizning tariximiz, madaniyatimiz, qalbimiz mushtarak

Rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush boshchiligidagi delegatsiya 23-may kuni Samarqandda boʻldi. Mehmonlarni Samarqand xalqaro aeroportida Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi masʼullari, viloyat hokimligi vakillari kutib oldi. Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi dastlab Hazrati Xizr majmuasiga borib, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom …

Batafsil

Har bir namunasi – betakror!

22-may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Turkiyadagi Marmara universiteti bilan hamkorlikda “Turk abrusi tarixi” mavzusida seminar oʻtkazildi. Markaz ilmiy xodimlari, Buxorodagi “Ustoz-shogird” amaliy sanʼat markazi, Samarqand viloyati madaniyat va sanʼat xodimlarining “Eʼzoz” assotsiatsiyasi rahbarlari, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Hunarmandlar uyushmasi aʼzolari, Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi …

Batafsil

Ilm-fandagi yangicha yondashuvlarga bagʻishlandi

Navoiy davlat pedagogika institutida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda “Ilm-fandagi zamonaviy tendensiyalar” mavzusida ilmiy seminar oʻtkazildi. Institut rektorati, ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-oʻqituvchilari, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar ishtirokida tashkil etilgan seminarda Markaz direktorining Bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Toʻrayev maʼruza qildi. Olim zamonaviy ilm-fan tizimida falsafiy tafakkurning …

Batafsil

Islohotlar – soha rivojining asosi

Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida 17-may kuni islom dinining Hanafiy-Moturidiy talqiniga bagʻishlangan xalqaro simpozium boshlandi. Qirgʻiziston-Turkiya Manas universiteti shafeʼligida oʻtkazilayotgan ikki kunlik anjumanda mezbon davlatdan tashqari Ozarbayjon, Qozogʻiston, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Afgʻoniston, Indoneziya va yurtimiz vakillari qatorida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari ham ishtirok etmoqda. Ellikdan ziyod islomshunos olim, …

Batafsil