Home / MAQOLALAR / TEMURIYLAR DAVRI RENESSANSI- JAHON SIVILIZATSIYASIGA QOʻSHGAN ULKAN HISSA

TEMURIYLAR DAVRI RENESSANSI- JAHON SIVILIZATSIYASIGA QOʻSHGAN ULKAN HISSA

“Oʻn beshinchi asrda Sohiqiron  Amir Temur asoslagan va uning munosib  avlodlari davom  ettirgan muhtasham saltanat yurtimizda ikkinchi Uygʻonish,  yaʼni ikkinchi Rennessans davrini boshlab berdi”. Shavkat Mirziyoyev.

Renessans — fransuzcha-uygʻonish,qayta tugʻilish maʼnosini anglatadi. Renessans atamasi dastlab Italiyada  madaniy-maʼnaviy  yuksalishga   nisbatan  qoʻllanilgan. Birinchi Renessans  IX-XII asrlarni oʻz ichiga qamrab oladi. Bu davr dunyo ilmida  “Musulmon Renessansi”(A.Mets), “Sharq uygʻonishi”(N.Konrat) nomi bilan atalib kelinmoqda.IX-XII asrlarda Sharqda ilm-fan va din  rivojlangan  edi.  Ilm-fan va dinning  rivojlanishiga Al-Xorazmiy,Abu Ali ibn Sino,Abu Rayhon Beruniy, Al-Buxoriy, At-Termiziy va boshqa buyuk allomalarimiz oʻz hissalarini qoʻshgan. Bu kabi buyuk allomalarimizni  yozgan asarlardan butun dunyoda asrlar davomida balki hozirgi kunda ham foydalanilmoqda.Koʻp oʻtmasdan ikkinchi Renessans ham boshlandi. Ikkinchi Renessans Temuriylar davri bilan bogʻliq boʻlib Amir Temur taxtga kelishi bilan boshlanadi. Ikkinchi Renessans  birinchi Renessansga nisbatan keng qamrovga ega. Buni biz AmirTemurning olib borgan tadbirlari, siyosatlaridan bilishimiz mumkin. Aynan shu davrda Yevropada ham Renessans(uygʻonish) davri shakllanayotgan edi. Amir Temurning taxtga kelishi ham ancha mashaqqat va sinovlar bilan amalga oshdi, shuning uchun ham u olib borgan siyosat va tadbirlar butun dunyoni titratdi. Amir Temurning har bir chaqirgan kengashida dunyoviy masalalar hal qilingan. Amir Temur jang qilishdan oldin kengash chaqirgan, kengashda hal qilinadigan masala Paygʻambarimiz hadislari, otasi va ustozlarining maslahatlari bilan koʻrib chiqilgan. Uning pirlaridan biri Shayx Zayniddin Abu Bakr Toybodiy  Amir Temurga “Kuch- adolatda” soʻzlari oʻyib yozilgan tillo uzuk, ikkinchi piri hisoblangan Mir Sayyid Baraka esa  birinchi uchrashuvdayoq saltanat timsoli boʻlgan nogʻora va bayroq tuhfa qilgan edilar. Oʻzining ruhiy madadi, koʻmagi bilan Sohibqironga kamarbasta boʻlib kelgan Mir Sayid Baraka to soʻnggi nafasgacha Amir Temur bilan birga umrguzaronlik qilgan. Amir Temur jahonning toʻrtta mashhur sarkardalaridan biri, ulugʻ lashkarboshi xudo bergan salohiyatini toʻla-toʻkis namoyon eta olgan, tengi yoʻq buyuk armiya qoʻmondoni edi.Bir qancha janglarda gʻalaba qozonib Movarounnahr hukmdori boʻldi va Temuriylar davlatiga asos soldi. Amir Temur hujumlari natijasida koʻplab hududlarni egalladi va islom dinini ham yoydi. Islom dinini keng yoyishda katta hissa qoʻshganlar orasida sakkizinchisi Amir Temur hisoblanadi. Amir Temur: “Dilimning mashriqidan koʻtarilgan birinchi tuzigim har yerda va har qachon islom diniga va Muhammad (s.a.v)ning shariatlariga rivoj berish boʻldi”-deb aytib oʻtgan. Amir Temur bir tugʻ ostida katta hududni birlashtira oldiki (tarixchilar Amir Temur imperiyasi oʻsha paytda 27 ta davlatni birlashtirganini qayt etadi. Bugungi kunda esa bu hudud  40ga yaqin davlatga toʻgʻri keladi),oʻsha yillari koʻhna va hamisha navqiron Samarqand deyarli yer yuzining bosh kentiga aylandi.

