«Agar ogohsan sen – shohsan sen. Agar shohsan sen – ogohsan sen» Albatta, xalqimiz, jumladan yosh avlod gʻarb fan-texnikasi, madaniyati, adabiyoti, sanʼatining ilgʻor jihatlarini inkor etmaydi. Biroq gʻarbda din va odobga zid boʻlgan qarashlarning koʻpchilikka singdirilishi oqibatida yuzaga kelgan “ommaviy madaniyat” tushunchasini gʻarb ziyolilarining oʻzi “gʻarbning muammosi” sifatida baholayotganini hamda …
BatafsilSALOMNI YOYING, SALOMAT BOʻLASIZ!
Salom inson zoti yaratilgandan buyon davom etib kelmoqda. Salomlashish islomning shiori va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari boʻlib, oʻzida tinchlik, mehrmuhabbat, doʻstlik va yaxshiliklarni mujassam etgan. Inson ayniqsa iztirobga tushganda, qorongʻu tunlarda va choʻlu biyobonda yolgʻiz qolganda bu fazilatning qadrini sezadi. Salom bergan kishi birodariga tinchlik va xursandchilik bagʻishlaydi. Undan …
BatafsilUSTOZNING SHOGIRDIGA DЕGANLARI
Oʻn toʻrtinchi dars. Iffatli boʻlish. Ey oʻgʻlim! Iffat yaxshilarning xulqidir. U bilan xulqlanginki, senga mustahkam oʻrnashib olsin. Koʻzi toʻq boʻlish ham iffatdan. Yeydigan ovqatingni muhtojlar va doʻstlaringdan qizgʻanma. Odamlar qoʻlidagi narsani bilishga intilmasliging ham iffatdir. Taoming va oʻtkinchi narsalaringni koʻpaytirishga oshiq boʻlma. Havoyi nafsingga qarshi kurash. U seni buzuq ishlarga …
BatafsilIJTIMOIY YIGʻIN ODOBLARI
Jamiyatdagi muammolarning yechimini topish va turli fikrlarni eshitib, toʻgʻri qaror chiqarish uchun ijtimoiy yigʻinlar oʻtkaziladi. Qayerda inson yo jamoa manfaatlari uchun suhbat boʻlsa, u foydali, botil soʻzlar gapirilsa, gʻiybat, chaqimchilik va boʻhton qilinsa, aksincha, zararli yigʻin boʻladi. Qurʼoni karimda foydali yigʻinlar haqida Alloh taoloning bunday koʻrsatmasi bor: ﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ …
BatafsilUSTOZNING SHOGIRDIGA DЕGANLARI
Oʻn uchinchi dars. Omonatdorlik. Ey oʻgʻlim! Omonatdorlik – insonni bezaydigan eng goʻzal fazilat. Uning ziddi xiyonat boʻladi. Xiyonat insonni sharmanda qiladigan va qadrini pastlatadigan eng yomon razillikdir. Omonatdorlik fazilat ahlining bezagi, ilm ahlining ziynatidir. U va rostgoʻylik paygʻambarlarning sifatlari sanaladi. Ey oʻgʻlim! Omonatdor boʻl. Birovning obroʻsiga ham, moliga ham, boshqa …
BatafsilYAXSHI DAM – MЕHNATGA HAMDAM
Kecha va kunduz ulugʻ neʼmatlardir. Inson kechasi uxlab dam oladi, kunduzi tirikchilik qiladi. Alloh taolo aytadi: ﴿وَجَعَلْنَا نَوْمَكُمْ سُبَاتًا﴾ Uyqungizni (badaningiz va asablaringiz uchun) orom qildik. ﴿وَجَعَلْنَا اللَّيْلَ لِبَاسًا﴾ Kechani libos qildik. ﴿وَجَعَلْنَا النَّهَارَ مَعَاشًا﴾ Kunduzni esa, tirikchilik vaqti qildik[1]. Boshqa oyati karimada esa bunday deydi: ﴿وَهُوَ الَّذِي يَتَوَفَّاكُمْ بِاللَّيْلِ وَيَعْلَمُ مَا …
BatafsilBANDALARNING FEʼLLARI (Abul Barakot Nasafiyning “Al-Eʼtimod fil eʼtiqod” asari asosida)
Ahli sunna ulamolari aytadi: “Bandalarning feʼllari (ish-harakatlari) haqiqatan Alloh taolo yaratgan narsalardir. Sahoba va tobeinlar ham shu fikrda boʻlgan”. Bandalarning ish-harakatlari Allohning yaratgani va ularning kasbidir. Yaʼni, bandaning ish-harakatini Alloh taolo yaratadi. Banda ishni qiladi, ammo u ishni yaratish Allohdan boʻladi. Ish-harakat bandaga nisbat berilsa, “qildi” deyiladi. Alloh taologa nisbat …
BatafsilHOLIMGA VOY BOʻLMASIN, DЕSANGIZ…(Abu Hafs Nasafiyning “At-Taysir fit tafsir” asari asosida tayyorlandi).
Alloh taolo Qurʼoni karimning bir yuz toʻrtinchi surasida bandalarni pushaymonlikka yetaklovchi yana bir necha illatdan ogohlantiradi. Humaza oʻzganing ortidan imo-ishora bilan gʻiybat qiluvchi shaxsdir. Surada mol-davlat toʻplashga mukkasidan ketgan, har narsada boylikka suyanuvchi, oʻzidan boshqani nazari ilmay ustidan kuluvchi shaxslar qoralanib, ularning oqibati achinarli ekani uqtiriladi. Humaza surasi Makkada nozil …
BatafsilINSON BЕHUDA NARSALARNI TARK ETISHI DININING GOʻZALLIGIDANDIR
Bir hadis sharhi Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning muborak hadislari hayotning barcha jabhalarini qamrab oladi. Inson oʻziga toʻgʻri kelmaydigan, yarashmaydigan, foyda bermaydigan narsalarni tark etishi uning dini goʻzalligining alomati ekanligi haqidagi hadislar shular jumlasidandir. Ulamolar shunday hadisi shariflardan birini qanday sharhlagani va unda bayon etilgan odob-axloqqa oid masalalarni koʻrib chiqsak. Abu …
BatafsilBIZ SUVNI QANDAY ICHAMIZ?
Islomda ovqatlanishda boʻlgani kabi suv ichishda ham bir qancha odoblar joriy qilingan. Bunda, albatta, faqat foydani koʻzlash va zararni qaytarish maqsad qilingan. Bu odoblar hozirgi gigiyena qoidalariga mos kelib, ularga rioya etilsa, inson suv ichib rohatlanadi va salomatligini mustahkamlaydi. Qurʼoni karimda Alloh taolo jannat taomlaridan yeguvchi va ichuvchi saodatmand bandalarni …
Batafsil