Home / FOTO LAVHALAR / ILMNING QADRI BЕQIYOSDIR

ILMNING QADRI BЕQIYOSDIR

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash raisi, tarix fanlari doktori, professor Davronbek Maxsudov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muloqotda mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyoti yoʻlida olib borilayotgan ishlar, tadqiqotchilar uchun yaratilayotgan qulay imkoniyatlar chuqur mamnuniyat bilan eʼtirof etildi. Markaz faoliyati yoʻnalishiga oid dolzarb mavzularda izlanishlar olib borib, ulugʻ ajdodlarning boy maʼnaviy merosi asosida bugungi kun muammolarining konstruktiv yechimlarini qidirib topishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Uchrashuvda ilmning afzalliklari, ilm talabida amalga oshirilayotgan zahmatli mehnatning qadr-qimmatiga doir fikr-mulohazalar bildirildi. Markaz ilmiy xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldi.

Tadbir samimiy, doʻstona va motivatsion ruhda oʻtdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markazning navbatdagi mehmoni – Birlashgan Arab Amirliklaridan

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga BAA Sharja Amirligi Meros instituti Arxeologiya boshqarmasi Bosh direktori Iso …