Home / YANGILIKLAR / “MUSNADI KЕSHIY” – QADRI YUKSAK, SHAʼNI OLIY ASAR

“MUSNADI KЕSHIY” – QADRI YUKSAK, SHAʼNI OLIY ASAR

Doktor Muhammad Nazir Ayyad – Al-Azhar islom tadqiqotlari majmuasi bosh kotibi (Misr):

“Muntaxab min musnadi Abd ibn Humayd” nomli ushbu ulugʻ kitob – qadri yuksak, shaʼni oliy  asar boʻlib, ahli ilm va fan namoyandalari bunga shohidlik bergan.

Bugun biz buyuk olim va hadis ilmi boʻyicha yozilgan eng yaxshi asarlardan birining qarshisida turibmiz. Ayniqsa, koʻpchilik musulmonlar Keshiyni tanimagan, asari keng jamoatchilikka tanitilmagan hozirgi vaqtda bu kitobni tahqiq qilib, nashr ettirishga kuchli zarurat bor edi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi amalga oshirgan ushbu muborak ishning ahamiyati mana shunda namoyon boʻladi. Uning muhimligi Markaz tadqiqotchilarining ajdodlar merosiga eʼtibori, keng ommaga yetkazish borasidagi faoliyati, muazzam bu xazinadagi javohir va gavharlarni kashf etishga ishtiyoqmandligida oʻz ifodasini topadi.

Alloh taolodan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga,  rahbariyati va ilmiy xodimlari mehnatiga barakot berishini, bu ishni ularning savobli amallari qatoriga qoʻshishini soʻrab qolaman. Albatta, Janob Paygʻambarimizga, u kishining oila aʼzolariga, sahobalari va doʻst tutganlariga Allohning salavotu salomlari boʻlsin!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Qoʻlyozmalar – ilm manbai va bilim bulogʻi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Movarounnahr muhaddislari asarlarining Jazoirda saqlanayotgan qoʻlyozma nusxalari” mavzusida xalqaro davra …