Home / FOTO LAVHALAR / TARGʻIBOTCHILARNING NAVBATDAGI MANZILI – ZARAFSHON SHAHRI

TARGʻIBOTCHILARNING NAVBATDAGI MANZILI – ZARAFSHON SHAHRI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida Navoiy viloyatining Zarafshon shahridagi mahallalar ahli bilan targʻibot tadbirini oʻtkazdi.

    

Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusidagi tadbir shahardagi Yoshlar markazi binosida “Konchilar”, “Oltin vodiy”, “Bahor”, “Yulduz” MFY faollari ishtirokida tashkil etildi.

Unda targʻibotchilar mamlakatimiz miqyosida olib borilayotgan diniy-maʼrifiy islohotlar samarasi, diniy bagʻrikenglikning, xususan, islomning tinchlik va maʼrifatparvarlik mohiyatini teran anglash borasida Markazda qilinayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi. Yigʻilganlar eʼtiborini keyingi paytlarda internetda gʻarazli kontentlar, turli buzgʻunchi gʻoyalar, odob-axloqni yemiruvchi manfur illatlar koʻpayib borayotganiga qaratib, yoshlarda bu kabi mafkuraviy tazyiqlarga qarshi kuchli immunitetni shakllantirish har qachongidan ham dolzarbligini taʼkidladi. Darhaqiqat, oʻsib kelayotgan avlodni diniy-milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ular qalbida oʻz xalqi, Vataniga mehr-sadoqat tuygʻularini kuchaytirish va ilm olishga ishtiyoqini oshirish orqali farzandlarni turli axborot xurujlaridan munosib himoya qilish mumkin.

Markaz xodimlari shahar yoshlari orasida “Imom Buxoriyni taniysizmi?” mavzusida viktorina ham tashkil etdi. Savollarga koʻproq toʻgʻri javob bergan yosh ishtirokchilar ragʻbatlantirildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …