Home / FOTO LAVHALAR / MAʼNAVIY TAHDID MAʼRIFAT BILAN BARTARAF ETILADI

MAʼNAVIY TAHDID MAʼRIFAT BILAN BARTARAF ETILADI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlarining Surxondaryo viloyatidagi targʻibot tadbirlari Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialida davom etdi.

“Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida tashkil etilgan uchrashuvda talabalarga bugungi globallashuv sharoitida yoshlarda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga doimiy ehtiyoj nuqtai nazaridan kelib chiqib, ilm va maʼrifatning yuksak ahamiyati borasida hayotiy misollar asosida tushunchalar berildi.

Muloqot asnosida yoshlar ongini egallashga urinayotgan mafkuraviy xurujlarga qarshi kurashish, xalqimizning milliy qadriyatlari va maʼnaviyatini asrab-avaylash, dinning sofligini saqlash va allomalarimiz ilmiy merosini chuqur oʻrganish orqali jamiyatimizga rahna solishga qaratilgan tashqi salbiy taʼsirlarni bartaraf etish mumkinligi taʼkidlandi.

Targʻibotchilar Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida ham shunday tadbir tashkil etdi.

 

Uchrashuvlarda Markaz va uning faoliyati haqida maʼlumotlar ham berilib, nashr etilgan adabiyotlar taqdimotlari oʻtkazildi.

Taomilga binoan ishtirokchilar oʻrtasida viktorinalar tashkil etildi va gʻoliblar Markaz nashrlari bilan taqdirlandi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Yangi loyiha boshlandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) …