Home / FOTO LAVHALAR / MAʼRUZALAR YOSHLAR MASALALARIGA BAGʻISHLANDI

MAʼRUZALAR YOSHLAR MASALALARIGA BAGʻISHLANDI

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari kengashining 2022 yil 6 oktabrda Ostona shahrida boʻlib oʻtgan 6-sammitida Oʻzbekiston rahbari dolzarb muammolarga jahon hamjamiyatining turli yoshdagi vakillari bilan birgalikda yechim izlash tashabbusini ilgari surgan edi. Shunga binoan 11-13 oktabr kunlari Samarqand shahrida Yoshlar kengashining 6-yigʻilishi, Yosh liderlar forumi va uning doirasida “Avlodlar muloqoti”ning birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Ushbu anjumanlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar hamda Yoshlar siyosati va sport vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, BMT va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari kengashi tomonidan yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, Kengashga aʼzo davlatlar va kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar yoshlari oʻrtasida oʻzaro doʻstlik aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga masʼul davlat organlari mutasaddilari, yoshlar jamoat tashkilotlari rahbarlari, xalqaro ekspertlar, mamlakatimizdagi vazirlik va idoralar, nodavlat-notijorat tashkilotlar va milliy ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashgan anjumanda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Shukrullo Umarov va Jonibek Jumayev ishtirok etib, “Kengashga aʼzo davlatlarning terrorizmga qarshi kurashda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha tajribasi” va “Radikallashuvga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining roli” mavzularida maʼruza qildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …