Home / MAQOLALAR / U KISHI BIROR HADISGA NAZAR SOLSALAR, UNI IPIDAN IGNASIGACHA OʻRGANAR EDILAR…

U KISHI BIROR HADISGA NAZAR SOLSALAR, UNI IPIDAN IGNASIGACHA OʻRGANAR EDILAR…

 Muhammad aytganlar: “Dorimiydan Muhammad ibn Kaʼbning “Oʻzini xorlagan yolgʻonchigina yolgʻon gapiradi”, degan hadislari toʻgʻrisida soʻralib, “Imom Buxoriy bu hadisni sahih deyaptilar”, – deyishdi. Shunda: “Muhammad mendan donoroq. Chunki u kishining fikri-zikri – hadis. Men esa boshqa ishlar bilan mashgʻulman, kasalman. Muhammad Alloh taolo yaratgan bandalarning ziyrakrogʻidir. U kishi Allohning Kitobida, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning tillarida buyurilgan va man etilgan narsalarni tushunib yetganlar. Qurʼonni butun vujudlari bilan berilib oʻqirdilar. Undagi misollar haqida chuqur tafakkur qilardilar, halolu haromini bilib turardilar”, – dedilar Dorimiy”. 

   Muhammadning aytishlaricha, Sulaymon ibn Mujolid u kishiga yozganlar: “Men Abdulloh ibn Abdurahmon Samarqandiydan Buxoriy toʻgʻrilarida soʻradim. U kishi: “Muhammad ibn Ismoil olimrogʻimiz, faqihrogʻimiz, masalaning nozik oʻrinlarini ham ilgʻaydigan va  izlanishda bizdan oʻzib ketgan”, – dedilar”.

   Muhammad aytganlar: “Abu Saʼid Muaddib imom Dorimiyning: “Bizning hadisga qoʻyadigan talabimiz Muhammadnikidek emas edi. U kishi biror hadisga nazar solsalar, uni ipidan ignasigacha oʻrganar edilar”, – deganlarini  eshitganlar”.

Manba: “Mashhur daholar siyrati” (Siyaru aʼlamin nubalo) kitobidan

Check Also

IMON HALOVATI (bir hadis sharhi)

عَنْ عن أَنَس رَضي الله عَنْه، عَنِ النَّبِي صَلَّى الله عَلَيْه وَسَلَّمَ قَالَ: ثلاثٌ مَنْ …