Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Indoneziyadagi Qurʼon ilmlari instituti (Institut Ilmu Al-Qurʻan (IIQ Jakarta) bilan hamkorlikka oid Anglashuv memorandumini imzoladi. Kelishuv qurʼonshunoslik, tafsir, qiroat va manbashunoslik yoʻnalishlarida qoʻshma ilmiy tadqiqotlar, tajriba almashuvi va oʻzaro manbalar aylanmasini yoʻlga qoʻyishni nazarda tutadi. IIQ Jakarta kabi sohaviy ilmiy maskanlar bilan amaliyotga yoʻnaltirilgan hamkorlik …
BatafsilIlm – umumiy mulkimiz
Indoneziyaning Kalimantan mintaqasidagi ulamolar tashabbusi bilan XVIII asrda yashab oʻtgan mashhur muhaddis va faqih Muhammad Arshad Banjariy qalamiga mansub “Sabilul muhtadiyn” (“Hidoyatga yetganlar yoʻli”) asarining faksimile nusxasi Oʻzbekistonga taqdim etildi. Ushbu qimmatli asarning dublikatlari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi kutubxonalariga topshirildi. Bu haqda Indoneziyaning …
BatafsilImom Buxoriy merosi – zamonaviy tadqiqotlar markazida
“Imom Buxoriy va musulmon olamidagi ilm-fan (2025)” xalqaro anjumani oʻz ishini ikkinchi kun ham qizgʻin ilmiy muhokamalar bilan davom ettirdi. Bu safar “Hadis, tafsir va axloqiy mulohazalar”, “Zamonaviy tadqiqotlar, raqamli gumanitar ilmlar va institusional taʼlim” mavzularida ilmiy sessiyalar oʻtkazildi. Ularda Oʻzbekiston va Indoneziya olimlari va tadqiqotchilar ishtirokida hadis va tafsir …
BatafsilImom Buxoriy va musulmon olamining ilmiy merosi
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Indoneziyaning Sharif Hidoyatulloh davlat islom universiteti va Qurʼon ilmlari instituti (IIQ) hamkorligida “IMOM BUXORIY VA MUSULMON OLAMIDA ILM-FAN (2025)” mavzusida xalqaro anjuman boshlandi. Forum joriy yil iyul oyida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Sharif Hidoyatulloh davlat islom universiteti oʻrtasida Jakartada imzolangan Anglashuv memorandumida koʻzda …
BatafsilMuloqot va hamkorlik – maʼnaviy taraqqiyot sari mushtarak odim
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Malayziyaning Islomshunoslik boʻyicha ilgʻor tadqiqotlar xalqaro instituti (International Institute of Advanced Islamic Studies – ISTAC) va Malayziya xalqaro islom universiteti (International Islamic University Malaysia – IIUM) muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan, islom moliyasi boʻyicha malakali mutaxassis dr. Sheyla Aynun Yusuf xonim ishtirokida ilmiy suhbat tashkil etildi. …
BatafsilO‘zbekiston va Indoneziya hamkorligi yangi bosqichda
26-oktyabr kuni Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Oʻzbekiston va Indoneziya oʻrtasidagi turizm va ilmiy-madaniy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ikki xalq madaniyatining serqirra va boy …
BatafsilIlm va maʼrifat – radikalizmga qarshi eng kuchli qalqon
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Samarqand davlat universiteti Urgut filialida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” shiori ostida “Radikalizm – jamiyat barqarorligiga tahdid” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda Markaz ilmiy xodimlari bugungi globallashuv davrida yoshlar ongiga yot va buzgʻunchi gʻoyalarni singdirishning oldini olish, ularni sogʻlom dunyoqarash, milliy va …
BatafsilIlmiy va maʼnaviy hamkorlik yoʻlida
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasining olimlari, tadbirkorlar va jamoatchilik vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya aʼzolari bilan oʻtkazilgan davra suhbatida Markaz direktori Shovosil Ziyodov ilm-fan sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qoʻshma ilmiy izlanishlar olib borish va yosh tadqiqotchilar uchun malaka oshirish kurslari etish maqsadga muvofiqligini taʼkidladi. Tatariston delegatsiyasi …
BatafsilDavlat tiliga ehtirom – milliy gʻurur ifodasi
21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Til – millat koʻzgusi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Markaz rahbariyati, ilmiy xodimlar, Hadis ilmi maktabining ustoz va talabalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta …
BatafsilIlmiy markazlar oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi oʻrtasida oʻzaro hamkorlikka oid memorandum imzolandi. Mazkur hujjat ikki markaz oʻrtasida qoʻshma ilmiy-tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyish, mushtarak ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish, alloma ajdodlar merosini chuqur oʻrganish va keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan zalvorli qadam boʻldi. Tadbirda ikki muassasa rahbarlari, ilmiy xodimlar …
Batafsil
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz






