Home / IMOM DORIMIY (page 3)

IMOM DORIMIY

SUNANI DORIMIY

565. Abdulloh ibn Abdurahmon Qushayriydan rivoyat qilinadi: “Paygʻambar Dovud alayhissalom: “Ilm sohibiga temirdan boʻlgan aso va temirdan boʻlgan oyoq kiyim olishni va asosi sinib, oyoq kiyimi teshilguncha ilm talab qilishni ayt”, deganlar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

591. Ibn Masʼuddan rivoyat qilinadi: “U: “Sizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan biror hadis aytilsa, shu hadisni ergashishga eng munosib, toʻgʻri yoʻlga hidoyat qiluvchirogʻi va taqvo qilishda eng loyiqrogʻi, deb ishoning”, dedi”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

624. Aʼmashdan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ilmning ofati unutishdir, uni zoye qilish esa ahlidan boshqasiga aytishingdir”, dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

629. Avn ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi: “U: “Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalari ixtilof qilmasligini yoqtirmayman. Chunki ular biror narsaga ittifoq qilsa, uni tark qilgan kishi sunnatni tark qilgan boʻladi. Agar ular ixtilof qilsa, biror kishi ulardan qaysi birining soʻzini olsa ham sunnatni olgan boʻladi”, dedi”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” …

Batafsil

SUNANI DORIMIY

653. Abu Molik Ashʼariydan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Poklik imonning yarmidir. Allohga hamd aytish tarozini toʻldiradi, “Laa ilaaha illallohu vallohu akbar”19 kalimasi yeru osmon orasini toʻldiradi. Namoz nur, zakot hujjat, tahorat ziyo20 va Qurʼon sening foydangga yoki zararingga hujjatdir. Har bir inson tong ottirgandan soʻng oʻz nafsi borasida …

Batafsil

SUNANI DORIMIY

656. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mavlosi Savbon aytadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “(Amallarda) toʻgʻri va oʻrtacha boʻling. Amallaringizning eng yaxshisi namozdir. Faqat moʻmin kishigina tahoratga rioya qiladi”, dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

665. Abu Ayyubdan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Agar hojatga borsangiz, hojat va peshob qilishda qiblaga yuzlanmang va unga orqangizni ham qaratmang!” dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

669. Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatga kirmoqchi boʻlsalar: “Allohumma inniy aʼuzu bika minal xubusi val xobaaisi (Allohim, Sendan erkak va ayol jinlar yomonligidan panoh soʻrayman)”, deb aytar edilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil