Home / MAQOLALAR / IMOM GʻAZZOLIYNING “MAQOSID UL-FALOSIFA” ASARI MUNDARIJASI: MAQSAD VA VAZIFALARI

IMOM GʻAZZOLIYNING “MAQOSID UL-FALOSIFA” ASARI MUNDARIJASI: MAQSAD VA VAZIFALARI

Imom Gʻazzoliy (1058-1111) shaxsiyati ilm-fan taraqqiyoti va rivojida yuksak ahamiyat kasb etadi. U ilmiy faoliyati va hayoti bilan Sharq va Gʻarb falsafa ilmiga oʻz hissasini qoʻshib, gʻoyaviy-mafkuraviy, siyosiy, madaniy va axloqiy qarashlarning shakllanishiga favqulodda kuchli taʼsir oʻtkazdi. Mustaqillik yillarida mutafakkirning ilmiy merosini oʻrganishga katta eʼtibor qaratila boshlandi. Gʻazzoliyning hayoti, ilmiy-maʼnaviy merosi va tasavvufiy-falsafiy hamda axloqiy qarashlari  toʻgʻrisida tadqiqotchi olim, faylasuf va sharqshunoslardan M.N.Boltayev [4,2-7], G.N.Navroʻzova [8,103-105], H.Salomova [10,152-156], A.Zohidov [2,120], M.Qodirov 11,168-176, R.Isoqjonov [7,69-86]lar falsafiy tahlil olib borgan.

Gʻazzoliy ilgʻor ilm-fanga, falsafaga, qolaversa, gʻuluchi tasavvufga va eng asosiysi, shiʼa-ismoiliylar (Botiniy-Taʼlimiy)ning bidʼat mazhablariga qaysi gʻoyalar, shakl va usullarni qoʻllagan holda kurash olib borgan edi?!:

  1. 1. Rasmiy sunniy islom shariat, Kalom nomidan qatʼiy rad etuvchi, taqiqlovchi va murosasiz qoralovchi fatvolarni xalifa va hukmdorlar nomidan eʼlon qilish, ulardagi maqsad, vazifalarning barcha jamiyat aʼzolari tomonidan bajarilishiga erishish;
  2. 2. Yuqorida sanab oʻtilgan zumralar vakillari bilan ochiq, ommaviy va katta ulamolar jam etilgan ijtimoiy-siyosiy bahs-munozaralarga kirishish;
  3. 3. Maxsus, u yoki bu mavzularga bagʻishlangan asar yozish, undagi bayon, tahlil, tadqiqotlarni “Katta sharh”, “Oʻrta sharh” va ayrim, kichik parchalar, iqtiboslarga bagʻishlab, asosan muallifning mustaqil, original tadqiqotiga aylanib ketadigan “Prafraz sharhlar” tarzida yozilar edi.
  4. Gʻazzoliyning falsafiy fanlar borasidagi ilk ijtihod-riyozatlari va ularning arab-musulmon falsafasi taraqqiyotidagi oʻrni, ahamiyatini yaqqol koʻrsatadigan mazmun, yoʻnalishda yozilganini koʻrish mumkin.
  5. Gʻazzoliy“ Maqosid ul-falosifa”, “Tahofut ul-falosifa”, “Al-Munqiz min az-zalol” asarlaridagi gʻoyalari va konsepsiyalarida diniy-irfoniy va ilmiy qiziqishlari uchun asosiy, bosh maqsad emas, balki tanqid, gʻoyaviy-mafkuraviy kurash bilan bogʻliq pragmatik maqsad, vazifalarni koʻzlagan. Yaʼni diniy, nazariy-ilmiy, falsafiy maqsadlardan koʻra, butun arab-musulmon jamiyati, sunniy davlat siyosati maqsad, vazifalarini bajarish, aniqrogʻi himoya qilish bilan bogʻliq boʻlgan.
  6. Shunday boʻlishiga qaramay, tarixan va obyektiv olib qaralganda, Gʻazzoliyning falsafaga aloqador gʻoyalari, shiddatli gʻoyaviy-mafkuraviy kurashi, nafaqat Oʻrta va Yaqin Sharq falsafasi, balki butun Oʻrta asr jahon ilm-fani, falsafasi, diniy-mistik falsafasi taʼlimotlarining taraqqiyotida juda muhim, hal qiluvchi oʻrin tutganiga amin boʻlamiz. Ularni quyidagi bandlarda xulosalab, guruhlashimiz mumkin:
  7. 1) Gʻazzoliyning ilm-fan, falsafaga oid qarashlari, eng asosiysi butun arab-musulmon jamiyatini himoya qilish borasidagi qarashlari, qatʼiy mavqeidagi pozitsiyasi, shiddatli kurashi, garchi negativ maʼno va ahamiyatga ega boʻlgan boʻlsa-da, Oʻrta asr arab-musulmon ilm-fani, falsafasi taraqqiyotiga sezilarli, hushyor torttiruvchi, dinamizm bagʻishlovchi taʼsir koʻrsatdi deyishimiz mumkin.

2) Oʻrta va Yaqin Sharq ilm-fanining yetakchi maktablari – “Mashshoiyyun” va “Tabiiyyun”ning yetakchi dargʻalari Jobir, Xorazmiy, Fargʻoniy, Zakariyyo ar-Roziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Miskavayh, Beruniy, Umar Hayyom va boshqalarning ilmiy-falsafiy gʻoyalari, prinsip, usul va qadriyatlari, Gʻazzoliyning ikki shoh asarida 20ta  gʻoya va xulosalari bilan nazariy-metodologik ahamiyat kasb etgan.

3) “Jahon falsafasi” va “Asl falsafa”ning tugal oʻziga xosligini, taraqqiyot yoʻlini, bosqichlari va shaxsiyatlarini, eng muhim yutuq va natijalarini falsafiy-tarixiy toʻgʻri tasavvur qilish, qayta tiklash (reduksiya qilish) imkoniyati vujudga kelgan edi.

4) Qolaversa, qator manbashunoslar, tadqiqotchilar toʻgʻri taʼkidlaganidek, Imom Gʻazzoliyning asarlari ilk Oʻrta asrlarda va keyingi davrlarda ham Aflotun, Arastu Forobiy, Ibn Sinoning asarlari, ularning gʻoyalari, ilgʻor xulosalarini loʻnda, mukammal ifodalovchi manbaalar  sifatida Maymonid, Ibn Zurning asarlari, tarjima va sharhlari, qolaversa, Foma Akvinskiy, Ulugʻ Albert kabi xristian “Avliyo Otalar”i uchun asosiy manba rolini oʻtagan.

5) Gʻarbiy Yevropada Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Ibn Rushd, Gʻazzoliy,  Xayyomning ilgʻor gʻoyalariga qarshi uch-toʻrt asrlik murosasiz kurash (XII-XVII asrlarda) oʻrnini, ularning gʻoyalarini ijodiy va maqsadli istifoda qilish, “oʻzlashtirish” va shu asosda oʻz mustaqil (original) asarlarini yozish yoʻlga qoʻyilgan edi. [3,105]

  1. Oʻrta va Yaqin Sharq arab-musulmon madaniyati, ilm-fani, falsafasining faqatgina “Dunyoviy ilmlar” deb qaralgan Kalom, Qisos, Sira – Magʻoziylar, Fiqh, arab tili sarfi va nahvi, Qiyos (Mantiq) , Tibb ilmlari, Shajara, Kunya, Nisba, Ilmi Hilafiyat, “Asmaʼi husna”, farziyot ilmlari [2,13-19] yaxshi maʼlum.

Yuqorida sanab oʻtilgan barcha islomiy, sharʼiy va irfoniy dunyoviy, hamda “bidʼat ilmlar”, taʼlimotlar, ularning shaxsiyatlari, muammolari, tushuncha, kategoriyalar tizimining  oʻzini, ularga xos Usul va Furuʼ kabi oʻnlab ilm fan, falsafa sohasining muammolarini tahlil etganimizda juda katta tadqiqot obyekti, mavzulari, muammolari, funksiyalari majmuʼini koʻrishimiz mumkin.

Imom Gʻazzoliy umumlashtiruvchi muxtasar va “Katta sharh” usulida “Maqosid ul-falosifa”,“Tahofut al-falosifa” asarlarini yozgan. Shuni alohida taʼkidlash zarurki, bunday  fundamental asarlar har kuni, har kim tomonidan yoki tasodifan yozilavermagan. Agar Imom Gʻazzoliy oʻzining yuqorida koʻrsatilgan har ikki asarini oʻz hukmdori, hamda Bosh Vazir Nizom ul-mulk koʻrsatmasi bilan yozgan boʻlsa, Ibn Rushd oʻz “Tahofut…”ini Kalom vakillarining asarlari, falsafaga nisbatan qaqshatqich “oʻlim zarbasi” sifatida, falsafani yengish, xoʻrlash va uni Kalom ilohiyotiga tobe – “xizmatkor”ga aylantirish niyatida qilingan ochiq tajovuz, hujumga javob tariqasida, yaʼni vijdon amri bilan yozgan edi. Yaʼni, Gʻazzoliyning 400ga yaqin asarlarining roʻyxatiga nazar tashlasak, koʻramizki, bu roʻyxatda birorta sof falsafiy asar yoʻq. Falsafaning muammolari yoki uni oʻrganish, muammolarini tadqiq etish maqsadida yozilgan sof falsafiy asar tilga olinmagan. Zero, Gʻazzoliy faylasuf boʻlmaganidek, falsafaning muammolari boʻyicha asar yozishi mumkinligini tasavvur qilib boʻlmas edi.

Chunki, aslan falsafa bilan shugʻullanmagan, buning ustiga, oʻzi koʻzga koʻringan va nufuzli rasmiy sunniy islom, shariat olimi, mutakallim, faqih boʻlib, hatto, islom, shariat ilmlarining hammasida ham, masalan, tafsir, hadis ilmlarida oʻz prinsiplariga koʻra chuqur, tugal shugʻullangan emas. Aksincha, Subqiy, Suyutiy kabi mualliflarning taʼkidlashicha, Imom Gʻazzoliy tafsir, hadis ilmida bir muncha zaif va eʼtirof ham etilmagan edi-da?! [6,220-223]

Endi Imom Gʻazzoliyning yuqoridagi sharh usullari, metodlaridan foydalanib yozgan tanqidiy, falsafiy asarlarini falsafiy-tarixiy tahliliga oʻtsak. Mutafakkirning bu haqda yozgan birinchi tavsifiy, ilmiy va tarixiy tuzgan asari “Al maqosid ul-falosifa”dir.

Avvalo, alohida taʼkidlash oʻrinli boʻladiki “Maqosid…”ni oʻsha davrda ogʻir fundamental bahs-munozara olib borishning qatʼiy talabi hisoblangan bahs qilinayotgan asar matnini butunlayicha, hech oʻzgartirishsiz, yaʼni “nuqtadan nuqta, verguligacha” xolis keltirish, boz ustiga muallifning muhokama qilinayotgan mavzu, muammoning mohiyatiy taʼrifi, talqinini muayyan muntazamlik, mantiqiy izchillikda, keltira olish talabini, hozir biz tushunadigan maʼnoda, oʻzlashtirish (plagiat) deb qabul qilmaslik zarur. Balki, boshlanishi koʻzda tutilayotgan bahs-munozara mavzusi, muammosi ustida eng birinchi qadamdayoq manba matnini oʻta aniq, tartibli keltirish, chalkashlik yoki ataylab matnni buzib keltirilishiga yoʻl qoʻymaslik, oʻrinsiz tafsilotlarni muxolif tomonga, muallifga nisbat bermaslik va bahs-munozarani avval boshdan sogʻlom, sobit niyat bilan boshlash, har ikki tomonning bahs munozaradan maqsadi oʻta jiddiy, xolis ekanini  yaqqol koʻrsatish, faqat va faqat ilmiy haqiqatni aniqlash, apodeyktik isbot-hukmga erishishni qatʼiy oʻrniga quyishga intilishini koʻrsatish uchun qilingan.

Imom Gʻazzoliyning ilmiy, diniy, irfoniy yoki taʼlimiy haqiqatlarni aniqlash isbotlashga intilishidagi qatʼiyligi, shiddatining kuchliligi, murosasizligi shunda ediki, u hatto, muxoliflar, masalan, Forobiy yoki Ibn Sinoning oʻzi qandaydir majhul niyatlarda, ataylab yoki biron bir konʼyunktir talab, masalan, muomala-mulozamat zaruratidan kelib chiqqan holda, oʻz matnlariga oʻzgartirish kiritish va shu bilan mantiqiy isbotga erishib boʻlmaydigan  “dalillash”, “isbotlash” qopqoniga tushirish niyatida, asarlari matniga, oʻzlariga nisbat berilishiga yoʻl qoʻymaslik jihatidan asosiy matnni nuqsonsiz, ayniqsa, iqtibos, havolalarni toʻgʻri keltirish, hatto sahifalarni chalkashtirmasdan keltirishni talab qilgan.

Baʼzan esa, maʼlumotlarni, qoʻshimcha shohidliklarni keltirishni, asosiy matnga nisbatan shunday aniqlikda keltirishga erishganki, matnni oʻqigan, muhokamasida qatnashayotgan ixlosmandlar Imom Gʻazzoliy oʻzi kimning gapi haqida soʻz yuritayotganini ajrata olmaydigan darajada murakkab, mufassal dalillash, isbot usullariga murojaat qilib, bu boradagi oʻz ustunligini mohirona namoyon qila olgan. Bu haqda, mutafakkir Imom Ahmad ibn Hanbal (r.a.)! va Xoris al-Muxosibiy orasida boʻlib oʻtgan ana shunday murakkab bahs-munozara misolini, hamda oʻzi ham muayyan paytlarda ana shunday “sunʼiy chalkashtirish”ga yoʻl qoʻygani va undan qanday chiqqani misolini keltirib oʻtgan [5,233-235].

Imom Gʻazzoliyning  falsafiy bahs-munozarada baʼzan ana shunday favqulodda holatlarni vujudga keltira olgani, ulardan mohirona chiqib ketganidan saboq chiqarib, biz ham oʻz navbatida Imom Gʻazzoliyning “Al-Maqosid…” asari mundarijasi, boʻlim, bob va fasllarini bir muncha mufassal keltirib, tavsiflashga urinamiz.

Imom Gʻazzoliyning bu asari muqaddima va uchta asosiy qismdan iborat. Mutafakkir muqaddimada avvalo faylasuflarning nomuvofiqligi, qarashlaridagi ziddiyatlarni, sarosimaga tushib, gʻazablanishlarini ochib beradigan tushunarli asar yozishni taʼkidlaydi. Shu boisdan ham ularning fikrlarini har tomonlama tushunish istagini bildiradi. Shu nuqtai-nazardan mutafakkir faylasuflarning metafizika, tabiatshunoslik va mantiq fanlaridagi maqsadlarini qamrab oluvchi nomuvofiqliklarini toʻgʻri va notoʻgʻriga ajratmasdan, ixcham va qisqa qilib koʻrsatishni oʻrinli, deydi. Uning maqsadi faqat faylasuflarning qarashlarini oʻrganish ekanini ham taʼkidlaydi. Shundan soʻng mutafakkir faylasuflarni qiziqtiradigan toʻrtta fanlar guruhi borligini taʼkidlab, bu fanlarga qisqacha baho beradi.

  1. Matematika fanlari. Uning uchun matematika arifmetika va geometriyaning zaruriyatlari haqida emas, balki geometriya va arifmetikaning oʻzi haqida oʻylaydi. Arifmetika va geometriya aqlga zid boʻlmaganidek, ularni inkor etish yoki rad etish aql uchun mumkin emas. Bunday holda bu ilmlarni batafsil bayon qilishga urinishdan maʼno yoʻq, deydi u.
  2. Metafizika fanlari. Gʻazzoliyning mulohazalariga koʻra, faylasuflarni koʻpchiligining bu ilmlar toʻgʻrisidagi qarashlari haqiqatga toʻgʻri kelmaydi va ularda bu masalada haqiqat kam.
  3. Mantiq fanlari. Uning fikricha, faylasuflar bu sohada umuman toʻgʻri uslubga tayanadi. Ularning ilmida kam xato bor. Mutafakkirning eʼtiroficha, faylasuflar huquq ahliga maʼno va maqsadlarda emas, balki oʻz tushuncha va koʻchirmalarida qarshi chiqadi. Ularning maqsadi dalillarni olish usullarini bezashdir. Bu fikr mutafakkir qabul qilgan fikrdir.
  4. Tabiiy fanlar. Mutafakkirning eʼtiroficha, bu fanlarda haqiqatni botil aralashtirib, aniqlikni xatoga qiyoslagan va bu fanlarda gʻolib va magʻlubni aniqlab boʻlmaydi. Gʻazzoliy faylasuflar qiziqqan ilmlarni shu tarzda qisqacha baholagandan soʻng, bu asardan soʻng “Tahofut ul-falosifa” nomli asar yozishini va bu asarida notoʻgʻri deb hisoblangan qarashlarni bayon etishini taʼkidlaydi va keyin ularning qarashlarini jiddiy tanqid qiladi. Birinchidan deydi alloma, u mantiq ilmidan boshlanadi. Bu bizning xulosamizni taqdim etadigan qismdir. Shu tariqa Gʻazzoliy mantiq ilmining foydasi, bu ilmning qismlari va tartibi toʻgʻrisida fikr yuritadi. Uningcha, mantiq fani toʻgʻri taʼrif va qiyosni notoʻgʻri taqqoslash va taʼrifdan ajratuvchi qonun boʻlib, aniqlikni ifodalovchi maʼlumotni ifoda etmaydigan maʼlumotdan ajratuvchi fandir. Ishonch. Bu fan boshqa barcha fanlarning oʻlchovi va koʻlami hisoblanadi. Mantiqning foydasi bilimni jaholatdan ajratishdir. Boshqacha qilib aytganda deydi alloma, mantiqning foydasi bilimdan foydalanishdir. Ilmning foydasi abadiy baxtga erishishdir. Baxtga erishish uchun qalbning kamolotiga, poklanish va poklanishga asoslangani rost ekan, mantiq albatta, katta foyda keltiradigan fan sohasidir [6,41-43].

Imom Gʻazzoliyning fikricha, bu fanlar bir qancha boʻlimlarga boʻlingan boʻlsa-da, ular asosan ikki qismda jamlangan: Tasavvur va tasdiq.

a) Tasavvur: Buni alloma buyum, daraxt, farishta, jin va shunga oʻxshash atamalarda nazarda tutilgan maʼnoni idrok etish, birlik ifoda bilan ifodalangan mohiyatlarni tekshirish va tushunish orqali anglashdir, deb tushuntiradi.

b) Tasdiq: Gʻazzoliy har bir tasdiq ikki vakillikdan keyin keladi deydi. Masalan, dunyo ortidan emas degan fikrda ikkita tushuncha bor. Birinchisi, soha; ikkinchisi hadis tasavvuridir. Agar koinot haqidagi tushunchalar va hadislar maʼlum boʻlmasa, bu taklifni tasdiqlab boʻlmaydi. Taklif tasdiqlanishi yoki soxtalashtirilishi uchun taklifni tashkil etuvchi atamalarning maʼnolari maʼlum boʻlishi kerak.

Imom Gʻazzoliy tasavvur va tasdiqning har biri harakat va fikrlashsiz idrok qilinadigan va harakat bilan idrok qilinadigan ikki qismga boʻlinishini ayta turib, harakat talab qilmasdan tasavvur qilingan obyektlar va say-harakat bilan amalga oshirilgan tasavvurlarga ruhlar, farishtalar, jinlar va mohiyati yashiringan narsalarning haqiqatlarini bilish deb koʻrsatadi. Tasdiqlash deydi Gʻazzoliy, ikkining birdan kattaroq ekani kabi qoidalar apriori, yaʼni aqldagi majburiy qoidalardir. Bunga aqlning fikr va harakatsiz ega boʻlgan his-tuygʻulari, roziligi va boshqa bilimlarini qoʻshish mumkin. Gʻazzoliyning yozishicha, ular oʻn uch qismga boʻlingan. Mutafakkir kerak boʻlganda ular haqida gapiraman, deydi. Ikkinchisiga, yaʼni tasdigʻi sifatida harakat va tafakkur bilan idrok qilinadigan, olamning keyinroq yaratilgani, oʻlimdan keyin qayta tirilishi, gunoh va ibodatlarning ajr-savob berilishi haqidagi hukmlarning tasdigʻi va shunga oʻxshash hukmlar misol boʻla oladi. Homilador boʻlish uchun kuch talab qiladigan narsalar haqidagi bilimni faqat taʼrif orqali olish mumkin. Tasdiqlanishi say-harakatni talab qiladigan narsalar haqidagi bilimni faqat dalil (hujjat) bilan olish mumkin. Bularning har biri uchun avvaldan maʼlum boʻlishi vojibdir [6,53].

Gʻazzoliy takliflarning turlari haqida fikr yuritar ekan, ularni quyidagicha tartibda izohlaydi. a) Yuklama va shart asosiga koʻra, takliflar. Bular ham ikki qismga boʻlinadi: 1. Yuklamali takliflar; 2. Aralash, shartli takliflar. b) Yuklamalarga koʻra, takliflar. v) Mavzulariga koʻra, takliflar. g) Yuklamaning mavzu bilan aloqasi nuqtai-nazaridan takliflar. d) Takliflarni bir-birini taqozo qilishi. ye) Inʼikos holatiga koʻra, takliflar [6,58-65].

Imom Gʻazzoliy qiyos qilinadigan takliflarning birlashuvi haqida fikr yuritar ekan qiyosning shakllariga quyidagilarni kiritadi: Muayyan qiyoslar (deduksiya), tanlama (istisnoli) qiyoslar, ziddiyatli qiyos, istiqro (induksiya) qiyos, analogiya (tamsil), qoʻshma qiyoslar. Shundan soʻng, Gʻazzoliy qiyosning shakllari toʻgʻrisida fikr yuritadi. Ular quyidagilar: Avvaliyyat, maxsusot, mujarrabat, mutaʼvotir maʼlumotlar. Qiyosni tabiiy ravishda oʻzida aks ettirgan takliflar (Fitriyyat): Mahliyyot, mashhurot, maqbulot, musallamot, mubashshihot, zohirda mashhurlar, maznunot, muhayyulot, tamoyillarning foydalanishiga oid, qiyosga oid soʻng soʻz.

Gʻazzoliy burxon va qiyosning qoʻshimchalari haqida fikr yuritar ekan bularni quyidagicha koʻrsatadi. a) Bilimga oid savollar va ularning qoʻshimchalari. b) Burxoniy qiyoslar. v) Burxoniy ilmlarning qoʻllanilgan oʻrinlari. g) Burxon tamoyillarining shartlari. Shu bilan alloma asarning mantiq boʻlimini yakunlaydi.

Asarning ilohiyot boʻlimi ikki muqaddima bilan boshlanadi. Birinchi muqaddimada ilmlarning tasnifi, ikkinchi muqaddimada esa matematika, tabiat va metafizik bilimlarning mavzulariga oid maʼlumotlar bilan davom ettiriladi [6,108-111]. Bu boʻlim jami beshta maqoladan iborat boʻlib, birinchi maqolada borliqning qismlari, hukmlari va individual aloqalari deb nomlanadi. Bunda javhar va aloqa sifatida borliq, jismning haqiqati, jismlarning farqli birlashuv oʻlchamlari, modda (Xayulo) va shaklning mustaqil boʻlmasligi, aloqalar, aloqalarning turlari toʻgʻrisidagi [6,113-152] oʻziga xos qarashlarni ilgari suradi.

Boʻlimning ikkinchi maqolasi majburiy borliq, zoti va sifatlari toʻgʻrisida [6,163-173], uchinchi maqola ilk borliqning sifatlari, daʼvolar va kirish, sifatlarga oid oxirgi soʻz bilan yakunlanadi [6,174-195]. Toʻrtinchi maqola borliqlarning qismlari boʻlib, unda havo jismlari toʻgʻrisida [6,198-210], beshinchi maqola esa, ashyoning ilk tamoyildan paydo boʻlishi, sabab va sabablilikning tartibi, sabab va sabablilikning sababi boʻlgan Zotga yuksalishi toʻgʻrisidagi qarashlar [6,224-234] bilan yakunlanadi.

Asarning uchinchi boʻlimi tabiat bilimlari deb nomlanadi va besh maqolani oʻz ichiga oladi. Birinchi maqola barcha jismlarda boʻlgan umumiy xususiyat, harakat, makon toʻgʻrisida fikr yuritiladi. Alloma ikkinchi maqolada oddiy jismlar va xususiy makonlar toʻgʻrisida, uchinchi maqolada aralashmalar va birlashmalar toʻgʻrisida, aralashmaning (mijoz) haqiqati, elementlarning dastlabki uyumi, bugʻ moddasidan atmosferada paydo boʻladigan narsalar, tutun moddasidan shakllangan narsalar, maʼdanlarga oid qarashlar toʻgʻrisida, toʻrtinchi maqolada nabotot, hayvoniy va insoniy nafs, zohiriy idroklarning haqiqiyligi, ichki botiniy tuygʻular, insoniy nafs toʻgʻrisida, beshinchi maqolada faol aqldan nafslarga berilganlar [6,312] toʻgʻrisida oʻz qarashlarini mufassal bayon etadi.

Imom Gʻazzoliyning ikki yildan koʻproq davom etgan falsafiy izlanishlari Farobiy va Ibn Sinoning asarlari asosida amalga oshirilgan. Ushbu tadqiqotlarga qoʻshimcha ravishda, birinchi navbatda faylasuflarning daʼvolarini ochib berish maqsadida “Maqosid ul-falosifa” asarini yozadi.

Xulosa qilib aytganda, Imom Gʻazzoliyning falsafaga munosabati shundaki, u muammoga ilmiy tahlillar va mulohazalar asosida toʻxtalib, uni “Maqosid ul-falosifa” asari bilan tasdiqlagan buyuk mutafakkirdir. Oʻz davrining bir qator falsafiy taʼlimotlarini ratsional-mantiqiy uslubda inkor etgan Gʻazzoliy aqliy tafakkur va falsafaga umuman qarshi emas edi. Gʻazzoliy aqli va falsafaning inkori sifatida taqdim etilgan uchrashuv, aslida ilmiy jihatdan tasdiqlanmagan. Bu uning gʻoyalariga zid keladi va falsafaning keyingi tanazzuliga uchrashi natijasida oʻz-oʻzidan paydo boʻlgan daʼvodir. Gʻazzoliy dindor musulmon sifatida islom taʼlimotini himoya qilgan boʻlsa-da, aqidalarning haqli konservatizmi taʼsiriga tushmagan, aql-idrokka munosib eʼtibor bera olgan.

 

Adabiyotlar:
  1. Abdulamir al-Aʼsam. Al-faylasuf al-Gʻazzoliy. Qohira, Dor qiboi l-it-tiboat va-n-nashr va-t-tavziʼ, 1988. 286 b.
  2. Abduqodir Zohidov. Turkistonda Oʻrta asr arab-musulmon madaniyati. Toshkent: Fan, 1993. – 120 b.
  3. R.M.Baxodirov.Ob ensiklopediches kom trude xorezmskogo uchenogo X v “Mafatix al-ulum”(“Klyuchi nauk”) Moskva: Nauka. 1979) // Pismennыye pamyatniki Vostoka). ss.13-19;
  4. M.N.Boltayev. Imom Gʻazzoliyning irfoniy taʼlimoti // Buxoro universiteti ilmiy axborotlari – 2002. № 2 – B. 2-7.
  5. S.N.Grigoryan. Iz istorii filosofii Sredney Azii i Irana VII-XII vv. Moskva: Izd-vo ANSSSR, 1960. – 330 s.
  6. İmam Gazzâlî. Makâsiduʻl-Felâsife (Felsefenin Temel İlkeleri). tahkik: Süleyman Dünya. Trc. Cemaleddin Erdemci. İstanbul: Vadi Yayınları, 2. b., 2002. 312 s.
  7. R.Isoqjonov. Islom falsafasi. Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2012. – B. 69-86
  8. G.N.Navroʻzova. Gʻazzoliyning falsafaga munosabati. Falsafa va fanlar metodologiyasi muammolari.(Toʻplam). Toshkent: Falsafa va huquq instituti, 2011. 1-kitob. – B. 103-105.
  9. I.P.Petrushevskiy. Islam v Irane v XII – XV vekax. (Kurs leksii). L: Izd-vo Leningrad. Un-ta, 1966. – 400 s.
  10. H.Salomova. Gʻazzoliy va mezon // Sharq yulduzi – 1996. -№ 5. – B. 152-156.
  11. M.Qodirov. Markaziy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharqning falsafiy tafakkuri (oʻrta asrlar). Toshkent: ToshDSHI nashriyoti, 2010. – B. 31. 168-176.

 

Firuz MUZAFFAROV,
BuxDU falsafa doktori (PhD), dotsent

Check Also

MUQADDAS DINIMIZDA OʻTGANLARNI XOTIRLASH VA TIRIKLARNI QADRLASH HAQIDA

Islom dini insonlarni odob-axloq, yaxshilik va ezgulikka chorlaydi. Shu bois, unda oʻtganlarni xotirlash, ularning haqiga …