Home / YANGILIKLAR / Singapurda “Musulmon ziyoratchilarni Islom merosiga qaytarish” mavzusiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

Singapurda “Musulmon ziyoratchilarni Islom merosiga qaytarish” mavzusiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

Singapurda “Crescent Rating & HalalTrip” agentligi asoschisi Fazal Baxarddin tomonidan tashkil etilgan “Musulmon ziyoratchilarni Islom merosiga qaytarish” mavzusiga bagʻishlangan muhokama boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda qatnashgan Oʻzbekistonning Singapurdagi elchisi Qahramon Shokirov yigʻilganlarga mamlakatimizning boy islomiy merosi, jumladan, Hazrati imom majmuasi, Zangi ota ziyoratgohi, Shohi-Zinda va Ruhobod maqbaralari va boshqalar meʼmoriy obida va ziyoratgohlarning musulmon sayyohlarida qiziqish uygʻotadigan jihatlari va sayohatchilar uchun yaratilgan qulayliklar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni taqdim etdi.

Islom dini, Qurʼoni karim va Hadis ilmining asl mohiyati, hadisshunoslik maktabining ilmiy-maʼnaviy asoslari, Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk hadisshunos allomalar merosini har tomonlama oʻrganish, keng targʻib va tashviq qilish maqsadida tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, Xiva va Termiz shaharlarining ziyorat turizmi sohasidagi imkoniyatlarini yanada kengaytirish va samarali foydalanish, xorijlik sayyohlarni ushbu hududning noyob tarixiy-madaniy va meʼmoriy merosi bilan keng tanishtirish maqsadida Oʻzbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida ham atroflicha fikr yuritildi.

Oʻz navbatida, F.Baxarddin Oʻzbekiston ziyorat turizmi bozorining turli segmentlariga yoʻnaltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilayotgani, ularning raqobatbardoshligini yanada oshirish, maqbul va qulay ichki hamda xalqaro ziyorat turizmi muhitini yaratish, turizm mahsulotlarini keng targʻib qilish, shuningdek, mamlakatimizning sayohat va dam olish uchun xavfsiz manzil sifatidagi obroʻ-eʼtiborini mustahkamlash yoʻlida olib borayotgan ishlarga yuqori baho berdi. 

Check Also

Mahalla raislari oʻquvi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi Shukurillo Umarov Samarqandda viloyat hokimligi huzuridagi fuqarolarning oʻzini …