12-fevral kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi xodimlari va Hadis ilmi maktabi ustoz-talabalari ishtirokida buyuk allomalarimiz tavallud sanalariga bagʻishlab “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur – Sharq Renessansining yorqin namoyandalari” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Markaz direktori Shovosil Ziyodov buyuk mutafakkirlarning maʼnaviy merosi haqida soʻz yuritib, dastlab Alisher Navoiyning …
BatafsilAlisher Navoiy merosi – maʼnaviy va maʼrifiy yuksalish manbai
Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bagʻishlab 8-9-fevral kunlari Navoiy viloyatida ilmu fan, adabiyot, sanʼat, madaniyat namoyandalari, davlat va jamoat arboblari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlarda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy kotibi, falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori Baxtiyor Tursunov ham ishtirok etdi. Markaz vakili viloyat miqyosida oʻtgan “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” anʼanaviy …
BatafsilRadikalizmning oldini olishda maʼrifiy yondashuv
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand Davlat arxitektura-qurilish universitetida “Radikalizm – jamiyat barqarorligiga tahdid” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Universitet pedagog-xodimlari va talabalari ishtirokida oʻtgan uchrashuvda radikalizmning kelib chiqish sabablari, jamiyat uchun xavfli oqibatlari va uning oldini olishda maʼrifiy yondashuvning oʻrni haqida maʼruzalar tinglandi. Markaz ilmiy …
BatafsilXalqaro turizm festivali qatnashchilari – Markazda
Shu kunlarda mamlakatimizda Naqshbandiya tariqatining Oltin Silsila pirlari ziyoratgohlari boʻylab davom etayotgan “Naqshbandiya festivali” ziyorat tadbirlari qatnashchilari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida mehmon boʻldi. Malayziya, Indoneziya, Singapur, Hindiston, Bruney, Turkiya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Nepal kabi davlatlardan kelgan yuzdan ziyod din, fan va jamoat arboblari, olimlar va turizm sohasi vakillaridan iborat …
BatafsilJaholatga qarshi kurashga barcha masʼul
Samarqand Davlat tibbiyot universitetida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “Radikalizm – jamiyat barqarorligiga tahdid” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Universitet pedagog-xodimlari va talabalari ishtirokida oʻtgan uchrashuvda radikalizmning ijtimoiy barqarorlik va millatlararo hamjihatlikka tahdidi, mafkuraviy xurujlarga qarshi kurashish yoʻllari muhokama qilindi. Markaz ilmiy xodimlari yigʻilganlarga interaktiv usullar orqali radikalizmning salbiy …
BatafsilMalayziyaning islom sanʼatiga oid nodir kolleksiyasi Oʻzbekistonda namoyish etiladi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi matbuot xizmati xabar berishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasida madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan tashabbusi Malayziya Islom sanʼati muzeyi rahbariyati tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlandi. Markaz matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekistonda ushbu muzeyning noyob eksponatlarini namoyish etishga bagʻishlangan maxsus koʻrgazmalari tashkil etiladi. Koʻrgazmada mamlakatimiz tarixi bilan …
Batafsil“Madaniy meros: Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi koʻprik”
4-fevral kuni Kuala-Lumpur shahridagi Malayziya Islom sanʼati muzeyida ikki davlat oʻrtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, Malayziya jamoatchiligini Oʻzbekistonning boy tarixi va madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida shu mavzuda xalqaro davra suhbati boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi koʻmagida tashkil etilgan tadbirda Malayziyaning yetakchi ilmiy va madaniy muassasalari – «Al-Buxoriy» …
BatafsilOʻzbekiston-Malayziya: Ikki tomonlama hamkorlik mustahkamlanmoqda
Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari rahbar xodimlari 3-fevral kuni Kuala-Lumpur shahrida joylashgan Malayziya xalqaro islom universiteti huzuridagi Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi xalqaro instituti mutasaddilari bilan uchrashdi. Muloqot chogʻida islom ilmi va maʼnaviyatini chuqur oʻrganish, koʻp asrlik ilmiy merosni asrab, kelgusi tadqiqotlar uchun yangi yoʻnalishlar belgilash masalalariga …
BatafsilYoshlar maʼnaviyati – kelajakni belgilovchi bosh omil
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Samarqand Agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Yoshlarning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi huquqbuzarliklar, diniy ekstremizm kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yoʻllari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Yoshlarda maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni yanada yuksaltirish, ularni jamiyatda oʻz oʻrnini topishga yoʻnaltirish, bunda huquqbuzarliklar va diniy ekstremizmning salbiy taʼsirini kamaytirishga qaratilgan …
BatafsilJadidlik va milliy uyg‘onish: Behbudiy merosi yoshlar qalbida
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Gʻallaorol tumani ixtisoslashtirilgan maktabida buyuk jadid, ma’rifatparvar va Turkiston millatparvarlari yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiyning 150 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Markaz ilmiy xodimlari B.Mahmudov, A.Mamadaliyev, tuman Adliya bo‘limi bosh yuristi E.Muhammadiyev va Davlat xizmatlari bo‘limi xodimi Gʻ.Normatov ishtirok etdi. Tadbir davomida …
Batafsil