Home / FOTO LAVHALAR / Imom Buxoriy oʻgitlari – butun insoniyat uchun oʻrnak

Imom Buxoriy oʻgitlari – butun insoniyat uchun oʻrnak

Hadis ilmi maktabida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan asarlar taqdimoti boʻlib oʻtdi.  Unda Markaz ilmiy xodimlari Sh.Umarov, O.Neʼmatov va N.Qobilov maktab murabbiylari va talabalarga keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan kitoblarning oʻziga xos va boshqa nashrlardan farqli jihatlari xususida maʼlumotlar berdi.

 

Maʼrifiy muloqot tusini olgan taqdimot tadbirida talabalar nashr etilgan asarlarning yuksak ilmiy va maʼrifiy qiymati borasida munozaraga kirishdi. Imom Buxoriy siyrati hamda yozib qoldirgan nodir maʼnaviy merosi barchaning diqqat markazida boʻldi.

 

Imom Buxoriy oʻzining noyob qobiliyat va quvvai hofizasining kengligi bilan oʻz davridagi muhaddis va ilm ahlini hayratda qoldirgan. Muhaddis “Dunyoda ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay” degan shioriga sodiq qolib, 40 yil ilm talabida musofir yurtlarda hayot kechirgan. Cheksiz mashaqqat ila, har bir hadisni mustahkam taqvo va zuhd bilan oʻrganib, 16 yil davomida Qurʼondan keyingi manba deb tan olingan “Sahihul Buxoriy” asarini yozgan.

 

Imom Buxoriyning hayot yoʻli, insonni maʼnaviy yetuklikka chorlovchi diniy, maʼrifiy, axloqiy-tarbiyaviy mazmunga ega oʻgitlari butun bashariyat uchun ibrat hisoblanadi. Alloma asarlarining bosh gʻoyasi insonni baxtga yetaklovchi ilmga ega qilish, uni ikki dunyo saodatiga erishtirishdan iborat.

Qizgʻin savol-javoblar bilan davom etgan tadbir Markaz tomonidan nashr etilgan kitoblarning mamlakatimiz yoshlari uchun ne chogʻli ahamiyatli ekanini talabalarga anglatib, kitob mutolaasiga boʻlgan eʼtiborning yanada ortishiga zamin yaratdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …