Home / XALQARO YANGILIKLAR / MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAGʻRIKENGLIK – BIRDAMLIK OMILI!

MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAGʻRIKENGLIK – BIRDAMLIK OMILI!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi, Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasidagi Bulgʻor islom akademiyasi magistranti Bayozxon Mahmudov mazkur akademiyada “Millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik – birdamlik omili” mavzusida oʻtkazilgan konferensiyada ishtirok etdi.

U oʻzi tahsil olayotgan akademiya, shuningdek, Rossiya islom instituti va Qozon Federal universitetining ilohiyot fakultetlari magistrlari hamda aspirantlari uchun onlayn tarzda tashkil etilgan mazkur anjumanda “Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglikning kelib chiqishi va rivojlanish bosqichlari” mavzusida maʼruza qildi.

B.Mahmudov maʼruzasida Markaziy Osiyo hududida asrlar davomida shakllanib kelgan diniy tolerantlik anʼanalarining tub ildizlari, mohiyati hamda tadrijiy jarayonlariga alohida toʻxtaldi. Hududda movarounnahrlik allomalar xizmati bois Islomning yanada kengroq yoyilishi, shu bilan bir qatorda boshqa din vakillari eʼtiqodiga koʻrsatib kelingan ehtirom borasida koʻplab ilmiy asos va hayotiy misollar keltirdi.

Notiq, shuningdek, diniy bagʻrikenglikni taʼminlash boʻyicha Oʻzbekistonda olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar hamda mamlakatimizda diniy-maʼrifiy jabhada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ishtirokchilarga maʼlumot berdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Hamkorlik istiqbollari yuqori baholandi

Kuni kecha Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Qozon shahrida joylashgan Abdulla Apanayev nomidagi madrasa va …