Home / FOTO LAVHALAR / “MUQADDASDIR VATAN BAYROGʻI”

“MUQADDASDIR VATAN BAYROGʻI”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18 noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Markaz ilmiy xodimlari ishtirok etgan tadbir avvalida Diniy-maʼrifiy tadbirlar boʻlimi ilmiy xodimi S.Abduvoitov soʻzga chiqdi va bayrogʻimiz, yurtimiz tinchligi, Vatanimiz ravnaqi yoʻlida barchamizni birlashtirib, mamlakatimiz mustaqilligini hamisha koʻz qorachigʻidek asrashga, buyuk ajdodlarimizga munosib voris boʻlishga, yuksak ishonch va qatʼiyat bilan kelajakka qadam tashlashga daʼvat etib turishini taʼkidladi.

Tadbirda shuningdek, mamlakatimiz suverenitetining ramzi boʻlgan davlatimiz bayrogʻida milliy davlatchiligimiz, mustaqil va mustahkam davlat barpo etish yoʻlidagi ezgu maqsad va milliy gʻoyalarimiz, asosiysi, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligimiz, orzu-umid va yorugʻ kelajakka intilishlarimiz, or-nomusimiz va gʻururimiz aks etgani tilga olindi.

Markaz direktori Bosh maslahatchisi, professor B.Toʻrayev va Markaz ilmiy kotibi B.Tursunov buyuk ajdodlarimizning Vatan va uning bayrogʻiga boʻlgan mehr-muhabbati borasida Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur singari ulugʻ davlat arboblarining vatanparvarligi, fidoyiligi va yurt ravnaqi uchun chekkan zahmatlari xususida toʻxtaldi.

   

Ishtirokchilar xalqimizning asriy orzu-istaklari, shon-sharafi va xalqimizga xos mehmondoʻstlikni oʻzida mujassam etgan, barchamizning faxru iftixorimiz ifodasi boʻlgan Davlat bayrogʻini asrab-avaylash har birimizning eng oliy burchimiz ekanini taʼkidlashdi.

 Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari boshlandi

Oʻtayotgan haftada Samarqand viloyatidagi mahalla va taʼlim muassasalarida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” shiori ostida keng …