Home / FOTO LAVHALAR / AJDODLARIMIZNING OʻLMAS MЕROSI – YOSHLAR UCHUN KATTA IBRAT

AJDODLARIMIZNING OʻLMAS MЕROSI – YOSHLAR UCHUN KATTA IBRAT

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Gʻallaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Barkamol avlodni tarbiyalashda sogʻlom diniy tafakkurning oʻrni” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.

Maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilar ishtirokida oʻtgan tadbirda Markaz ilmiy xodimlari Jonibek Jumayev, Bayozxon Mahmudov, shuningdek, Gʻallaorol tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi shoʻba mudiri Bunyod Yunusov, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning tuman boʻyicha bosh mutaxassisi Gʻulom Qorjovov mavzu yuzasidan fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.

Yigʻilganlarga yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar samarasi, dinning asl mohiyati, islomning bagʻrikenglik va insonparvarlik gʻoyalari borasida tushunchalar berildi. Oʻquvchi-yoshlarning maʼnaviy-ahloqiy ongini rivojlantirish orqali mafkuraviy immunitetini yanada kuchaytirishga ham alohida eʼtibor qaratildi. Yurtimiz zaminidan yetishib chiqqan mutafakkirlar hayoti va ilmiy merosidan ibrat olib, ularga munosib avlod boʻlib yetishish zarurati qayd etildi.

Uchrashuv doirasida oʻquvchilar oʻrtasida alloma ajdodlarimiz ijodiga oid viktorina oʻtkazilib, gʻoliblar nodir ilmiy adabiyotlar bilan taqdirlandi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …