Home / YANGILIKLAR / Mahalliy va xorijiy qoʻlyozma fondlaridagi Imom Buxoriy asarlarining 3296 nusxasi reyestri nashrga berildi

Mahalliy va xorijiy qoʻlyozma fondlaridagi Imom Buxoriy asarlarining 3296 nusxasi reyestri nashrga berildi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi axborot xizmati rahbari Sherzod Mamatov  maʼlum qildi:

🔽Hisobot davrida Imom Buxoriyning “Jomiʼ as-sahih” asariga oid xorijiy davlatlar qoʻlyozma fondlarida saqlanayotgan 30 ta qoʻlyozma nusxasining elektron versiyasi yuklab olindi.

🌎Shuningdek, Markaz fondida saqlanayotgan 75 ta qoʻlyozma asar annotatsiyasi tuzilib, ulardan 36 tasi markaz saytiga joylashtirildi.

📝 Turkiya, Saudiya Arabistoni, Hindiston kutubxonalari fondida saqlanayotgan 260 ta qoʻlyozma asarning roʻyxati shakllantirildi.

🗂 Markaz qoʻlyozmalar fondidagi 10 ta kitob (23 ta asar, 1502 varaq)ning elektron nusxasi tayyorlandi.

✔️ Joriy yilning 4 oyi davomida qoʻlyozmalarni oʻrganish sohasida aholidan 5 ta qoʻlyozma va 4 ta toshbosma asar hadya sifatida qabul qilib olindi.

Manba

Check Also

Markaz rahbari – Samarqanddagi yirik anjumanda

Bugun, 3-may kuni Samarqanddagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Turkiyadagi Egey universiteti …