Home / MAQOLALAR (page 5)

MAQOLALAR

MIRZO ULUG‘BEKNING “TO‘RT ULUS TARIXI” ASARI TARIXIY-FALSAFIY MEROS SIFATIDA

Ushbu maqolada temuriylar sulolasining yetuk namoyandasi, davlat arbobi va yirik olim Mirzo Ulug‘bekning aniq va gumanitar fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumot beriladi. Xususan, allomaning jahonda keng e’tirof etilgani, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotini boshqarish bilan bir qatorda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullangani, ilmiy-falsafiy tafakkurni rivojlantirgani, shuningdek, falsafa, tarix, mantiq, astronomiya, …

Batafsil

QOʻSHNIGA OZOR BERISH SAVOBLARNI OʻCHIRADI

Bir hadis sharhi Haqiqiy musulmon qoʻshnisiga eʼtiborli boʻlib, uning haq-huquqlarini ado etadi. Dinimiz qoʻshniga yaxshilikni savob va fazilatli amallardan, yomonlik qilishni esa gunoh qilib belgilab qoʻygan. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قِيلَ لِلنَّبِيِّ : يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ فُلَانَةً تَقُومُ اللَّيْلَ، وَتَصُومُ النَّهَارَ ، وَتَفْعَلُ، وَتَصَدَّقُ، وَتُؤْذِي جِيرَانَهَا بِلِسَانِهَا. فَقَالَ رَسُولُ …

Batafsil

SOMONIYLAR DAVLATI BOSHQARUV TIZIMI

Islomning Markaziy Osiyoga yoyilishi mintaqa tarixida tub burilish yasadi. Shariat ahkomlariga asoslangan arab xalifaligi boshqaruv tizimining mintaqaga kirib kelishi oʻzbek davlatchiligining keyingi davrlardagi rivojlanishiga  katta taʼsir koʻrsatdi. VIII-XII asrlar davomida islom ahkomlarini oʻziga singdirib borgan Markaziy Osiyodagi boshqaruv tizimi milliy davlatchilik tarixining muhim segmentlaridan biriga aylandi. Islom Markaziy Osiyodagi boshqaruv …

Batafsil

QO‘QON SHAHRIDA MILLIY DAVRIY MATBUOTNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI

Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyo xonliklarini bosib olgach, bu yerda o‘zining boshqaruv usulini joriy etdi. Turkistondagi rus hukumati qaror va buyruqlarini xalqga yetkazish maqsadida o‘lkada gazeta chop eta boshladi. Mana shunday dastlabki gazeta 1870-yilda chop etilgan “Turkistanskiye vedomosti” edi [10:8]. Gazeta dastlab hukumatning qaror va buyruqlarini e’lon qilish bilan shug‘ullangan bo‘lsa-da, …

Batafsil

TAʼLIM TIZIMINING IKKINCHI RENESSANS TARAQQIYOTIDAGI OʻRNI

Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda, xususan, poytaxt Samarqandda fan va madaniyatning yangidan tugʻilishi, taʼlim tizimining rivojlanishi Amir Temur va uning nabiralari Muhammad Sulton va Mirzo Ulugʻbek nomi bilan bogʻliq. Ular ilm-fan sohasini hamisha qoʻllab-quvvatlagan. Sharq oʻlkalarida taʼlim tizimi va uning bosqichlari bizgacha yetib kelgan manbalar asosida qator …

Batafsil

KICHIKLARGA RAHM, KATTALARGA HURMAT KOʻRSATISH

(Bir hadis sharhi) Dinimiz odamlarning yoshi va holatidan qatʼi nazar, ularga yaxshilik qilish, hurmat va ehtirom koʻrsatishga chaqiradi. Huquqlarini himoya qilishga undaydi. Albatta, bu bizning insoniylik burchimiz boʻlishi zarur. Ayniqsa, quvvati ketib, atrofdagilarning yordamiga koʻproq muhtoj boʻlib qolgan keksalarimizga, koʻmak soʻramasa-da, yordam berishga shoshilishimiz lozim. عَنْ زَرْبِىٍّ قَالَ سَمِعْتُ أَنَسَ …

Batafsil

BUXORODA QIYMATLI ASARLAR

1921-yilda Turkiston maorif komissarligi qoshidagi “Bilim” ilmiy hayʼati oʻz tarkibida Shokirjon Rahimiy, Bulat Soliyev, Abdurauf Fitrat, Gʻulom Zafariy, Abdusattor Moʻminiy boʻlgan guruh bilan birga Buxoro hududida ilmiy tekshirish ishlarini olib borish uchun ijodiy safar uyushtiradi. Bu safarning aynan Buxoro viloyati va shahriga uyushtirilishida adib Fitratning taʼsiri bor deb taxmin qilinadi. …

Batafsil

HIJRAT OʻZI NIMA?

“Hijrat” soʻzi lugʻatda “tark etmoq” maʼnosini anglatadi. Sharʼiy istilohda esa, musulmon odamning joni va dinini asrash uchun vatanini tark etishi tushuniladi. Imom Buxoriyning “Sahihul Buxoriy” asaridagi birinchi hadisda bu maʼno ochiq ifodalangan.  Umar ibn Xattobdan rivoyat qilinadi:  “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini eshitdim: “Albatta, amallar niyatlarga bogʻliqdir va …

Batafsil

XIX ASR IKKINCHI YARMI – XX ASR BOSHLARIDA SAMARQANDNING “ESKI SHAHAR” HUDUDI VA IJTIMOIY HAYOTI TARIXIDAN

Samarqand shahri Buxoro amirligining asosiy siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri boʻlgan. Bu shahar ajoyib tabiati, hosildor yeri va goʻzal bogʻlari bilan ham amirlikning boshqa hududlaridan ajralib turgan. XIX asr ikkinchi yarmiga oid manbalarda shaharning goʻyoki ulkan bir bogʻdan iborat ekani alohida taʼkidlangan. Shahar ming yillar davomida shakllangan boʻlib, unda …

Batafsil

OʻZBEKLAR MAROSIMIY MADANIYATIDA DARVESHONA

Oʻzbeklarning ijtimoiy-maʼnaviy hayotida diniy, nikoh toʻyi, taqvimiy marosimlar bilan birga jamoaviy marosimlar, ayniqsa darveshona alohida oʻrin egallaydi. Maʼlumki, “darvesh” forscha soʻz boʻlib, “faqir”, “bechora”, “miskin” maʼnolarini bildiradi, tasavvuf tariqati vakilini anglatadi [6:56]. Shuningdek, darvesh darovez soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, eshiklardan rizqini terib yuruvchi degan maʼnoni ham ifodalagan. Darveshlar haq (Alloh)ga …

Batafsil