Home / FOTO LAVHALAR / TARGʻIBOTCHILAR – SAMARQAND TUMANIDA

TARGʻIBOTCHILAR – SAMARQAND TUMANIDA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi va Samarqand davlat universiteti vakillaridan tarkib topgan targʻibot guruhi 9 oktabr kuni Samarqand tumanida boʻldi.

“Andijoniy” MFYdagi uchrashuvda internet tarmogʻidan foydalanish madaniyatini oshirish, gʻoyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni doim ustuvor tutish, ekstremizm, aqidaparastlik va boshqa tahdidlarga munosib javob qaytara olish bilan bogʻliq amaliy tavsiyalar berildi.

“Badal” MFYda oʻtkazilgan tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asl mohiyati va pirovard maqsadi bugungi murakkab va tahlikali zamonda xalqimiz maʼnaviyatini yot gʻoyalardan himoya qilish, azaliy milliy qadriyatlarimizni rivojlantirish, yoshlarimizni Vatanga, milliy gʻoyaga sadoqat ruhida tarbiyalash ekani taʼkidlandi. Toki farzandlarimiz buyuk ajdodlarga munosib, yuksak maʼnaviyatli, milliy oʻzligi shakllangan, oʻzi va boshqalarning taqdiriga befarq boʻlmagan, el-yurt kelajagi uchun masʼuliyatni zimmasiga ola biladigan avlod boʻlib voyaga yetsin.

Tadbirlarda jamiyatimizda sogʻlom dunyoqarash va bunyodkorlik barqaror boʻlishi uchun oila, taʼlim muassasalari va mahallalarda maʼnaviy tarbiyaning uzviyligini taʼminlash, el-yurt taqdiriga loqaydlik, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga masʼuliyatsizlik bilan qarash kabi illatlarga barham berishga daʼvat qilindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

«TURK ABRUSI TARIXI»

22-may, 2024-yil soat 10:00 da Oʻtkazish joyi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi …