Home / FOTO LAVHALAR / Navbatdagi hudud – Xorazm

Navbatdagi hudud – Xorazm

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari 4 mart kuni Xorazm viloyatidagi targʻibot tadbirlarini boshladi.

Urganchda shahar maʼmuriyati rahbarlari, ijtimoiy soha xodimlari, viloyat hokimligi masʼul vakillari, davlat tashkilotlarining joylardagi boʻlimlari mutasaddilari, mahalla raislari, hududlardagi hokim yordamchilari, mahalla xotin-qizlar faollari, diniy soha olimlari, maktabgacha taʼlim muassasalari mudirlari, umumtaʼlim maktablari direktorlari va ularning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, yoshlarni yot gʻoyalar taʼsiridan asrash, allomalarimiz oʻlmas merosining azaliy qadriyatlarimizga mos tarbiyaviy jihatlari haqida soʻz bordi.

Xorazm viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari Faxriddin Razzoqov movarounnahrlik mutafakkirlar asarlaridagi ezgu gʻoyalar, ularning yosh avlodni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi beqiyos oʻrni xususida fikr yuritdi.

Targʻibot guruhi aʼzolari “Buyuk allomalarimiz ilmiy merosida yuksak insonparvarlik gʻoyalari tarannumi”, “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” va “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzularida maʼruza qildi.

Shuningdek, “Jaholatga qarshi maʼrifat – asosiy maqsadimiz” nomli film namoyish qilinib, markazlar tomonidan nashr etilgan yangi kitob va risolalar taqdimoti tashkil etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …