Home / FOTO LAVHALAR / MARKAZNING NAVBATDAGI MЕHMONI – SAUDIYA ARABISTONI RASMIY VAKILI

MARKAZNING NAVBATDAGI MЕHMONI – SAUDIYA ARABISTONI RASMIY VAKILI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga BMTning Choʻllanish, yerlarning degradatsiyasi va qurgʻoqchilikka qarshi konvensiyasi ijrosini koʻrib chiqish qoʻmitasining Samarqandda oʻtkazilayotgan 21-sessiyasi (CRIC-21) doirasida mamlakatimizga tashrif buyurgan Saudiya Arabistoni Podshohligining atrof-muhit, suv va qishloq xoʻjaligi vaziri Usoma Ibrohim boshchiligidagi delegatsiya keldi.

Delegatsiya aʼzolarini Markaz direktorining oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev kutib oldi va muzey bilan tanishtirib, Markaz faoliyati hamda Imom Buxoriy hayoti va boy ilmiy-maʼnaviy merosi xususida maʼlumotlar berdi.

Mehmonlarda Markazning Saudiya Arabistonidagi ilmiy muassasalar bilan oʻrnatilishi rejalashtirilayotgan hamkorlik aloqalari katta qiziqish uygʻotdi. Ikki mamlakat maʼnaviy-maʼrifiy maskanlari oʻrtasida bogʻlanayotgan mustahkam rishtalar mushtarak maqsadlarga erishishda muhim qadam boʻlishi taʼkidlandi.

Tashrif samimiy, doʻstona ruhda kechdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …