Home / FOTO LAVHALAR / TARGʻIBOTCHILARNI XIVA SHAHRI VA TUMANI QARSHI OLDI

TARGʻIBOTCHILARNI XIVA SHAHRI VA TUMANI QARSHI OLDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari Xorazm viloyati mahallalaridagi targʻibot tadbirlarini Xiva shahri va tumanida davom ettirdi.

Shahardagi “Yangi hayot”, “Qiyot”, “Gulirayhon”, “Mevaston” MFYlar  faollari bilan suhbatda tinchlik qadri, bagʻrikenglikning millatlararo totuvlikni taʼminlashdagi oʻrni, islom dinidagi ezgulik va insoniylik gʻoyalari, yosh avlodni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning mohiyati haqida soʻz yuritildi.

Xiva tumanining “Gandimyon”, “Gulshan”, “Gʻovuk”, “Soyot” mahallalari vakillari ishtirokida tashkil etilgan tadbirlarda maʼruzachilar ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, yoshlarni yot gʻoyalar taʼsiridan asrash, azaliy qadriyatlarimizning insonparvarlik jihatlarini yoshlar ongiga singdirish kabi masalalarga atroflicha toʻxtaldi.

Viloyatda targʻibot tadbirlari davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …