Home / FOTO LAVHALAR / YANGI UNIVЕRSITЕTDA YANGI NASHRLAR TAQDIMOTI

YANGI UNIVЕRSITЕTDA YANGI NASHRLAR TAQDIMOTI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Angren universitetida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” shiori ostida maʼrifiy tadbir hamda Markaz yangi nashrlarining taqdimoti oʻtkazildi. Unda Markaz ilmiy xodimlari, universitet rektorati vakillari, professor-oʻqituvchilar va talabalar qatnashdi.

Joriy yil fevral oyida ochilgan Angren universiteti taʼlimning 8 yoʻnalishiga ixtisoslashgan. Ushbu oliy taʼlim muassasasiga hozirgacha 2 ming 500 ga yaqin talaba qabul qilingan.

Suhbat tarzida oʻtkazilgan tadbirda zamonaviy dunyoda inson qalbi va ongi uchun shiddatli kurash avj olayotgan pallada turli yot gʻoyalar va axborot xurujlariga qarshi tura olish koʻnikmalari, kuchli mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalari asosiy mavzuni tashkil etdi.

Tadbir doirasida talabalar Markaz tomonidan nashr etilgan kitoblar bilan tanishtirildi. Yangi adabiyotlarning chuqur tarixiy, teran maʼnaviy va yuksak ilmiy ahamiyati borasida atroflicha tushuntirish berildi.

Markaz xodimlari yigʻilganlarni qiziqtirgan barcha savollarga ilmiy asoslangan javoblar qaytardi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz rahbari – Samarqanddagi yirik anjumanda

Bugun, 3-may kuni Samarqanddagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Turkiyadagi Egey universiteti …