      Amir Temur va Temuriylar davrida iqtisodiyot, ilm-fan, san,at-madaniyat gullab-yashnaganini bugungi sinchilar ham tasdiqlaydi va bu davr insoniyat tamaddunidagi ikkinchi Renessans deb baholangan. Oʻsha davrda sanʼat va adabiyotda xususan meʼmorchilikda katta yutuqlarga erishildi.Meʼmorchilikda  yetti yuz yildan buyon yetib boʻlmaydigan yutuqlar qoʻlga kiritilgan. Masalan, shu davrda foydalanilgan boʻyoqlar tarkibida nimalar borligi shu kungacha aniqlanmagan. Bu kabi yutuqlarni tahlil qilgan Turkiya Prezidenti Mustafo Kamol Otaturk hayratda qolib shunday dedi:”Men Amir Temur zamonida boʻlsaydim, uning qilgan ishlarini bajara olmasdim. U mening zamonimda kelsaydi, qilgan  ishlarimdan-da juda Koʻp buyuk ishlarni ado etgan boʻlardi”. Ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo ham oʻz kundaliklarida Amir Temurning qurdirgan binolari, sugʻorish inshootlari, bogʻlari haqida va davlat boshqaruvi haqida yozib oʻtadi.”Amir etdimki,-deb yozadi Amir Temur” Tuzuklarda katta-kichik har bir shahar,har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsunlar, faqiru miskinlarga langarxona(musofirxona) solsunlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsunlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlansinlar. Har bir shaharda dorul-amorat(hukmdor saroyi) va dor ul-adolat(adolat saroyi) qursunlar”. Bundan koʻrinib turibdiki Amir Temur buyuk shaxs va adolatli hukmdor boʻlgan boʻysundirgan yerlarda ham bunyodkorlik ishlarini olib borgan.Bu haqida Yevropa olimlaridan biri V.V. Bartold  shunday dedi,- ”Amir Temur jonboz bunyodkor edi, u ajoyib bogʻ-rogʻli muhtasham inshootlari barpo etdi, Shahar va qishloqlarni tikladi.Sugʻorish tizimlari barpo qilindi va taʼmirlandi, rasmiy tarix taʼbiriga koʻra ,u ekin ekishga yaroqli bir qarich yerni ham bekor qoʻymasdi”. Mana bunday  Yevropa olimlarini lol qoldirgan bunyodkorlik ishlarigina emasdi, bundan tashqari Ulugʻbek Mirzoning xuddi Amir Temur kabi olib borgan ishlari ham bunga qoʻshimcha  boʻlgan edi.Ulugʻbek Mirzo davrida bunyod etilgan madrasalar va kutubxonalar ham Yevropa elchilarini hayratga qoldirgan. Hozirgi kungacha  Ulugʻbek Mirzoning bunyod ettirgan Rasadxonasi ham dunyo olimlarini tan olishiga majbur qildi.Uning  1018 ta yulduzni qoʻzgʻalmas oʻrnini aniqlaganligi va rasadxona hozirgi vaqt bilan bir soatu ikki sekund adashganligi ham hayratga loyiqdir.Bu haqida Ulugʻbek Mirzoning “Ziji jadidi Koʻragoniy” asari 1018 ta qoʻzgʻalmas yulduzlar haqida asosiy maʼlumot beradi..

Amir Temur va uning avlodlari davrida vujudga kelgan ikkinchi Renessans dunyo olimlarini hayratga solganligi bilan ham mashhurdir. Huddiki birinchi Rennesans kabi ikkinchi Renessans ham butun yer yuzini toʻlqinlantirdi desak xato boʻlmaydi albatta.Biz bundan faxrlanamiz, Birinchi Prezidentimiz ham shunday dedi: “Sohibqiron Amir Temurning shaxsi uning avlodlari boʻlmish faqat bizning emas, balki mintaqamizdagi barcha xalqlarning, butun maʼrifiy insoniyatning boyligidir”. Demak, bu Renessans faqat bizda emas butun dunyoda katta oʻzgarishlar boʻlishiga sabab boʻldi.

 Foydalanilgan adabiyotlar.
  1. Amir Temur Koʻragon. Temur tuzuklari / Amir Temur Koʻragon. – T.: “IJOD-PRESS” nashriyoti, 2019.
  2. Amir Temur solnomasi /Muxammad Ali; maʼsul muharrir A. Umarov; Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasi. — Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2008.
  3. “Yangi Oʻzbekiston”. T.:2021 yil 7 aprel
Islomjon MUXAMMADIYEV,
Toshkent davlat pedagogika
 universiteti , Tarix fakulteti,
 Tarix yoʻnalishi 1-bosqich talabasi.

Check Also

SHUKRONALIK – INSON KAMOLOTINING ASOSI

Insonning kamolga yetishida barcha ijobiy fazilatlarning oʻziga xos oʻrni bor. Ammo ular ichida shukronalikning oʻrni …