Home / FOTO LAVHALAR

FOTO LAVHALAR

Markazning navbatdagi mehmoni – Birlashgan Arab Amirliklaridan

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga BAA Sharja Amirligi Meros instituti Arxeologiya boshqarmasi Bosh direktori Iso Yusuf tashrif buyurdi. Mehmonni Markaz direktori Shovosil Ziyodov kutib oldi va Muzey faoliyati bilan tanishtirdi. Iso Yusuf Sharja Meros instituti rahbari Shayx doktor Sulton ibn Muhammad Qosimiyning qizgʻin salomi va ezgu tilaklarini yetkazib, samimiy qabul …

Batafsil

Qirgʻizistonlik olimlar tashrifi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Qirgʻiziston islom universitetining bir guruh olimlari tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev kutib oldi va muzey faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Qoʻshni davlat universitetining ustoz va murabbiylariga Markazda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, erishilgan muvaffaqiyatlar xususida maʼlumot berildi. Tashrif chogʻida muassasalararo hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga …

Batafsil

Yoshlar ogoh etildi

Kuni kecha Samarqanddagi Yoshlar markazida Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari bilan “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Radikalizm – jamiyat barqarorligiga tahdid. Talaba yoshlarni radikal aqidaviy oqimlar taʼsiridan asrash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Institut rahbariyati va talabalari, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat IIB terrorizmga …

Batafsil

Markaz rahbari – Samarqanddagi yirik anjumanda

Bugun, 3-may kuni Samarqanddagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Turkiyadagi Egey universiteti hamda “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Ipak yoʻlida til, adabiyot, tarjima, turizm va madaniy meros sohasi tadqiqida innovatsion yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlandi. Ilm ahli va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtayotgan anjumanda …

Batafsil

Targʻibot tadbirlari Buxoro viloyatida oʻtdi

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda. Oʻtayotgan hafta davomida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi Shukurillo Umarov Buxoro viloyatida faoliyat olib bordi. Markaz vakili Buxoro shahri, Imom Buxoriy nomidagi MFYda targʻibot ishlarini tashkil qilib, dastlab mahalla yettiligi aʼzolari va uyushmagan yoshlar …

Batafsil

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi bilan hamkorlikda “Oʻrta Osiyo qoʻlyozmalari kodikologiyasi elementlari” mavzusida oʻtkazilayotgan seminar-trening davom etdi. Mamlakatimizning turli burchaklaridan taʼlim, fan va madaniyat muassasalari olim va tadqiqotchilari, Markaz ilmiy xodimlari va Fransiya, Turkiya hamda Qirgʻizistondan kelgan olimlar ishtirokida …

Batafsil

Qoʻlyozmalar tadqiqi sohasiga oid xalqaro seminar boshlandi

Bugun, 1-may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi bilan hamkorlikda “Oʻrta Osiyo qoʻlyozmalari kodikologiyasi elementlari” mavzusida seminar-trening ish boshladi. Unda Markaz va Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi, Buxoro davlat …

Batafsil

Dogʻiston ulamolari tashrifi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Dogʻiston Respublikasi muftiyati vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev kutib oldi va muzey faoliyati hamda kutubxona ishi bilan tanishtirdi. Tashrif davomida mehmonlarga muassasaning ilmiy yutuqlari va bugungi kunda olib borilayotgan tadqiqot ishlari xususida maʼlumot berildi. Dogʻiston muftiysining Markaziy Osiyodagi vakolatli …

Batafsil

Yangi loyiha boshlandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) hamkorligidagi “Markaziy Osiyo – Islom sivilizatsiyasi oʻchogʻi” nomli ilmiy loyihaga start berildi. Loyihadan koʻzlangan maqsad – Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, madaniyati, yozma manbalar, yodgorliklar va ilmiy merosiga oid mavzular yuzasidan Oʻrta asrlarda jahon tamadduni rivojiga …

Batafsil

Hamkorlik istiqbollari yuqori baholandi

Kuni kecha Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Qozon shahrida joylashgan Abdulla Apanayev nomidagi madrasa va Tatariston Respublikasi musulmonlari diniy boshqarmasi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz direktori Shovosil Ziyodov va boshqa masʼul xodimlar kutib oldi. Tashrif davomida delegatsiya aʼzolariga Markazning tashkil etilishi tarixi, maqsad va vazifalari, bugungi kundagi ilmiy …

Batafsil