Home / FOTO LAVHALAR / Qoraqalpogʻistonda targʻibot guruhi Toʻrtkoʻl tumanida boʻldi

Qoraqalpogʻistonda targʻibot guruhi Toʻrtkoʻl tumanida boʻldi

Qoraqalpogʻistonda ish olib borayotgan targʻibot guruhi 29 fevral kuni Toʻrtkoʻl tumanida Toʻrtkoʻl va Ellikqalʼa tumanlari vakillari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etdi.

Unda ijtimoiy soha vakillari, davlat tashkilotlarining joylardagi boʻlimlari mutasaddilari, mahalla raislari, hududlardagi hokim yordamchilari, mahalla xotin-qizlar faollari, diniy soha olimlari, maktabgacha taʼlim muassasalari mudirlari, umumtaʼlim maktab direktorlari va ularning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari qatnashdi.

Tadbirda mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar va mutafakkirlar ibratli hayoti va boy ilmiy-maʼnaviy merosi, ilm olish fazilati, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik hamda vatanparvarlik tuygʻusini yuksaltirishning amaliy ahamiyati borasida soʻz bordi.

Targʻibotchilar “Buyuk allomalarimiz ilmiy merosida yuksak insonparvarlik gʻoyalari tarannumi”, “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” va “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzularida maʼruzalar qildi.

Shuningdek, “Jaholatga qarshi maʼrifat – asosiy maqsadimiz” nomli film namoyish qilinib, markazlar tomonidan nashr etilgan yangi kitob va risolalar taqdimoti tashkil etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …