Home / IMOM DORIMIY

IMOM DORIMIY

SUNANI DORIMIY

488. Abdulloh ibn Dinordan rivoyat qilinadi: “Umar ibn Abdulaziz Madina ahliga: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini toping va ularni yozib qoʻying. Chunki men ilm ahli vafot etib, ilm yoʻqolib ketishidan qoʻrqaman”, deb maktub yozdi”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

491. Sumoma ibn Abdulloh ibn Anas soʻzlab berdi: “Anas (ibn Molik) farzandlariga: “Ey farzandlarim, bu ilmni yozib mustahkamlab qoʻying!” der edi”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.  

Batafsil

SUNANI DORIMIY

513. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim hidoyatga chorlasa, unga ergashgan kishilarning savobicha ajr beriladi. Bu ularning ajridan biror narsa kamaytirmaydi. Kim zalolatga chorlasa, unga ergashgan kishilarning gunohicha gunoh yoziladi. Bu ularning gunohidan biror narsa kamaytirmaydi”, dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

515. Hasson ibn Atiyyadan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Men Qiyomat kuni ajr (savob) jihatidan eng ulugʻingizman. Chunki, menda oʻz ajrimga qoʻshib, menga ergashganlar ajrining barobaricha ajr bor”, dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

537. Abu Barza Aslamiydan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni banda toʻrt narsadan soʻralmaguncha, oyogʻi joyidan qimirlamaydi: umrini nimaga sarflagani, ilmiga qanday amal qilgani, molini qayerdan topib, qayerga sarflagani, tanasi bilan qanday ishlarni qilgani”, dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

542. Abdulloh ibn Amr aytdi: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Mendan bir oyat boʻlsa ham yetkazing va Bani Isroil haqida gapiring. (Bunda) tanglik yoʻq. Kim mening nomimdan qasddan yolgʻon gapirsa, boradigan joyini doʻzaxdan hozirlayversin”, deyayotganlarini eshitdim”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

543. Abu Zarrdan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizni uch narsada: yaxshilikka buyurish, yomonlikdan qaytarish va insonlarga sunnatni oʻrgatishda yengilib qolmaslikni buyurdilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

556. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Foydalanilmaydigan ilm Alloh yoʻlida infoq qilinmaydigan boylikka oʻxshaydi”, dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

559. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Inson vafot etsa, uning amali toʻxtaydi, lekin uch narsadan: foydalaniladigan ilm, sadaqai joriya yoki uning haqqiga duo qiladigan solih farzanddan davom etadi”, dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil