Home / ALLOMALAR / IMOM ABDURROHMAN JALOLIDDIN SUYUTIYNING HAYOTI

IMOM ABDURROHMAN JALOLIDDIN SUYUTIYNING HAYOTI

Buyuk mujtahid imom, koʻzga koʻringan hadis ilmi ustasi, huquqshunos, tarixshunos olim, sufiy, faylasuf  hamda X asrda Islomning eng yirik mujtahid imomlaridan va islohotchilaridan biri, deyarli barcha islom ilmiga oid asarlar muallifi alloma, hofizlarning eng oxirgisi Jaloliddin Suyutiy hijriy 849 yilning Rajab oyi dushanba kuni shomdan keyin[1] (m.1445 yil) Asyut, Qohirada tavallud topadi. Jaloliddin Suyutiyning  asl ismi  Abdurrohman ibn Kamaluddin Abi Manoqib Abu Bakr ibn Nosiruddin Muhammad[2] ibn Muhammad ibn Sobiqiddin  Abu Bakr ibn Faxruddin  Usmon ibn Nosiriddin Muhammad ibn Sayfiddin Xodir Ibn Najmiddin Abi as-Solah Ayyub bin Nosiriddin Muhammad bin Shayx Hammomiddin al-Xudayriy al-Asuyutiy[3],boʻlib, Jaloliddin[4] hamda ibn al- Kutub[5] otasi tomonidan berilgan laqablar,  Abulfazl esa yaʼni, fazilatlar otasi yoki,  “fazilatlar mujassam boʻlgan inson” Qozi Izzaddiyn Ahmad al- Hanbaliy tomonidan berilgani haqida imomning oʻzidan xabar beriladiki: Bir kuni qoziyu quzzo Izzadiyn mendan sening kunyang nima soʻradi, mening kunyam yoʻq, deya javob berdim. Sening kunyang Abulfazl unda, birinchi boʻlib bu kunyani olgan inson Nabiy s.a.v.ning amakilari Abbos r.a. boʻlganlar, va u kishining ayollari Ummufazl deya kunya olganlar, dedi[6]. Tugʻilgan joylari Misrning janubidagi Asyut shahriga nisbat berilib Suyutiy deb nomlandilar[7]. Mazkur shahar lugʻatda 5 xil usulda boʻlib, ular: Asyut, Usyut, Suyut, Siyut, va Sayut boʻlib har biri toʻgʻri hisoblanadi[8].Abdurrohman Suyutiyning otasi katta bobosi Hammomiddin[9] ajam boʻlgani haqida zikr etganini eshitganini oʻz asarlarida keltirib  oʻtadi[10]. Imom Suyutiy Abdurrohman ismi bilan atalishiga 6ta sabab mavjud boʻlib[11] ulardan eng asosiysi[12] Ibn Umar r.a.dan keltirilgan hadisga muvofiq: Rasululloh s.a.v. aytdilarki: Ismlarning ichida Allohga eng mahbubi: Abdulloh va Abdurrohmandir.[13] Yana bir sabab sifatida Abu Bakr r.a.ning ugʻillarini ismi Abdurroman boʻlgani uchun Jaloliddin Suyutiyniing otasi oʻzi Abdurrohman deb ism qoʻygan. Imom Jaloliddin bu haqida shunday deydi: Otam mening ismimni Abdurrohman deb qoʻygani sababi uning ismi Abu Bakr va otam Abu Bakr Siddiq r.a. oʻgʻli Abdurrohmanni qasd qilgan deb oʻylayman.[14]  Al-Aydarusiy hikoya qilib aytadiki,[15] Jaloliddinning otasi ahli ilmlardan boʻlgan edi va oʻz ayoliga kitoblar orasidan maʼlum birini olib kelishni buyurgan bir tunda boʻlajak ona ogʻriq seza boshlaydi va kitoblar orasida Abdurrohman dunyoga keladi.[16] Shu boisdan oʻgʻillariga “Kitoblar oʻgʻli” deya laqab berishadi.  Buyuk imom ahli ilmlar oilasida dunyoga kelgan Suyutiyning katta bobosi Hammomiddin hidoyatda peshqadam imom va taqvoli shayx sifatida insonlar orasida tanilgan boʻlsa, otasi esa faqih olim boʻlgan. Jaloliddin Suyutiyning oʻzi rivoyat qilib bobosi haqida shunday deydi: Otamning amakisining oʻgʻli Nuriddin Aliy ibn Jamoliddin Abdulloh ibn Sabiquddin Abu Bakr katta bobomiz sufiy shayx boʻlganini aytar edi. U boshida boshqa tariqatga ergashar edi, va bir kuni Haj ibodatini ado etayotib, “Labbayka va Saʼdayka, Labbayka Allohumma Labbayk”ni aytganda bir ovozni eshitdi: La labbayk, va la saʼdayk! Soʻng  shahriga qaytib ibodat va zuhdga qattiq bel bogʻlab tavba qildi, va bir muddatdan keyin haj ziyoratiga yana bordi, ixlos bilan ehrom bogʻlab turgan vaqti “Labbayka Allohumma Labbayk”, dedi va javoban unga “Labbayka va saʼdayka”, degan ovozni eshitdi[17]. Jaloliddin Suyutiy besh yosh yetti oylik vaqtida 855 hijriy sana Safar oyi xufton namoziga azon aytilayotgan vaqtda otasi kasallik tufayli vafot etadi[18], va Abdurrohman onasi qoʻlida yetim qoladi[19]. Abdurrohmanning onasi uni vafotidan soʻng dunyodan koʻz yumadi[20]. Suyutiy otasi vafot etganda Qurʼon karimdan Tahrim surasiga qadar yod olgan edi[21]. Otasi vafotidan oldin ulamo doʻstlariga oʻgʻlining tarbiyasi bilan shugʻullanishni vasiyat qilgan boʻlib kichik Abdurrohman ahli ilmlar qurshovida voyaga etish sharafiga muyassar boʻlib, otasini yaqin doʻstlaridan biri va hanafiy mazhabi olimi al-Kamol ibn al-Hammom uning taʼlimi hamda tarbiyasi bilan mashgʻul boʻladi.Uning huzurida sakkiz yoshida Qurʼonni toʻliq yod olib[22] shu bilan birga arab tili grammatikasiga doir Molikning “Alfiyasi” kabi nodir asarlarni ham yod oladi, soʻngra shariat, fiqh asoslari boʻyicha bir qancha toʻliq asarlarni yod oladi.

Bobolaridan biri Misrning Asyut shahriga kelishidan oldin Bagʻdodning Hudayriya mahallasida yashaganligi sababli baʼzi manbalardaHudayriy[23] nisbasi bilan ham ataladi. Asyutga birinchi boʻlib kelgan katta bobolari Humomiddin zuhd va ibodatga berilgan soʻfiy boʻlib, qabri hali hamon ziyoratgoh hisoblanadi. Otasi Kamoliddin Abu Bakir Asyutda tugʻilgan, Qohirada Ibn Hajar al-Asqaloniy kabi olimlarga shogird boʻlib ularning  ilm halqalarida  tahsil olgan[24]. Misrdagi Abbosiylar xalifasi Mustakfi-Billahning xususiy  imomi boʻlgan hamda bir muddat qozilik qilgan. izoh, tashiya va sharh ilmlariga doir asarlar yozgan. U shunday asarlar yozgan. Oʻgʻlining ilm bilan shugʻullanishini istagani uchun uni Ibn Hajarning darslariga muntazam olib borib ilm talab qilish odobi va xulqi haqida saboq olishini taʼminlagan. Suyutiyning ikki muhim ustozlaridan biri ibn al- Hammom, ikkinchisi esa Jaloliddin al-Mahalliydir. Imom Suyutiyning onasining millati turk yoki cherkes millatidan aslzoda boʻlganligi maʼlumotlarda kelgandir.

Ilm ostonasiga qadam qoʻyar ekan Imom Suyutiy ilk Qurʼoni karimni yod olishni va uni oʻrganishni afzal bildi. Soʻngra tahsil hayotini Jammoilining “Umdatul ahkam” hamda Imom Navaviyning “Minhaj at- Tolibiyn”, Ibn Molikniing “Alfiya” va shu asarlar bilan bir qatorda Bayzoviyninig “Minhaj al- Vusul” kabi noyob kitoblarni yod olish ila davom ettirdi. Yoshlik chogʻidanoq ilmga boʻlgan qiziqishi va tezlik bilan yod olib oʻzlashtirishi ila tengdoshlari orasidan ajralib turar edi. Imom Jaloliddin Suyutiy ilmlarni bir biridan ayirmas, balki ularning biri boshqasini toʻldirib keluvchi ekanligini taʼkidlar edi. Toat ibodatda namunali, taqvodor olim 600 yuzdan ziyod[25] asar yozib qoldirgan boʻlsa-da, zamonamizga qadar sanoqlilari etib kelgan.U butun umrini 150 ga[26] yaqin shayxlar huzurida muqaddas ilmlarni oʻrganishga bagʻishlagan. Ammo ilm eshitgan va ijozat olgan ustozlarining soni 600ga yaqin ekanligi haqida oʻz kitobida ular haqida batafsil maʼlumotlar bilan keltirgan[27]. Ular orasida oʻsha davrdagi shofiy va hanafiy mazhabining eng ilgʻor olimlari boʻlgan.

Solih ibn Umar al-Bulqini Shofiy[28], huzurida 14yil ilm tahsil olgan Muhammad ibn Sulaymon al-Kofijiylardan oʻz asari “Al-itqon fi ulumil Qurʼan” asariga doir maslahatlar olgan. Jaloliddin Suyutiy ustozi Kofijiy haqida shunday deydi: U menga qolgan shayxlarimdan koʻra, xuddi ikkinchi otam kabi, shavkat va eʼtibori koʻp edi. Otam va uning oʻrtalarida butkul sadoqat rishtasi boʻlgani haqida va otam unga nisbatan Misr ahlidan koʻra adolatliroq yondashganini zikr etardi[29]. Buyuk imomning erkak ustozlari boʻlgani kabi ayollardan ham ilm tahsil olgan, va hatto ularning ismlarini oʻz asari “Al- Munjam fil muʼjam”da 3 tabaqa shaklida 42tasini batafsil maʼlumotlar bilan keltirib oʻtgan. Yahyo ibn Muhammad al-Munaviy kabi oʻqituvchilarga dastlabki uchta kitobni taqdim etdi; Ikki yil oʻtgach, u Shamsuddin as-Siramiydan arab tilini oʻrgatish uchun ruxsat oladi. Abdurrohman Suyutiy 1460 yildan beri Shahobiddin ash-Shorimsohiyning faroiz darslarida qatnashgan boʻlsa-da, ustozi vafotidan keyin bu darslar tugallanmagan hisoblanadi. Shamsiddin Muhammad ibn Muso al-Hanafiyning “Sahih-i Muslim”ning deyarli hammasini, Qozi Iyozning Shifo asarini, Ibn Molikning “al-Alfiyya”sini[30] avvaldan yod olgan. Bundan tashqari, Bayzoviyning “Minhaj al-Bayzoviy” Ibn Hojibning “Kofiya” nomli kitoblarni ham oz fursatda yod olgan.[31]  Jaloliddin Suyutiyning shogirdlaridan biri Shoziliy ustozi haqida shunday deydi: bir kuni masjidda Burhoniddin Al-Karkiy “Biz ilmni shayxlar huzuridan olsak, sen esa oʻz zakovating quvvati ila kitoblardan olasan” dedi. Shunda Suyutiy: Darhaqiqat, ilm –bu nurdir, va Alloh Oʻz qullaridan kimgagina istasa uning qalbiga joylaydi dedi.[32] Bu davrda Suyutiy arab tili va adabiyotiga eʼtibor qaratganligini va arab tili boʻyicha koʻplab kitoblar oʻqiganini taʼkidladi, eng koʻp foyda olgan ustozlaridan biri Shamsuddin Muhammad ibn Saʼd ibn Xalil al-Marzuboniy Hanafiy boʻlganligi bois oʻz fiqhiy mazhabi Shofeiy boʻlishiga qaramasdan Hanafiy mazhabini ham puxta bilgan. Suyutiy yoshligidanoq baʼzi kitob va masalalarga izoh, sharh va hoshiyalar yozgan, ularning aksariyati arab tilida. Imom Suyutiy Bulqiniydan 866/1462 yilda fatvo berish hamda saboq berish uchun ijozat oldi va 9 Zulqaʼda 867 (26 iyul 1463) kuni Shayxu masjidida ustozi ham tinglovchilar orasida hozir boʻlgan birinchi maʼruzasini oʻqidi. U vafotigacha Bulqiniyning maʼruzalarida qatnashishda davom etdi. Suyutiyning ustozlari orasida Izzaddin al-Kinoniy, Hanafiy shayxi Shihobiddin ash-Sharmisohiy, Shayx Muhyiddin al-Kafayjiy, hadis ustasi Sayfiddin Qosim ibn Qatlubogʻa hamda Abdulaziz ibn Muhammad al-Mikatiy ham bor edi. Biroq buyuk imomning bu vaqtdagi asosiy ustozlari, 14 yil davomida undan har kun yangi ilm oʻrgangani hamda “ikkinchi otam” deya oʻz asarida taʼkidlagan[33] va 1463- 1467 yillar davomida ilm majlislarida qatnashgan Shumunni edi. Jaloliddin Suyutiy tafsir, hadis, fiqh usuli, hadis usuli, arab adabiyoti kabi sohalarda qofiya yaratuvchidan bahramand boʻlib, turli ilmlarni oʻrgatish uchun, ularni oʻzi puxta oʻrganib ijozat olgan. As-Suyutiy mudarris  unvonini olgan 867 (1463) yildan bir yil oʻtib boshlagan hadis tahammuli faoliyati uzoq davom etmadi. Suyutiy muʼtabar ustozlarining oʻlimidan oldin hadislarni tinglashdan koʻra,hikmat hamda diroyatga doir ilm va maʼlumotlar oʻrganishni muhimroq deb bilgan, ammo bu muallimlaridan hadislarni tinglashdan qaytmagan. Imom Jaloliddin Suyutiy oʻz ustozlari tomonidan toʻliq yoki maʼlum qismini tinglagan kitoblar roʻyxati bir necha sahifalargacha choʻzilgan, arab tili grammatikasiga doir bilim va koʻnikmalar olgan ustozlarini alohida “Al- bugʻyatul vuat fi tobaqoti lugʻoviyyin va nuhat” nomli koʻp jildli kitobida ularning ismlari hamda ular haqida maʼlumotlar keltirgan. Imomning birgina hadis ustozlari haqida yozgan asarlarining eng muhimi boʻlgan “al-Munjam fil muʼjam”da[34] uch tabaqa holida ismlarini zikr etgan ustozlari soni 195tani tashkil topadi.

Abdurrohman Suyutiy 869 hijriy sanada haj amalini ado etish uchun Hijozga Qizil daryo orqali rihlat qiladi. Ummul Quroda otasini hamkasb doʻstlari va shogirdlari, oʻzining ustozlarini uchratadi va ularning suhbatidan bahramand boʻlib, bu ilm halqalarini kitob qilib yozib oladi.[35] Imom Jaloliddin Suyutiy 869(1465) yili haj safaridan tashqari Misrdan hech chetga chiqmagan. Imom Suyutiy 869 hijriy sanada haj ziyorati asnosida zam-zam suvidan bir talab istagida ichgan boʻlib u istak fiqhda Sirojuddin al- Bulqini darajalariga hamda hadis ilmida Hofiz ibn Hajar al- Asqaloniy mavqeʼlariga erishishni niyyat qilgan[36]. Al- Kattoniy aytadiki: Ibn Hajar al- Asqaloniy huddi shunday qilgan edi, darhaqiqat u zam- zam suvidan ichib xuddi Hofiz Imom Zahabiy kabi boʻlishni niyat qilgan edi, Alloh ularning ikkovlarini ham niyatlariga yetkazdi[37]. Haj safari hamda Makka shahrida turgan vaqti asnosida boʻlib oʻtgan voqea va hodisalar hamda turli ilm majlislari va axloqiy suhbatlarning barchasini  “An- nahlatu zakiyya fi rihlatil Makiyya” va “An- nafhatul miskiyya va tuhfatul Makiyya” nomli asarlarida batafsil keltirib oʻtgan. Ilmiy salohiyatini yanada oshirish hamda yangi ilmiy maʼlumotlar toʻplash maqsadida Imom Jaloliddin Suyutiy 870 yili Rajab oyidan boshlab (Fevral- Mart 1466) uch oy davomida Dimyat Iskandariya va Misrning boshqa shaharlarida ilmiy izlanish yuzasidan sayohatda boʻlishni maqsad qiladi[38]. Abulfazl u yerlarda oʻz zamonasi yetuk olimlari madrasa ustozlari va qozilar huzurida ilmini yanada boyitadi, ularning orasida Fozil Jaloliddin Muhammad ibn Ahmad Shofiy, Fozil Shihobiddin Ahmad ibn Ahmad Jaudayidiy, Fozil Shamsuddin Muhammad ibn Sharofuddin Muhammad, Fozil Shamsuddin Muhammad ibn Aliy Al-Atoiy, Qozi Izzaddin ibn Abdussalom Al-Iskandariy Shofeiy, Fozil Jamoliddin Yusuf ibn Muhammad Al-Fallaahiy va boshqa yetuk olimlar bor edi[39].

Imom Jaloliddin Suyutiy 200000 hadisni roviylar zanjiri bilan yod olgan boʻlib, agar yer yuzida bulardan boshqa yana hadis borligini bilganida ularni ham yod olishini aytgan[40]. Jaloliddin Suyutiy butun umrini ilmga bagʻishlagan olim edi, u 40 yoshida Nil daryosi atrofidagi Ravzatul Miqyas degan joyga koʻchib oʻtib oʻz  ilmiy faoliyatini odamlardan chetda yolgʻizlikda davom ettirishga qaror beradi, va kitoblarini aksarini aynan oʻsha yerda yozadi. Davlat vazirlari, shahzodalar, boylar hamda qozilar kelib unga lavozim sovgʻa va boshqa takliflar bildirishsa ham Suyutiy oʻz uyini tark etmasligini bildiradi. Bu haqida uning oʻquvchisi Shoziliy shunday deydi: Ustozimni oldiga koʻplab insonlar kelishar edi, va ulardan baʼzilarini ustozim tahsil olgan madrasalardan istagan birida ilm tarqatishini taklif etishar edi, ammo ustozim ularning barchasini rad etardilar. Imom Jaloliddin Suyutiy rizqini hech oʻylamas edi, ezgulikdan biror narsaga ehtiyoj sezsa kitoblaridan birini sotar va juda oz miqdorda gavdasini tik tutgani yetarlik yegulik sotib olar edi. Dunyoviy narsalarni insonlardan soʻramas edi, va uning holidan kimsaning xabari boʻlmas ham edi. Baʼzi insonlar uning huzuriga kelib: Biror ehtiyojingiz bormi ey shayxim?, deya savol bersalar ularga javoban: Mening hojatim faqatgina Allohgadir, undan oʻzgaga hojatim tushmas, der edi.[41] Buyuk imom vafotidan oldin yetti kun mobaynida chap qoʻlidagi kuchli  shish tufayli qattiq kasal boʻlib soʻng olamdan, Jumadul ula oyi juma kuni kechasi 911 hijriy sanada[42], (1505 m.) koʻz yumadi. Abdurrohman Suyutiy vafot etganida 61[43] yoshda boʻlgan.[44] Abdurrohman ibn Abu Bakrdan kelgan maʼlumotga koʻra u oʻlimi yaqinlashayotgan vaqtda Yasin surasini tilovat qilib turgan[45]. Jaloliddin Suyutiyni Babul Qurofa tashqarisidagi Havush Qusun nomli yerga dafn qilindi. Buyuk imomni janozasida uning tobuti yaqiniga borishning iloji, haloyiq shu darajada koʻp toʻplanganligidan, yoʻq edi.  Ravzatul Miqyas yonidagi koʻcha imom Abulfazl nomiga Jaloliddin Suyutiy deb nomlandi[46].

Foydalanilgan adabiyotlar:

[1]Jaloliddin Suyutiy. At- tahaddusu bi niʼmatillahi taqriyrul istinadi fi taysiril ijtihadi at-taʼriyfu bi adabi at-taʼliyfi, –Qohira:,Maktabatul vaʼiy islamiy nashriyoti, 2019. – B.32.
[2]A. Shoziliy Bahjatul abidiyn bitarjumati xofiz al-asr Jaloliddin as-Suyutiy ”Jamiatu lugʻotul arobiyya ” Damashq 1998yil B. 9
[3]J.Suyutiy At- tahaddusu bi niʼmatillahi taqriyrul istinadi fi taysiril ijtihadi at-taʼriyfu bi adabi at-taʼliyfi.“Maktabatul vaʼiy islamiy” nashriyoti. Qohira.2019yilB.5
[4]A. Shoziliy Bahjatul abidiyn bitarjumati xofiz al-asr Jaloliddin as-Suyutiy ”Jamiatu lugʻotul arobiyya ” Damashq 1998yil B.62
[5]A. Ibn Abdulkabir Kattaniy Fihrisul faharis va muʼjamul maojim va shayxot val musalsalat lil Kattaniy “Darul gʻor al-islamiyya” Bayrut(PhD Ihson Abbos taxrirchi) 1982 yil.B. 2/595
[6]A. Shoziliy Bahjatul abidiyn bitarjumati xofiz al-asr Jaloliddin as-Suyutiy ”Jamiatu lugʻotul arobiyya ” Damashq 1998yil B. 10
[7]J.Suyutiy Lubobul hadis, Olimxon Isaxon oʻgʻli tarjimasi, Samarqand Imom Buxoriy Xalqaro Ilmiy Tadqiqot markazi 2018 yil, 3 b.
[8]J.Suyutiy At- tahaddusu bi niʼmatillahitaqriyrul istinadi fi taysiril ijtihadi at-taʼriyfu bi adabi at-taʼliyfi, –Qohira     “Maktabatul vaʼiy islamiy” 2019 –B.12
[9] J.Suyutiy Husnul muhozara fi tarixi Misro va al-Qohira, –Qohiro “Al-Halabiy” 1968yil –BB. 336-337
[10]J.Suyutiy At- tahaddusu bi niʼmatillahitaqriyrul istinadi fi taysiril ijtihadi at-taʼriyfu bi adabi at-taʼliyfi, –Qohira  “Maktabatul vaʼiy islamiy”.2019 –B.6
[11]Oʻsha manba B.43
[12]Oʻsha manba.B.43
[13]Imom Muslim 2132hadis ( Muslim ibn al- Hajjoj ibn Muslim al-Qushayriy al- Naysaburiy Abul Husayn 2006 Daru toyyiba. B. I/1023)
[14]J.Suyutiy At- tahaddusu bi niʼmatillahi taqriyrul istinadi fi taysiril ijtihadi at-taʼriyfu bi adabi at-taʼliyfi, –Qohira  “Maktabatul vaʼiy islamiy” 2019 –B.33
[15]A. Abdulqodir ibn Shayx ibn Abdulloh Aydarusiy An-nur as-safiro an axbaril qornil ashiro, –Bayrut  “Daru sodir” 1863 –B.45( muharrir Doktor Ahmad Haluv)
[16] I. Xolid Al- Tobbaʼ al- imom Xofiz Jaloliddin Suyutiy. –Damashq :. “Dar al-qolam” 2008 –B.29
[17]A. Shoziliy Bahjatul abidiyn bitarjumati xofiz al-asr Jaloliddin as-Suyutiy ”Jamiatu lugʻotul arobiyya ” Damashq 1998yil.B.18
[18]J.Suyutiy At- tahaddusu bi niʼmatillahitaqriyrul istinadi fi taysiril ijtihadi at-taʼriyfu bi adabi at-taʼliyfi.“Maktabatul vaʼiy islamiy” nashriyoti. Qohira.2019yil.B.5-20
[19]Roxmatulloh qori Obidov Qurʼon, tafsir va mufassirlar, Oʻzbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom Universiteti 2003 yil, 126 b.
[20]A. Shoziliy Bahjatul abidiyn bitarjumati xofiz al-asr Jaloliddin as-Suyutiy ”Jamiatu lugʻotul arobiyya ” Damashq 1998yil.B.261.
[21]Oʻsha manba.B.64
[22]J.Suyutiy Husnul muhozara fi tarixi Misro va al-Qohira “Al-Halabiy” nashriyoti Qohira.1968yil .B.1/336
[23]J.Suyutiy At- tahaddusu bi niʼmatillahitaqriyrul istinadi fi taysiril ijtihadi at-taʼriyfu bi adabi at-taʼliyfi.“Maktabatul vaʼiy islamiy” nashriyoti. Qohira.2019yil.BB.5-6
[24]Sh. Najmuddin Muhammad ibn Muhammad AL-Gʻozziy Al- kavakib as- sairo biaʼyani al-maiti al- ashiro “Dar al-kutub al-ilmiyya” nashriyoti Bayrut 1997yil.B.1/226
[25]A. Ibn Abu Bakr Jaloliddin Suyutiy Zaylu tobaqotil xuffaz Bayrut “Darul kutubul ilmiyya” nashriyoti B.223
[26]J.Suyutiy Husnul muhozara fi tarixi Misro va al-Qohira “Al-Halabiy” nashriyoti Qohira.1968yil.B.1/339
[27]J.Suyutiy At- tahaddusu bi niʼmatillahitaqriyrul istinadi fi taysiril ijtihadi at-taʼriyfu bi adabi at-taʼliyfi.“Maktabatul vaʼiy islamiy” nashriyoti. Qohira.2019yil.B.37
[28]X. Jaloliddin Suyutiy Abulfazl Abdurrohman ibn Abu bakr al- Huzayriyal- Misriy Shofeiy Al-Itqon fi ulumil Qurʼan Damashq 2009yil“Dar ibn Kasir”B. 1/4
