Home / FOTO LAVHALAR / MAHALLALAR VA MUSHTARAK MAQSADLAR

MAHALLALAR VA MUSHTARAK MAQSADLAR

Avval xabar qilganimizdek, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mutaxassislari tomonidan Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish oʻquv kursida  viloyatning turli tumanlaridan  MFY raislari ishtirokida oʻquv-seminar oʻtkazilmoqda. Navbatdagi oʻquv-seminar ham “Mahalla raislari tomonidan mahallalarda ijtimoiy maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar» mavzusida boʻlib oʻtdi. Bunda MFY raislari tomonidan mavzu doirasida olib borilayotgan ishlar tahlil etilib, ularni yanada rivojlantirish boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur oʻquv-seminarlarni tashkil etishdan maqsad mamlakatimizda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni keng targʻib etishdir.

 Oʻquv-seminarda, shuningdek,  davlatimiz tomonidan mahallalar ishini yanada takomillashtirish, ularga qoʻshimcha imkoniyat va imtiyozlar berilayotgani toʻgʻrisida ham soʻz yuritildi.

Interaktiv uslublar asosida oʻtkazilgan mashgʻulot savol-javoblarga boy boʻldi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …