Home / FOTO LAVHALAR / “VATANGA XIZMAT – OLIY FAZILAT”

“VATANGA XIZMAT – OLIY FAZILAT”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganiga 32-yil toʻlishi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsoli” shiori ostida “Vatanga xizmat – oliy fazilat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Vatan himoyachilarining fidoyiligi, jasorati va qahramonliklarini, shuningdek, ulugʻ ajdodlarimiz qoldirgan boy maʼnaviy merosni targʻib qilish, Qurolli Kuchlarimizdan gʻururlanish va harbiy xizmatga chuqur hurmat tuygʻularini kamol toptirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda institut talabalari va pedagog xodimlari ishtirok etdi.

Markaz boʻlim boshligʻi Sh.Umarov va ilmiy xodim A.Mamadaliyev bugungi kunda Qurolli kuchlarimiz mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlashga qodir boʻlgan, harakatchan va puxta qurollangan qudratli kuchga aylanganini alohida eʼtirof etdi. Shuningdek, yoshlarimiz qalbida armiyamiz bilan faxrlanish tuygʻusi, vatan himoyachisidek olijanob kasbga hurmat-ehtirom hissi yanada ortib borayotgani taʼkidlandi.

Shuningdek, milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan barcha harbiylar hamda faxriylarning Vatan va xalq oldidagi xizmatlarini munosib qadrlash, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish, oilasi va farzandlarini ijtimoiy himoya qilish borasidagi ishlar yildan yilga yangi bosqichga koʻtarilayotgani xususida ham soʻz yuritildi.

Tadbir Vatan va uning himoyachilarini madh etuvchi sheʼrlarga ulanib ketdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Qoʻlyozmalar – ilm manbai va bilim bulogʻi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Movarounnahr muhaddislari asarlarining Jazoirda saqlanayotgan qoʻlyozma nusxalari” mavzusida xalqaro davra …