Home / FOTO LAVHALAR / Mamlakatimiz vakili “Jazoir mehmoni”da mehmon

Mamlakatimiz vakili “Jazoir mehmoni”da mehmon

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi olimlari Jazoirning Laguat shahrida Soʻfiylik taʼlimoti madaniyat festivali doirasida “Tasavvuf navolari: inqilob ohangi va kuylari” mavzusida oʻtkazilayotgan seminarda ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

Seminarning navbatdagi kunida Markaz boʻlim boshligʻi Shukurillo Umarov “Tasavvuf taʼlimotining islom jamiyatidagi oʻrni” mavzusida maʼruza qildi.

Olim maʼruzasida tasavvuf tarixi, pirlari va mutasavvuflar haqida batafsil maʼlumot berdi. Maʼruzachi hududlarda tarqalgan tariqat turlariga ham alohida toʻxtalib, ularning vazifa va maqsadlarini ham sanab oʻtdi.

Maʼruzadan soʻng Ш.Умаров “Jazoiriya” telekanalining “Jazoir mehmoni” nomli dasturi uchun intervyu berdi. Unda mamlakatimiz vakili tashrif tafsilotlarini bayon etib, ikki davlat oʻrtasida rivojlanib borayotgan madaniy-maʼrifiy aloqalar xususida mulohazalarini bildirdi.

Jazoir safari davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …