Home / FOTO LAVHALAR / TARGʻIBOT GURUHI OʻZ ISHINI PAXTACHI TUMANIDA DAVOM ETTIRDI

TARGʻIBOT GURUHI OʻZ ISHINI PAXTACHI TUMANIDA DAVOM ETTIRDI

Targʻibot guruhi tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning navbatdagisi Paxtachida oʻtkazildi.

“Amirobod” va “Boʻston” MFYlari ahli ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda keyingi paytlarda internet orqali tarqatilayotgan turli vayronkor gʻoyalar, jahon axborot tarmogʻida manfur niyatlarini amalga oshirishga urinayotganlar koʻpayib borayotgani, jaholatga yoʻgʻrilgan maʼlumotlar keng tarqatilayotgani, buning natijasida ilmi yetarli boʻlmagan yoshlar ular domiga tushib qolayotgani, bu esa osuda hayotimiz, farovon turmushimiz va kelajagimiz istiqboliga jiddiy rahna solayotgani qattiq tanqid ostiga olindi.

Ishtirokchilar qalb va ongni zaharlashga qaratilgan turli qingʻirliklarga, milliy mentalitetimiz, oʻlmas qadriyatlarimiz va buyuk tariximizga yot boʻlgan kuchlarga qarshi ogoh boʻlish, tarbiyani yuksak maʼnaviyat asosida tashkil etish, taʼlimga boʻlgan eʼtiborni alloma ajdodlarimiz oʻgitlari negizida kuchaytirish zarurati oshib borayotganini qayd etdi.

Tadbirda targʻibotchilar ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarga kuchli taʼsir etuvchi axborotlarni tasniflab berib, internetdan foydalanishga oid axloq-odob qoidalariga batafsil toʻxtaldi.

Viloyatdagi targʻibot tadbirlari davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …