Home / FOTO LAVHALAR / “Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki”

“Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki”

Obod yurtning fayzi, tarovati oʻzgacha boʻladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada koʻrkam boʻlishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim oʻrin tutadi. Bugun butun mamlakatimiz boʻylab umumxalq xayriya hashari oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16 – 18-mart kunlari Navroʻz bayrami arafasida xayriya hashari oʻtkazish toʻgʻrisidagi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ham umumxalq hashari tashkil etildi.

«Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki» shiori ostida oʻtkazilayotgan anʼanaviy umumxalq xayriya hasharida Markazning ilmiy va xoʻjalik xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

Mazkur umumxalq hasharida Markazga tegishli boʻlgan hududlardagi manzarali daraxtlar oqlanib, tagi yumshatildi, koʻkalamzor hudud begona oʻtlardan tozalandi, yangi gullar va daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …