Home / YANGILIKLAR / ABD IBN HUMAYD KЕSHIY

ABD IBN HUMAYD KЕSHIY

“Musnadi Keshiy” asarining muallifi Abd ibn Humayd Keshiydir. Alloma 786 yili Kesh (Shahrisabz)da tavallud topib, 863 yilda oʻsha yerda vafot etgan. U Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom Dorimiy kabi buyuk muhaddislarga ustozlik qilgan.

Alloma “Toʻrt buyuk muhaddisning ustozi”, “Hofizul hadis” (“Hadislar bilim­doni”), “Sohibul musnadil kabir” (“Musnadul kabir” asari muallifi”), “Sohibut tafsiril kabir” (“Tafsirul kabir” asari muallifi”) nomlari va “Imom”, “Hofiz”, “Hujjat”, “Javvol” kabi yuksak martaba­lar bilan tanilgan.

Hofiz Ibn Hajar Asqaloniy taʼrifi bilan aytganda, Keshiyning “Musnadi” shu paytgacha yozilgan isnod (sanad)larning eng oliysidir.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Abd ibn Humayd Keshiyning uch jildik “Musnadi Keshiy” asari oʻzbek tiliga tarjima qilindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

«TURK ABRUSI TARIXI»

22-may, 2024-yil soat 10:00 da Oʻtkazish joyi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi …