Home / MAQOLALAR / HAR BIR HADIS YOZISHDAN OLDIN GʻUSL VA IKKI RAKAAT NAMOZ…

HAR BIR HADIS YOZISHDAN OLDIN GʻUSL VA IKKI RAKAAT NAMOZ…

Subhanalloh!

   Xalaf Xayyom aytganlar: “Ibrohim ibn Maʼqildan eshitdim. U kishi Buxoriyning: “Isʼhoq ibn Rohavayhning huzurlarida edim. U kishining yonlarida oʻtirganlardan bir kishi: “Qaniydi, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini toʻplagan muxtasar bir kitob jamlaganlaringizda edi”,   dedi. Oʻshanda koʻnglimga hadislarni toʻplash niyati keldi va ularni yigʻa boshladim”, – deganlarini eshitgan ekanlar”.

   Yana yuqoridagi sanad bilan Buxoriy aytganlar: “Men bu kitobimni 600 ming hadisdan saylab oldim”. Farabriy xabar berib shunday dedilar: “Menga Muhammad ibn Ismoil: “Men “Sahihi Buxoriy”ga qaysi hadisni yozgan boʻlsam, undan oldin gʻusl qilib, ikki rakaat namoz oʻqirdim”, – dedilar”.

   Ibrohim ibn Maʼqil xabar berdilar: “Buxoriyning: “Bu kitobimga faqat sahih boʻlgan hadislarni kiritdim. Kitob choʻzilib ketmasligi uchun kiritilmagan sahih hadislar ham bor”, – degan soʻzlarini eshitdim”.

Manba: “Mashhur daholar siyrati” (Siyaru aʼlamin nubalo) kitobidan

Check Also

RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM QOʻRQQAN FITNA

(Bir hadis sharhi) Fitnalar har doim boʻlib kelgan. Bunday ishlardan eng yomoni nohaqdan shirk va …