Home / FOTO LAVHALAR / TURKIYA DAVLAT RAHBARI IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZINI EʼTIROF ETDI

TURKIYA DAVLAT RAHBARI IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZINI EʼTIROF ETDI

Avval xabar qilinganidek, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan “Oliy darajadagi Imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi.

Turkiy davlatlarning Samarqand sammiti doirasida oʻtkazilgan mazkur mukofotni topshirish marosimida Turkiya davlat rahbari ushbu mukofotga munosib koʻrilgani uchun turk xalqi nomidan minnatdorlik bildirib, uni qabul qilishdan ulkan sharaf va gʻurur tuyishini maʼlum qildi.

Rejep Tayyip Erdogʻan oʻz nutqi davomida Samarqandda barpo etilgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini alohida tilga oldi va uning faoliyati musulmonlar dunyosi uchun yuksak ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …