Bir hadis sharhi Oʻzbek xalqi azaldan mehmondoʻstligi, shirinsoʻzligi va samimiyati bilan mashhur. Qaysi bir xonadonga kirmang, uy sohibi tanisa-tanimasa bir piyola choy taklif qiladi. Xalq orasida “Mehmon – otangdek ulugʻ” degan hikmatli soʻz ham bejiz aytilmagan. Buning zamirida ulkan maʼno yashiringan. Allomalarimizning hadis ilmiga doir asarlarini mutolaa qilganda mehmonni izzat-ikrom …
BatafsilROSTGOʻYLIK NAJOTDIR
Bir hadis sharhi Rostgoʻylik eng ulugʻ xulq va qadri baland xislatlardan biridir. U dunyo-yu oxiratda saodat va najotga erishish vositalaridan hisoblanadi. Rostgoʻylikning ahamiyati, yuksak darajasi va taʼsirining kattaligi tufayli Alloh taolo bandalarni unga undadi va: ﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَكُونُوا مَعَ الصَّادِقِينَ﴾ “Ey imon keltirganlar! Allohdan qoʻrqingiz va sodiq kishilar …
BatafsilDINDA CHUQUR KЕTISHNING JAMIYAT XAVFSIZLIGI VA BARQARORLIGIGA SALBIY TAʼSIRI (4-qism)
AVVALGI DINLARDAGI GʻULUV Dinda chuqur ketish musulmonlar orasida turlicha boʻlganidek, avvalgi dinlarda ham turlicha boʻlgan va Qurʼoni karimda oʻtgan ummatlarni dinda chuqur ketib, amallarni bajarishda mubolagʻa qilishi taʼqiqlangani ochiq-oydin bayon qilingan. ﴿ قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لَا تَغْلُوا فِي دِينِكُمْ غَيْرَ الْحَقِّ وَلَا تَتَّبِعُوا أَهْوَاءَ قَوْمٍ قَدْ ضَلُّوا مِنْ قَبْلُ وَأَضَلُّوا …
BatafsilUSTOZNING SHOGIRDIGA DЕGANLARI
Oʻn ikkinchi dars. Rostgoʻylikning fazilati. Ey oʻgʻlim! Musulmon kishi ixlosmand va taqvodor boʻlishi bilan bir qatorda rostgoʻy boʻlishi ham lozim. Alloh taolo Qurʼoni karimda bunday deydi: ﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَكُونُوا مَعَ الصَّادِقِينَ﴾ “Ey iymon keltirganlar! Allohdan qoʻrqingiz va (iymonda) sodiq kishilar bilan birga boʻlingiz!”[1] Alloh taoloning bu amrida ikki narsani …
BatafsilOLIMGA OGOHNOMA
Alisher Navoiy maʼnaviy merosida ilgari surilgan komil inson konsepsiyasida ilmu maʼrifat, taʼlim-tarbiya masalalari targʻibi ustuvor ahamiyat kasb etadi. Mutafakkir jamiyat taraqqiyotida mazkur sohalar rivoji muhim oʻrin tutishini yaxshi anglagan va asarlarida bunga koʻp bora toʻxtalgan. Jumladan, “Saodatmand agar olim boʻlsa, nodonlar soʻzi anga mujibi ibrat va eʼtibor; besaodat johil boʻlsa, …
Batafsil“AL-JOMEʼ AS-SAHIH”NING MICHIGANDAGI UCHINCHI NUSXASI
Avvalroq Imom Buxoriy rahmatullohi alayhning Michigan kutubxonasida (AQSH) saqlanayotgan “Al-Jomeʼ as-sahih” asarining birinchi va ikki nusxasi bilan tanishgan edik. Quyida ushbu asarning uchinchi nusxasi haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtamiz. Kitobning bu nusxasi ham “Vahiyning boshlanish kitobi” bobidagi 1-hadisdan boshlanib, “Duolar kitobi” bobidagi 7563-hadis bilan nihoyalangan. Kitob toʻliq holatda, yaxshi saqlangan. …
BatafsilKAMTARLIK VA HALOLLIKNING OLIY NAMUNASI
Bir hadis sharhi Nabiy sollallohu alayhi vasallam ozga qanoat qiladigan eng zohid zot boʻlganlar. Alloh bergan barcha mol-mulklarini Allohning yoʻlida faqir va muhtojlarga ehson qilib yuborardilar. عَنْ أَنَسٍ رضى الله عنه قَالَ وَلَقَدْ رَهَنَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم دِرْعَهُ بِشَعِيرٍ، وَمَشَيْتُ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم بِخُبْزِ شَعِيرٍ …
BatafsilDINDA CHUQUR KЕTISHNING JAMIYAT XAVFSIZLIGI VA BARQARORLIGIGA SALBIY TAʼSIRI (3-qism)
Gʻuluvning lugʻaviy va istilohiy maʼnolari Gʻuluv (الغُلو) soʻzi lugʻaviy jihatdan: chegaradan oshib oʻtish, biror bir ishda haddan oshmoq maʼnosini anglatadi. Qozondagi suv issiqning shiddatidan qaynab toshsa ham “غَلَا القِدرُ” deb aytiladi. Matoning narxi odatiy narxidan oshsa ham “غَلا السعر” – mato qimmat boʻldi, deyiladi[1]. Istilohiy maʼnosi: Biror narsada haddan oshib …
BatafsilIMONNING RUKNLARI
Inson imon nima ekanini bilmay turib, komil moʻmin boʻla olmaydi. Buning uchun esa avval imon asoslarini oʻrganish zarur. Imon asoslari oltita boʻlib, ular quyidagilardir: Allohga; farishtalariga; kitoblariga; paygʻambarlariga; qiyomat kuniga; 6.taqdirning yaxshisi ham, yomoni ham Allohdan ekaniga imon keltirish. Ushbu olti asosdan beshtasiga Alloh taoloning: “Ey imon keltirganlar, Allohga va …
BatafsilISTITOAT NIMA? (Abul Barakot Nasafiyning “Al-Eʼtimod fil eʼtiqod” asari asosida)
Kalom ahli nazdida bandalarga nisbat berilganda istitoat, toqat, quvvat va qudrat soʻzlari bir-biriga yaqin maʼnolarda qoʻllanadi. Istitoat ikki xil boʻladi: Birinchisi: Ish-harakatdan oldingi istitoat. Bu muayyan ishni amalga oshirish uchun kerak boʻladigan sabab va vositalarning mavjudligidir. Ulamolar ushbu istitoatni ish-harakatdan oldin boʻlishiga ittifoq qilgan. Sharʼiy hukmlar, amr va nahiylar hamda ularni …
Batafsil