Home / FOTO LAVHALAR / MAʼRIFAT – ILOHIY QUDRAT VA MISLSIZ SALOHIYAT MANBAI

MAʼRIFAT – ILOHIY QUDRAT VA MISLSIZ SALOHIYAT MANBAI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Jaholatga – qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida “Ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda universitet rahbariyati va talabalari hamda Markaz ilmiy xodimlari qatnashdi.

Maʼruzachilar bugungi globallashuv jarayonlarida yoshlarda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga boʻlgan doimiy ehtiyoj nuqtai-nazaridan kelib chiqib, ilm va maʼrifatning yuksak ahamiyati borasida hayotiy misollar asosida tushuntirish berdi.

Tadbirda inson aql-tafakkuri va ilm-maʼrifatga ega ekani bilan boshqa mavjudotlardan ustunligi, aynan maʼrifat qaramlik, qoʻrquv va hadikni bartaraf qilib, insonga beqiyos ilohiy qudrat va salohiyat ato etishi, shuning uchun barcha zamonlarda ozodlik uchun kurashchilar millat ozodligini xalqning maʼrifiy uygʻoqligida deb bilib maʼrifat uchun kurashgani taʼkidlandi.

Tadbir qizgʻin muloqot va koʻtarinki ruhda oʻtdi.

Muloqot soʻngida universitet kutubxonasi uchun Markaz tomonidan nashr etilgan adabiyotlar toʻplami covgʻa qilindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Yuta shtati delegatsiyasi – Markaz mehmoni

Bugun, 26-aprel kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga ayni kunlarda mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Amerika …