Home / IMOM DORIMIY

IMOM DORIMIY

SUNANI DORIMIY

289. Makhul soʻzlab berdi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ilmli kishining ibodatli kishidan afzalligi mening orangizdagi eng quyi darajadagi kishidan afzalligim kabidir”, dedilar. Soʻng: “Bandalari orasida ulamolargina Allohdan qoʻrqurlar”(Fotir surasi, 28-oyat) oyatini tilovat qildilar-da, “Albatta, Alloh taolo, farishtalar, osmonlar va Yer ahli hamda dengizdagi baliqlar odamlarga yaxshilikni oʻrgatadigan kishiga salavot aytadi”, …

Batafsil

SUNANI DORIMIY

344. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qaysi kishi ilm talab qilgan holda yoʻl yursa, oʻsha ishi sababli Alloh unga jannat yoʻlini yengil qilib qoʻyadi. Amali sustlashtirgan kishini nasabi tezlashtira olmaydi”(Yaʼni, kishining solih amallari boʻlmasa, yuqori nasl-nasabi uni jannatga kirita olmaydi), dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

349. Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidda suhbat qilib oʻtirgan ikki jamoa yonidan oʻtdilar. Soʻng u zot: “Ularning ikkisi ham yaxshilik ustidadir. Lekin ularning biri ikkinchisidan afzalroq. Anavilar Alloh taologa duo qilib, Unga ragʻbat qilmoqda. Xohlasa, ularga (soʻraganlarini) beradi, xohlamasa, bermaydi. Ammo anavi davradagilar fiqh va …

Batafsil

SUNANI DORIMIY

354. Hasandan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Islomni jonlantirish uchun ilm talab qilib turgan holda vafot etgan kishi bilan paygʻambarlar orasini jannatda birgina daraja ajratib turadi”(Yaʼni, jannatdagi oʻrni paygʻambarlar darajasidan faqat bir pogʻona quyida boʻladi, xolos), dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

365. Hasandan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan bunday rivoyat qilinadi: “Ilm ikki tur boʻladi: qalbga oʻrnashgan ilm, shunisi foydali ilmdir; tilda boʻladigan ilm, bunisi Allohning Odam farzandi zarariga boʻlgan hujjatidir”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

374. Makhuldan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimki ilmni ulamolarga maqtanish yoki ahmoqlar bilan tortishish yoki odamlarni oʻziga qaratish uchun oʻrgansa, Alloh taolo uni doʻzaxga kiritadi”, dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

429. Muhammaddan rivoyat qilinadi: “Hadisni kimdan olayotganingizga eʼtibor bering. Chunki u diningizdir”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

430. Moʻtamir otasidan soʻzlab berdi: “Qurʼon oyatlarini tafsir qilishda ehtiyot boʻlingani kabi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini tafsir qilishda ham ehtiyot boʻlish lozimdir”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

431. Moʻtamir otasidan soʻzlab berdi: “Ibn Abbos: “Siz “Rasululloh aytdilar va falonchi aytdi”, deyayotganingiz sababli azobga giriftor boʻlish yoki yer yutishidan qoʻrqmaysizmi?” dedi”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

483. Abu Hurayra aytadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari orasida Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadislarini Abdulloh ibn Amrdan boshqa mendan koʻra koʻp biladigan kishi yoʻq edi. Chunki u (eshitgan hadislarini) yozib olar, men esa yozmas edim”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil