Home / MAQOLALAR / SADAQANING 63 TA FOYDASI

SADAQANING 63 TA FOYDASI

1) Sadaqa – jannat eshiklaridan biridir.
2) Sadaqa – solih amallarning eng afzali.
3) Sadaqa Qiyomat kuni oʻz sohibiga soyabon boʻladi.
4) Sadaqa qabr issigʻini pasaytiradi.
5) Sadaqa – mayyitga qilinadigan eng yaxshi va eng foydali hadyadir. Alloh taolo uni koʻpaytirib beradi.
6) Sadaqa nafsni poklaydi.
7) Sadaqa Qiyomat kunidagi qoʻrqinchdan omonlik beradi.
8) Sadaqa gunohlarga kafforat boʻladi.
9) Sadaqa – oʻlim oldi xotimani goʻzal qiladi.
10) Sadaqa xursandchilikka sabab boʻladi.
11) Sadaqa qiluvchi – odamlarning eng yaxshisidir.
12) Sadaqa sohibiga juda ham koʻp va beqiyos buyuk yaxshiliklar va juda ham ulkan savoblar vaʼda qilingan.
13) Sadaqa qilish – taqvodorlarning sifatlaridandir.
14) Sadaqa – saxovatning belgisidir.
15) Sadaqa – duo qabul boʻlishiga sababdir.
16) Sadaqa – tashvishning arishiga sababdir.
17) Sadaqa baloni qaytaradi.
18) Sadaqa umrni uzaytiradi.
19) Sadaqa – dardga davo, kasallikka shifo, eng foydali muolajadir.
20) Sadaqa oʻt tushishidan, suvda choʻkishdan, oʻgʻri urishidan va yomon oʻlimdan asraydi.
21) Sadaqaning savobi – naqd, garchi u hayvon-parrandalarga qilinsa ham.
22) Sadaqaning afzali – ochga taom berishdir.
23) Sadaqa qiluvchi kishi odamlar mehrini qozonadi.
24) Sadaqa – sadaqa qiluvchining mol-davlatini koʻpaytiradi.
25) Sadaqa rizq ziyoda boʻlishiga sabab boʻladi.
26) Sadaqa qilgan kishini odamlar yaxshi koʻrishlariga sabab boʻladi.
27) Sadaqa nusratga sabab boʻladi.
28) Sadaqa ishida qatnashganlar savobga sherik boʻladilar.
29) Sadaqa – balo va qazolardan himoya qiladi.
30) Sadaqa oʻz egasini yomon oʻlimdan asraydi.
31) Sadaqa bergan bilan mol-dunyo kamayib qolmaydi.
32) Sadaqa beradigan odamning moliga farishtalar baraka tilab duo qiladilar.
33) Sadaqa Parvardigorning gʻazabini oʻchiradi.
34) Sadaqa – sadaqa beruvchining shaytonlar ustidan gʻalabasidir.
35) Sadaqa Qiyomat kunida bu dunyoda boy berilgan narsalarga afsus qildirmaydi.
36) Sadaqa – gʻam-anduhdan xoli etguvchidir.
37) Sadaqa Qiyomat kuni toʻsiq boʻlib, himoya qilib, sadaqa qiluvchini doʻzaxdan toʻsadi.
38) Sadaqa qalbning qattiqligini yumshatadi.
39) Sadaqa – Qiyomat kunida sadaqa qilganning yuzining jilosidir.
40) Sadaqa qilingan mayyitga ham, sadaqa qilgan odamga ham Alloh taolo savoblarini koʻpaytirib beradi.
41) Sadaqa – yomonliklarni daf etish uchun sababdir.
42) Sadaqa farishtalarning duosiga sabab boʻladi.
43) Sadaqa savoblarni koʻpaytiradi.
44) Sadaqa – qaygʻudan asraguvchidir.
45) Sadaqa – qabr olovini soʻndirguvchidir.
46) Sadaqa – hasanotlarni oʻn hissaga koʻpaytirguvchidir.
47) Sadaqa bu dunyodagi 70 xil yomonlik eshiklarini yopadi.
48) Sadaqa – sohibini qabr azobi va olovdan ozod etguvchidir.
49) Sadaqa – sadaqa beruvchining quvonchiga sababchidir.
50) Sadaqa xato va gunohlarni oʻchiradi.
51) Sadaqa vafotingizdan keyin ham ajr-savobingizni koʻpaytirib turadi.
52) Sadaqa qiluvchi Alloh taologa yaqin boʻlib, Oʻzining mehriga sazovor boʻladi.
53) Uzr sababli tutolmay qolgan farz qilingan roʻzani ham sadaqa bilan kafforat etiladi.
54) Sadaqa Ramazon oyida tutilgan roʻzani mukammal qilib beradi.
55) Sadaqa qilayotganingizda mablagʻlaringizni yoʻqotayotgan boʻlmaysiz, balki uni boshqa payt uchun oʻzingizga joʻnatayotgan boʻlasiz.
56) Sadaqa – saxiy va himmatli ishlardan va ezgu alomatlardan biridir.
57) Sadaqa – duoning ijobat boʻlishiga sababchidir.
58) Sadaqa qiluvchilarni Oʻzining goʻzal mukofotlari ila siylaydi.
59) Sadaqa – Qiyomat kunida sadaqa qilganning yuzini yorugʻ qiladi.
60) Sadaqa – sadaqa beruvchidan va uning yaqinlaridan baloni daf qiladi.
61) Sadaqa – sadaqa beruvchining obroʻ va hurmatini saqlaydi.
62) Sadaqa beradigan xonadonga Xudoi taoloning rahmati yogʻiladi.
63) Sadaqa beradigan odamga fayzu ilohiy, xayr-baraka beriladi.

? Kalomulloh – Qurʼoni Karimning oyati karimalarida va Janobi Paygʻambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning muborak hadisi shariflarida ?

Ustoz ulamoi kiromlarimiz aytadilar:
“Juda oz boʻlsa ham, kuniga sadaqa qilishni odat qiling!”
Chunki…
“SADAQA – RADDI BALO”!

Ibrohimjon domla INOMOV,
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent viloyati vakili oʻrinbosari
Manba: muslim.uz

Check Also

OʻZBEKISTON FALSAFA TARIXI RIVOJIDA NAJMIDDIN KOMILOV TASAVVUFSHUNOSLIK MAKTABINING OʻRNI VA IZDOSHLIK ANʼANALARI

Insonning aqliy kashfiyoti, intellektual salohiyati yuqori darajaga yetgan global davrni raqamlashgan dunyo boshqarmoqda. Ammo bashariyat …