[29]J.Suyutiy Al- bugʻyatul vuat fi tobaqot al-lugʻoviyyin va nuhat. 1 jild 118 bet Qohira al- saada press 1966 yil.B1/118
[30]A. Ibn Abu Bakr Jaloliddin Suyutiy zaylu tobaqotil xuffazi Bayrut” ADrul kutubul ilmiyya” nashriyoti.B.223
[31] I. Xolid Al- Tobbaʼ al- imom Xofiz Jaloliddin Suyutiy. –Damashq :. “Dar al-qolam” 2008 –B.75
[32]A. Shoziliy Bahjatul abidiyn bitarjumati xofiz al-asr Jaloliddin as-Suyutiy ”Jamiatu lugʻotul arobiyya ” Damashq 1998yil.B.32
[33]J.Suyutiy Al- bugʻyatul vuat fi tobaqot al-lugʻoviyyin va nuhat. 1 jild 118 bet Qohira al- saada press 1966 yil
[34]J.Abdurrohman ibn Abu Bakr Suyutiy Al-munjam fil muʼjam” Dar Ibn Hazm”1995:.B.94.98-105.112.114
[35]J.Suyutiy At- tahaddusu bi niʼmatillahitaqriyrul istinadi fi taysiril ijtihadi at-taʼriyfu bi adabi at-taʼliyfi.”Maktabatul vaʼiy islamiy” nashriyoti. Qohira.2019yil.B.85
[36]J.Suyutiy Husnul muhozara fi tarixi Misro va al-Qohira “Al-Halabiy” nashriyoti Qohira.1968yil.B.1/338
[37]A. Ibn Abdulkabir al- Kattaniy Fihrisul faharis val asbat va muʼjam al- maojim va al- mashiyxot va al- musalsalat. –Bayrut:. “Dar al- gʻorb al- Islamiyya” 1982 – B.2/1012
[38]J.Suyutiy At- tahaddusu bi niʼmatillahitaqriyrul istinadi fi taysiril ijtihadi at-taʼriyfu bi adabi at-taʼliyfi.”Maktabatul vaʼiy islamiy” nashriyoti. Qohira.2019yil.B.83
[39]J.Suyutiy At- tahaddusu bi niʼmatillahitaqriyrul istinadi fi taysiril ijtihadi at-taʼriyfu bi adabi at-taʼliyfi.“Maktabatul vaʼiy islamiy” nashriyoti. Qohira.2019yil.BB.90-91
[40] Sh. Muhammad ibn Ahmad al- Xuvayyiy Shofeiy Kitab nazmu ulumul hadis 2015
[41] I. Xolid Al- Tobbaʼ al- imom Xofiz Jaloliddin Suyutiy. –Damashq :. “Dar al-qolam” 2008 –BB.79-80
[42]Sh. Najmuddin Muhammad ibn Muhammad AL-Gʻozziy Al- kavakib as- sairo biaʼyani al-maiti al- ashiro “Dar al-kutub al-ilmiyya” nashriyoti Bayrut 1997yil.B.1/231
[43]Oʻsha manba.B.1/231
[44]A. Shoziliy Bahjatul abidiyn bi tarjumati xofiz al-asr Jaloliddin as-Suyutiy ”Jamiatu lugʻotul arobiyya ” Damashq 1998yil B.257
[45]Sh. Najmuddin Muhammad ibn Muhammad AL-Gʻozziy Al- kavakib as- sairo biaʼyani al-maiti al- ashiro “Dar al-kutub al-ilmiyya” nashriyoti Bayrut 1997yil.B.1/231
[46] I. Xolid Al- Tobbaʼ al- imom Xofiz Jaloliddin Suyutiy. –Damashq :. “Dar al-qolam” 2008 –B.38
Zahrobonu ABDUJABBOROVA,
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
Islomshunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi

Check Also

MAVLONO YUSUF – BOBUR MIRZONING XOS TABIBI

Mavlono Yusuf Xurosonning Hirot yaqinidagi Havof (Haf) shahrida tabib oilasida tugʻilgan. Toʻliq ismi – Yusuf …