Home / FOTO LAVHALAR

FOTO LAVHALAR

Bilim, maʼrifat va qadriyat – barqarorlikning maʼnaviy omillari

Bugungi kunda jamiyat barqarorligi, tinchlik va hamjihatlikni taʼminlashda diniy mutaassiblik, ekstremizm va terrorizm kabi tahdidlarga qarshi maʼrifiy kurash olib borish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida Toyloq tumani taʼlim sohasi vakillari bilan profilaktik muloqot oʻtkazildi. Uchrashuvda Markaz ilmiy xodimi J.Jumayev, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning …

Batafsil

Muhim mavzular yuzasidan profilaktik muloqot

Maʼnaviy barqarorlikni taʼminlash, jamiyatda sogʻlom diniy muhitni shakllantirish va ijtimoiy tahdidlarning oldini olish masalalari fuqarolar, ayniqsa, yoshlar ongini toʻgʻri yoʻnaltirishga daxldor muhim tadbirlardan sanaladi. Bu borada taʼlim muassasalari rahbarlari zimmasiga katta masʼuliyat yuklangan. Shuni inobatga olgan holda, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan oʻtkazilayotgan targʻibot doirasida Oqdaryo tumanidagi oʻrta va …

Batafsil

Maʼnaviy barqarorlik va vijdon erkinligi — davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi

Yosh avlod ongini sogʻlom ruhda tarbiyalash, buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiridan asrash va vijdon erkinligi hamda bagʻrikenglik tamoyillariga asoslangan davlat siyosatini fuqarolar orasida keng targʻib qilish — bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan joylarda tashkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari doirasida navbatdagi uchrashuv Samarqand tumanida …

Batafsil

Yoshlarni yot gʻoyalardan asrash va milliy-mafkuraviy qadriyatlarni mustahkamlash tadbiri

Zamonaviy jamiyatda tez oʻzgarayotgan axborot muhiti va keng tarqalayotgan turli gʻoyaviy taʼsirlar sharoitida yosh avlodni sogʻlom maʼnaviy asoslarda tarbiyalash, ularni yot gʻoyalardan himoyalash va vijdon erkinligi tamoyillarini keng targʻib qilish muhim vazifaga aylandi. Shu maqsadda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi joylarda oʻtkazayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardan biri Jomboy tumanida hokimlik apparati xodimlari …

Batafsil

Samarqandda maorif sohasi rahbarlari va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan joylarda aholining maʼnaviy saviyasini oshirish, yosh avlod ongida sogʻlom tafakkur va mafkuraviy barqarorlikni shakllantirish maqsadida tashkil qilinayotgan targʻibot tadbirlari izchil davom etmoqda. Navbatdagi muloqot Samarqand shahridagi maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari direktorlari, shuningdek, turli tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirokida tashkil etildi. Unda Markaz ilmiy …

Batafsil

Teran tafakkur maʼrifat bilan oziqlanadi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, yoshlarni yot gʻoyalar taʼsiridan asrashga yoʻnaltirilgan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlarini oʻtkazmoqda. Hududlardagi davlat va jamoat tashkilotlari, xususan, mahalla fuqarolar yigʻinlari, taʼlim muassasalarida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida tashkil etilayotgan muloqotlarda maʼnaviyatni yuksaltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash, turli buzgʻunchi …

Batafsil

Manfaatli maʼnaviy-maʼrifiy muloqot

Turkiya, Anqara – 2025-yil, 10 iyul. Ayni paytda Turkiyada turli mintaqalardan kelgan tadqiqotchilar ishtirokida “Movarounnahr toʻrtinchi yozgi seminarlari” muvaffaqiyatli davom etmoqda. Turkiya Islom tafakkuri instituti tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan anʼanaviy oʻquvlarning joriy yilgi ishtirokchilarini Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Diyonat ishlari boshqarmasi rahbari Doktor Ali Erbosh qabul qildi. Din ishlari …

Batafsil

Turkiyada toʻrtinchi yozgi seminar

Turkiyaning Anqara shahridagi Islom tafakkuri institutida “Movarounnahr toʻrtinchi yozgi seminarlari” doirasidagi malaka oshirish oʻquvlari boshlandi. Joriy yilgi seminarda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Qodirxon Mahmudov faol ishtirok etmoqda. Ushbu ilmiy oʻquv dasturida Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tatariston, Senegal, Makedoniya, Kosovo, Albaniya va Ozarbayjondan tashrif buyurgan yosh tadqiqotchilar, talaba-yoshlar hamda ilm …

Batafsil

Safar yangicha hamkorlikka yoʻl ochdi

Avval xabar berilganidek, oʻtgan hafta Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamda Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy nomlaridagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi Indoneziya Respublikasida boʻldi. Safar doirasida ikki mamlakat oʻrtasida diniy-maʼrifiy sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga …

Batafsil

Xalqaro anjumanda yurtimiz nashrlari namoyishi

3-iyul kuni Jakartada “Movarounnahrdan Janubi-Sharqiy Osiyoga: Hadis ilmlari va intellektual aloqalar” mavzusida boshlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning birinchi ish kunida yurtimizda bosmadan chiqqan diniy-maʼrifiy sohaga oid adabiyotlar taqdimoti oʻtkazildi. Alloma ajdodlarimiz ilmiy merosini oʻrganish, targʻib etish, oʻzbek tiliga oʻgirish va nashr qilish Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining bosh vazifalaridan sanaladi. Taqdimotda …

Batafsil