Home / FOTO LAVHALAR / MARKAZ TARGʻIBOTCHILARI NAVOIYDA ISH BOSHLADI

MARKAZ TARGʻIBOTCHILARI NAVOIYDA ISH BOSHLADI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Navoiy viloyatida Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida targʻibot tadbirlarini boshladi.

Navoiy davlat pedagogika institutida turkiy sivilizatsiya, diniy va dunyoviy imlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ajdodlarimiz boy ilmiy merosi xususida maʼruzalar qilindi.

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida Imom Buxoriy, Imom Termiziy va boshqa mutafakkirlar hayoti va ilmiy merosi haqida soʻz bordi.

Navoiy shahridagi “Yangiariq”, “Hayot”, “Istiqlol” MFYlari faollari bilan islomning tinchlik, ezgulik, maʼrifat va bagʻrikenglik gʻoyalari haqida suhbat oʻtkazildi.

Shahardagi “Yangiobod” MFYda oʻtkazilgan tadbirda ham ogohlikka daʼvat, axborot xurujlariga qarshi kurash choralari asosiy mavzu boʻldi.

Tadbirlarda Markaz faoliyati ham targʻib etilib, yangi nashrlar taqdimot qilindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …