Home / FOTO LAVHALAR / “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashaylik” shiori ostida targʻibot tadbirlari davom etmoqda

“Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashaylik” shiori ostida targʻibot tadbirlari davom etmoqda

Tayloq tumanidagi Madaniyat markazida “Jaholatga qarshi maʼrifat”  shiori ostida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtmoqda.  Unda  “Shopoʻlot”,  “Yastepa”, “Adas”, “Navzandak”, “Saraosiyo” MFY fuqarolari, faol yoshlar, maktab va mahalla masʼullari ishtirok etishdi.

 Tadbirda Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi Tohir Evadullayev nutq soʻzladi. Musaffo osmon, tinch va osoyishta zamin qadriga yetish, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga eʼtiborli boʻlish,  toʻkinlikka shukrona  keltirish haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Kishilar qalbida shukronalik hissini uygʻotuvchi, tinchlikni qadriga yetishga undovchi,  urush suronlari davom etayotgan davlatlarda yashayotgan, bir soniya boʻlsa-da tinch va xotirjam yashashni istayotgan odamlar hayotini tasvirlagan videofilm namoyish etildi.

Insoniyat qadim-qadimdan buyon jaholatga, bidʼat va xurofotga qarshi maʼrifat bilan kurashishga intilib keladi.Chunki, unga qarshi kuch ishlatilsa, zoʻravonlik vositasida kurash olib borilsa, jaholat avvalgidan battarroq kuchayib ketishi mumkin. -deydi tumanimizdagi 60-umumtaʼlim maktabida “Jaholatga qarshi maʼrifat” maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirida ishtirok etgan Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot markazi mutaxassisi Mashrab Xidirov.

 Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan Jumabozor jomeʼ masjidi bosh imom xatibi S.Abulsaidov bugungi globallashuv va tez surʼatlar bilan oʻzgarib borayotgan murakkab va shiddatli davrda mamlakatimiz yoshlari maʼnaviyatini turli tahdidlardan asrash, ularning xalqaro maydonda sodir boʻlayotgan jarayonlarning tub mohiyatini anglab yetishi, ushbu voqeliklar yuzasidan xolis va mustaqil fikrga ega boʻlishi, toʻgʻri va maqbul xulosa chiqara olish salohiyatini shakllantirish hamda rivojlantirishda ota-ona, mahalla va taʼlim muassasalarining rolini oshirish muhim ekanligini taʼkidladi.

Bugungi kunda yurtimizda “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida jamiyatda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish, xususan yoshlar, oila, mahalla, taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish va sogʻlomlashtirishga qaratilgan tadbirlar keng quloch yoydi.  Xususan bugun tumanimizdagi 10-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan davra suhbatida Eski Juma, Uzunqishloq mahalla fuqarolari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etishdi.

Unda ishtirok etgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi kichik ilmiy xodimi Otabek Baxriyev maʼruza qildi.

 

2022 yil 1 avgust kuni soat 17:00 da Samarqand viloyati Toyloq tumani XTB ga qarashli 30 va 8 umumtaʼlim maktablarida “Saribozor” MFY bilan “Jaholatga qarshi – maʼrifat” mavzusida targʻibot uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda 100 nafar mahalla nuroniylari, ota-onalar va yoshlar ishtirok etdi. Samarqand viloyati Toyloq tumani “Oʻray Elpok” MFY “Jaholatga qarshi maʼrifat tadbiri” oʻtkazildi. Unda 50 ga yaqin ota-ona va oʻquvchilar qatnashdi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Abduvoitov Sirojiddin Hikmatullayevich maʼruza qildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari boshlandi

Oʻtayotgan haftada Samarqand viloyatidagi mahalla va taʼlim muassasalarida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” shiori ostida keng …