Home / MAQOLALAR / ISTIGʻFORNING 72 ta XISLATI:

ISTIGʻFORNING 72 ta XISLATI:

  1. Alloh taologa itoatgoʻy banda istigʻfor aytadi.
  2. Istigʻfor aytgan banda paygʻambarlar, solihlar yoʻlidan yuradi.
  3. Istigʻfor aytuvchi odam imon halovatiga erishadi.
  4. Istigʻfor bandani gunohlardan poklaydi.
  5. Istigʻfor aytuvchining gunohlari savobli ishlarga almashtiriladi.
  6. Istigʻfor aytuvchiga neʼmatlar koʻpaytirib beriladi.
  7. Istigʻfor bandaning martabasini koʻtaradi.
  8. Istigʻfor baxt-saodat olib keladi.
  9. Istigʻfor tufayli istigʻfor aytuvchi ham, atrofdagi odamlar ham buzuqliklardan poklanadi.
  10. Istigʻfor yomgʻir yogʻishiga sabab boʻladi.
  11. Istigʻfor mol-dunyoga baraka kiritadi.
  12. Istigʻfor aytuvchi inson farzand neʼmati bilan siylanadi.
  13. Dehqonchilik, chorvachilikdagi unumdorlik ham istigʻfor aytish bilan uzviy bogʻliq.
  14. Istigʻfor aytuvchi jahannamdan najot topadi.
  15. Istigʻfor bandaning jannatga kirishiga sabab boʻladi.
  16. Istigʻfor Alloh taoloning rahmati tushishiga sabab boʻladi.
  17. Istigʻfor tanani baquvvat qiladi.
  18. Istigʻfor aytuvchi odamning hayoti farovon boʻladi.
  19. Istigʻfor aytuvchiga yaxshiliklar koʻpaytirilib beriladi.
  20. Istigʻfor inson koʻnglini xotirjam qiladi.
  21. Istigʻfor boshga tushgan balolarni daf etadi.
  22. Istigʻfor bandani Alloh taologa yaqinlashtiradi.
  23. Istigʻfor aytuvchi odam Alloh taoloning rahmat-marhamatiga sazovor boʻladi.
  24. Istigʻfor banda holatini ijobiy tomonga oʻzgarishiga sabab boʻladi.
  25. Istigʻfor gʻiybatga kafforat boʻladi.
  26. Istigʻfor shayton vasvasasini qaytaradi.
  27. Alloh taolo istigʻfor aytgan bandani yaxshi koʻradi.
  28. Istigʻfor aytish Alloh taoloni xursand qiladi.
  29. Istigʻfor gʻam-tashvishlarni ketkazadi.
  30. Istigʻfor aytuvchi muammolaridan qutuladi.
  31. Istigʻfor aytuvchi odam gunohlardan forigʻ boʻladi.
  32. Istigʻfor aytuvchi muvaffaqiyat qozonadi.
  33. Istigʻfor tashvishlarni aritadi.
  34. Koʻp istigʻfor aytuvchi odam kasallikdan toʻliq tuzalib ketadi.
  35. Istigʻfor aytuvchi odam qiyinchilikdan farovonlikka chiqadi.
  36. Alloh taolo istigʻfor aytuvchining mushkullarini oson qiladi.
  37. Yetib boʻlmas marralarni istigʻfor ila zabt etadi.
  38. Istigʻfor ila dildagi vasvasalar yoʻqoladi.
  39. Istigʻfor bilan qoʻrquvlar ariydi.
  40. Istigʻfor bilan dilga quvonch kiradi.
  41. Istigʻfor qalbga taskin beradi.
  42. Istigʻfor koʻngilni xotirjam qiladi.
  43. Istigʻfor tinchlik-xotirjamlik olib keladi.
  44. Istigʻfor insonni sogʻlom qiladi.
  45. Istigʻfor kasalliklarni aritadi.
  46. Istigʻfor aytuvchi odam yorugʻ kunlarga erishadi.
  47. Istigʻfor bilan inson orzusiga yetadi.
  48. Istigʻfor aytuvchining dili yayraydi, koʻngli yoziladi.
  49. Istigʻfor xursandchilik olib keladi.
  50. Istigʻfor qalbni charogʻon, ruhni tetik qiladi.
  51. Istigʻfor aytuvchining xotirasi kuchayadi.
  52. Istigʻfor yuzni nurli qiladi.
  53. Istigʻfor rizq kelishini osonlashtiradi.
  54. Istigʻfor aytuvchining duosi qabul boʻladi.
  55. Alloh taolo istigʻfor aytuvchining ogʻirini yengil qiladi.
  56. Koʻp istigʻfor aytgan odam Qiyomat kuni nomai aʼmolini koʻrib xursand boʻladi.
  57. Olamdan oʻtib ketgan ota-onalar farzandlari aytgan istigʻforlari tufayli jannatda eng yuqori martabalarga koʻtarilishadi.
  58. Istigʻfor odamni tushkunlikdan xalos etadi.
  59. Istigʻfor hasrat-nadomatni, pushaymonni ketkazadi.
  60. Istigʻfor qalbni tiniqlashtiradi.
  61. Istigʻfor aytib yuruvchi odamga Alloh taolo har qanday qiyin vaziyatdan chiqish yoʻlini koʻrsatadi.
  62. Istigʻfor aytib yuruvchi odamning Alloh taolo musibatlarini koʻtaradi.
  63. Istigʻfor aytib yurgan bandaning Alloh taolo har qanday qiyinchiliklarini yengillashtiradi.
  64. Istigʻfor aytib yuruvchi inson qashshoqlikka yoʻliqmaydi.
  65. Istigʻfor aytuvchining ishlari yurishadi.
  66. Istigʻfor er-xotin oʻrtasidagi kelishmovchilikni daf etadi.
  67. Istigʻfor farzandlarni itoatli qiladi.
  68. Alloh taolo istigʻfor aytib yurgan odamga kutmagan tarafidan neʼmat, rizq joʻnatadi.
  69. Istigʻfor aytuvchi odamning rizqi ulugʻ boʻladi.
  70. Istigʻfor aytuvchi odamning kasb-koriga Alloh taolo xayr-baraka beradi.
  71. Kim moʻminlar haqqiga istigʻfor aytsa, Alloh unga har bir moʻmin muqobilida bittadan hasanot yozib qoʻyadi.
  72. Istigʻfor aytilgan xonadonga ilohiy fayzu xayr-baraka kiradi. 

(Qurʼoni Karim va Rasululloh alayhisallomning muborak hadisi shariflarida).

Ibrohimjon domla Inomov

Check Also

MUSTAQILLIK YILLARIDA TASAVVUF TAʼLIMOTINING TADQIQ ETILISHI

Mustaqillikning ilk yillarida islom diniga qoʻyilgan bir asrlik cheklov [4:252] barham topib, eʼtiqod erkinligi uchun …