Home / YANGILIKLAR / “IMOM BUXORIY” ORDЕNI TAʼSIS ETILDI

“IMOM BUXORIY” ORDЕNI TAʼSIS ETILDI

“Imom Buxoriy” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Qonun (OʻRQ–789-son, 15.08.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi

🔰 Qonunga muvofiq, “Imom Buxoriy” ordeni ikki darajadan iborat boʻladi:

▫️“Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni;
▫️“Imom Buxoriy” ordeni.

✅ “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan ilm-fan va madaniyat, jumladan, islom maʼrifati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti hamda ilmiy merosini oʻrganish va xalqaro maydonda keng targʻib qilishda katta yutuqlarga erishganligi uchun:

➖xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari;
➖xorijiy mamlakatlar parlamentlari vakillari;
➖xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillari, shuningdek xorijiy arboblar va olimlar;
➖mamlakatimizning atoqli davlat va jamoat arboblari, diniy-ijtimoiy sohadagi rahbarlar va yetuk ulamolar, atoqli olimlar, adiblar, pedagoglar va ilmiy tadqiqotchilar mukofotlanadi.

✅ “Imom Buxoriy” ordeni bilan esa buyuk allomalarimizning ilmiy va diniy merosini tadqiq etish hamda targʻib qilish, islom dinining umuminsoniy qadriyatlari va asl mohiyatini mamlakat aholisi, ayniqsa yoshlarga yetkazishdagi xizmatlari uchun:

➖ilm-fan, taʼlim-tarbiya, madaniyat, sanʼat va adabiyot sohasi xodimlari;
➖davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari;
➖diniy ulamolar;
➖olimlar va tadqiqotchilar mukofotlanadi.

💰“Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga BHMning 70 baravari (21 mln soʻm), “Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga esa BHMning 50 baravari (15 mln soʻm) miqdoridagi bir martalik pul mukofoti beriladi.

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …