Home / FOTO LAVHALAR / HAMKORLIKNI KUCHAYTIRISH MASALASI – KUN TARTIBIDA

HAMKORLIKNI KUCHAYTIRISH MASALASI – KUN TARTIBIDA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev va boʻlim boshligʻi Mexrojiddin Amonov Turkiya Respublikasi Denizli shahrida boʻlib, Pamukkale universiteti rektori, professor doktor Ahmad Qutlixon boshchiligidagi taʼlim muassasasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Markaz bilan universitet oʻrtasida 2022 yil 29 avgustda oʻzaro hamkorlikka oid imzolangan memorandum asosida qator qoʻshma tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. 2022 yil noyabr oyida universitetda “XXI asrda yoshlar va imon masalalari: tavofutlar” mavzusida oʻtkazilgan Xalqaro simpozium hamda Markaz ilmiy xodimlari uchun universitetning Islom ilmlari institutida islom tarixi, ilmiy-tadqiqot ishlari va metodologiyasi, aqoid hamda boshqa ilmlarga oid joriy qilingan ikki haftalik malaka oshirish dasturi shular jumlasidandir.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqilib, qoʻshma loyihalar salmogʻini oshirish istiqbollari muhokama etildi.

Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida mezbonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …