Home / MAQOLALAR / BOʻLAJAK TARIX OʻQITUVCHILARINING KASBIY MЕTODIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA IMOM BUXORIY SABOQLARINING OʻRNI

BOʻLAJAK TARIX OʻQITUVCHILARINING KASBIY MЕTODIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA IMOM BUXORIY SABOQLARINING OʻRNI

Mustaqillik yillarida taʼlim-tarbiyaning sifati va samaradorligini zamon talablari darajasiga koʻtarish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Taʼlim tizimi yangilanishlar, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurish jarayonlari bilan hamohang tarzda taraqqiy etib bormoqda. Boʻlajak tarix oʻqituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirishda zamonaviy bilimlar bilan birga, Imom Buxoriyning hayoti va faoliyati, uning ilmiy merosini oʻrganish yosh kadrlarning maʼnaviy dunyosini yanada boyitadi.

Manbalarga koʻra, Imom Buxoriy Bagʻdodda yashaganida koʻpincha oy nurida ijod qilgan, sham yorugʻida kitob yozgan. Kechasi biror fikr kelib qolsa, tezda shamni yoqib, qogʻozga tushirar, shu tariqa tuni bilan shamni 20 martagacha yoqib oʻchirishiga toʻgʻri kelgan ekan [6].

Mamlakatimizda yoshlarning taʼlim olishi, mehnat qilishi, qobiliyatini roʻyobga chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. 2021 yilning “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb eʼlon qilingani buning yana bir amaliy ifodasi boʻldi. Prezidentimiz Yangi Oʻzbekistonni bunyod etishda yoshlarning oʻrni va vazifalarini quyidagicha belgilab bergan: “Yoshlar – xalqimizning asosiy tayanchi va suyanchi. Keng koʻlamli islohotlarimizni samarali amalga oshirishda ular hal qiluvchi kuch boʻlib maydonga chiqmoqda. Aynan zamonaviy bilim olgan, ilgʻor kasb-hunarlarni, innovatsion texnologiyalarni, xorijiy tillarni puxta egallagan oʻgʻil-qizlarimiz mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishda yetakchi oʻrin tutadi” [2].

Maʼlumki, yoshlar yangicha fikrlashga, yangi-yangi gʻoyalarni oʻrtaga tashlab, dadil amalga oshirishga, muammolarni ijodiy va nostandart yondashuvlar asosida hal etishga moyil boʻladi. Shuning uchun hozirgi kunda yosh avlodning bilim olishi, ilm-fan, innovatsiyalar, adabiyot, sanʼat va sport sohasidagi isteʼdod va salohiyatini yuzaga chiqarishi, ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga ustuvor ahamiyat berilmoqda.

Qadim naqlda “Yoshlikda oʻrganilgan ilm toshga oʻyilgan naqsh kabidir”, deyilgan. Buyuk allomalarimiz shunday hikmatlarga amal qilib, ilm-fan sohasida buyuk kashfiyotlarni amalga oshirgani va umumbashariy tafakkur rivojiga beqiyos hissa qoʻshgani tarixdan maʼlum.

Qutlugʻ anʼanalarni davom ettirish, yurtimizda yangi buxoriylar, xorazmiylar, fargʻoniylar, beruniylar, ibn sinolar, ulugʻbeklar, navoiylarni tarbiyalab voyaga yetkazish – nafaqat vazifamiz, balki tarix va kelajak oldidagi muqaddas burchimizdir.

Bu zaminda yashab ijod qilgan buyuk alloma va mutafakkirlarning bebaho ilmiy-maʼnaviy merosini tadqiq qilish, asarlarini ilmiy-izohli tarjima qilib ommalashtirish, xorijiy davlatlardagi kutubxonalar, arxiv fondlarida saqlanayotgan qoʻlyozmalarning elektron nusxalarini toʻplab, xalqimizga yetkazish dolzarb masalaga aylanmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov bunday degan edi: “Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qoʻshgan betakror hissasi toʻgʻrisida soʻz yuritganda, eng avvalo, haqli ravishda musulmon olamida “muhaddislar sultoni” deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning muborak nomlarini hurmat-ehtirom bilan tilga olamiz. Bu moʻtabar zot merosining gultoji boʻlmish eng ishonchli hadislar toʻplami – “Jomeus sahih” kitobi islom dinida Qurʼoni karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba boʻlib, ahli islom eʼtiqodiga koʻra, bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulugʻi hisoblanadi. Mana oʻn ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini imon nuri bilan munavvar etib, Haq va diyonat yoʻliga chorlab kelmoqda” [1].

Imom Buxoriyning ijodiy merosi oʻzining koʻlami, zamonasining diniy va ijtimoiy fanlarini toʻla-toʻkis qamrab olgani bilan kishini hayratga soladi.

Imom Buxoriy “Jomeus sahih”dan soʻng “Adabul mufrad” (“Odob durdonalari”) kitobini yozdi. Bu asardan insonni ulugʻlash, axloqiy qadriyatlarni kamol toptirish masalalari oʻrin olgan [4].

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 14-15 aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi chogʻida Imom Buxoriy yodgorlik majmui huzurida xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ochish taklifini bildirib, bunday degan edi: “Buyuk mutafakkir bobomiz, barcha muhaddislar peshvosi Imom Buxoriy mangu qoʻnim topgan ushbu maskanda oʻziga xos maʼnaviy-ruhiy muhit mavjud. Majmuaga ziyoratga kelgan odam bu markazga ham kirib, oʻziga katta ozuqa olsin, bobolarimiz hikmatlaridan oʻrganib ketsin. Shunda qalbida ulugʻ ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuygʻusi rivoj topadi, ayni paytda shunday buyuk zotlarning avlodi masʼuliyatini his etadi”.

Demak, hadislar mazmunan har bir insonning ishonchini, eʼtiqodini mustahkamlaydi va insonni maʼnaviy kamolotga daʼvat etadi. Shunday ekan, hadislar komil insonni shakllantirishda muhim manba hisoblanadi [8].

Alloh taolo Imom Buxoriyga oʻtkir zakovat, kuchli yod olish qobiliyatini bergan. Oʻn bir yoshida ustozi Doxiliyning xatolarini tuzatgani bunga dalildir. “Otasining darsxonasida Abu Hafs Ahmad ibn Hafsdan Sufyonning “Jomeʼ” kitobini tinglar edi. Abu Hafs bir harfda xato qilgan edi, u qaytardi. Ikkinchi marta xato qilgan edi, yana qaytardi. Uchinchi marta xato qilgan edi, yana qaytardi. U bir muddat sukut saqlab turdi-da: “Bu kim?” dedi. “Ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn Bardazba”, deyishdi. “Buning aytgani toʻgʻri ekan. Eslab qoling! Albatta, u bir kuni buyuk odam boʻlib yetishadi”, dedi Abu Hafs”.

“Tabaqotush Shofeiyya” va boshqa kitoblarda qoʻyidagi matn keltiriladi: “Salim ibn Mujohid aytadi: “Muhammad ibn Salom Paykentiyning huzurida edim. U menga: “Agar avvalroq kelganingda yetmish ming hadisni yod biladigan bolachani koʻrar eding”, dedi. Ortidan izlab borib uni topdim va: “Yetmish ming hadisni yoddan biladigan senmisan?” dedim. U “Ha! Undan ham koʻp! Men senga sahoba va tobeinlardan hadis keltiradigan boʻlsam, albatta, ulardan koʻpining tugʻilgan joylari, vafotlari va maskanlarini ham bilaman. Sahoba va tobeinlardan biror hadis rivoyat qiladigan boʻlsam, albatta, uning Allohning Kitobidagi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridagi aslini ham yodlagan boʻlaman”, dedi”.

Imom Buxoriy oʻn olti yoshida Ibn Muborak va Vakiʼning kitoblarini yodlagan edi. Oʻn sakkiz yoshidan kitob tasnif qilishni boshlagan.

Imom Buxoriy tengdoshlari bilan Basra mashoyixlarining darslarida qatnashar, lekin ularni yozib olmas edi. Bir necha kun shu tarzda oʻtgandan keyin sheriklari unga: “Sen biz bilan birga darsda qatnashasan, lekin yozib olmaysan, buning maʼnosi nima?” deydi. Imom Buxoriy oʻn olti kundan soʻng ularga: “Juda gapni koʻpaytirib yubordingiz va mahkam turib oldingiz. Yozganingizni menga oʻqib bering-chi!» deydi. Ular yozganini oʻqigan edi, oʻn besh mingdan ziyod hadis chiqdi. U oʻshalarning hammasini yoddan aytib berdi. Ular esa uning aytganiga quloq solib, yozganidagi xatolarini toʻgʻrilab oldi. Soʻng ularga: “Ayting-chi, darsda behuda qatnashayotgan va kunlarimni zoye qilayotgan ekanmanmi?!” dedi. Shunda uning oldiga birov tusha olmasligini bilishdi.

“Tahzibul Kamol” va boshqa kitoblarda keltirilishicha, mashhur olim Isʼhoq ibn Rohavayh Buxoriy tasnif qilgan “Tarix” kitobini Xuroson amiri va katta olim Abdulloh ibn Tohirga olib kirgan va: “Ey amir! Senga moʻjiza koʻrsataymi?!” degan. Abdulloh ibn Tohir kitobga nazar solib boʻlganidan keyin: “Buning qanday tasnif qilinganiga fahmim yetmadi”, degan [5].

Imom Buxoriy oʻz asarlarida yaqinlarga yaxshilik qilish, silai rahm qilish va ular bilan aloqani uzmaslik lozimligini taʼkidlaydi. Rasululloh (S.A.V.) aytadilar: “Obod va farovon boʻlishni, umri uzoq boʻlishini istagan kishi oʻzini qarindoshlaridan yiroqqa chiqarmasligi kerak” [3].

“Sahihul Buxoriĭ”ni tez va eng kŭp ŭqiganlar. Xatib Bagʻdodiĭ “Sahihul Buxoriĭ”ni uchta ŭtirishda ŭqib chiqqan. Ŭzi: “Ikki kun kechasi, oxirini esa ertalabdan kechgacha ŭqidim”, deydi.

Imom Hofiz Zahabiĭ: “Bundan-da tez ŭqigan insonni eshitmadim”, degan.

Ibn Hajardan “Siz ham imom Xatib Bagʻdodiĭ kabi ŭqiganmisiz”, deb soʻrashganda”, “Ĭŭq, lekin ŭn martacha ŭqiganman. Uzluksiz bŭlganida, bundan kam bŭlardi”, degan.

“Irshodus Sariĭ” muallifi imom Ahmad ibn Abu Bakr Qastaloniĭ besh ŭtirishda ŭqib tugatgan. Imom Abu Bakr ibn Atiĭya esa 700 marta xatm qilgan [9].

Maqtov va eʼtiroflar. Imom Buxoriy shaʼniga aytilgan va yozilgan eʼtiroflarni toʻliq keltirishning iloji yoʻq, albatta. Ulardan baʼzilarini taqdim etish bilan kifoyalanamiz.

Imom Ahmad ibn Hanbal: “Xurosondan Muhammad ibn Ismoilga oʻxshash kishi yetishib chiqmagan”, degan.

Yahyo ibn Jaʼfar aytadi: “Qudratim yetsa, Muhammad ibn Ismoilning umrini ziyoda qilar edim. Mening vafotim bir kishining vafoti boʻladi. Muhammad ibn Ismoilning vafoti ilmning ketishidir”».

Rajo ibn Murajjiy Hofiz: “Muhammad ibn Ismoilning ulamolardan afzalligi erkaklarning ayollardan afzalligi kabidir”, degan. “Ey Abu Muhammad! Buning barchasi bir ogʻiz soʻz bilan-a?!” dedi bir kishi. “U Allohning yer yuzida yurgan belgilaridan bir belgidir!”, dedi u.

Hadis ilmini ŭrganishi va yëdlash qobiliyati. Imom Buxoriĭ ŭn yëshida qunt bilan hadis yëdlashga kirishgan. Maktabni tugatganidan keĭin Imom Doxiliĭ va boshqalar bilan birga yurgan. Bir kuni Imom Doxiliĭ odamlarga hadis ŭqib berayëtib: “Sufën Abu Zubaĭrdan rivoyat qiladi. U Ibrohimdan rivoyat qiladi”, deĭdi. Imom Buxoriĭ “Abu Zubaĭr Ibrohimdan rivoyat qilmagan”, deĭdi. Shunda Imom Doxiliĭ ni jerkib beradi. Imom Buxoriĭ esa “aslga qaĭting”, deĭdi. U zot uĭiga kirib, yëzib olgan narsalariga qaraĭdi. sŭng qaĭtib chiqib: “Eĭ bola, bŭlmasa qanaqa!”, deĭdi. Imom Buxoriĭ: “Zubaĭr ibn Adiĭ Ibrohimdan rivoyat qilgan”, deĭdi. Imom Doxiliĭ Imom Buxoriĭdan qalamni olib, kitobdagi xatoni tuzatadi va Imom Buxoriĭga: “Tŭgʻri aĭtding”, deĭdi.

Imom Buxoriĭ Doxiliĭga raddiya bergan vaqtda 11 yëshda edi. Sŭng onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga safar qiladi. Haj qilganidan keĭin akasi bilan onasi Buxoroga qaĭtadi. Imom Buxoriĭ hadis talabida u yerda qoladi. U zot Hijozda olti ĭil yashagan. Imom Buxoriĭ ŭzining safarlari haqida shundaĭ degan: “Men hadis ilmini ŭrganish uchun Shom, Jazira va Misrga ikki, Basraga tŭrt marta bordim. Hijozda olti ĭil yashadim. Kufa va Bagʻdodga muhaddislar bilan necha marta qatnaganimning sanogʻi ĭŭq”.

Imom Buxoriy 18 yëshga tŭlganida odamlar undan hadis rivoyat qilgan. Xuddi shu yëshida sahobalar, tobeinlar va ularning sŭzlari, tarixi haqida kitob yëzgan.

Imom Buxoriyning ustozlari. U mingga yaqin ustozdan hadis tinglagan. Ulardan eng mashhurlari quyidagilar:

Muhammad ibn Salom Poĭkandiĭ (v. 225 h.).

Abdulloh ibn Muhammad Masnadiĭ Jŭfiĭ (v. 239 h.) [7].

Imom Buxoriy “Jomeus sahih” kitobini 16 yil davomida tasnif etib, uni 97 kitobga ajratgan va 7500 dan ortiq sahih hadisni kiritgan. 78-kitobni “Kitobul adab” deb nomlagan.

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, ilm oʻrganishdagi tirishqoqligi va Alloh taolo inʼom etgan katta fazl va sharafi tufayli Imom Buxoriy nomini butun dunyo tanidi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 
  1. I.Karimov. Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch. T:. “Maʼnaviyat” 2013. – 38-bet.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev. “Yangi Oʻzbekiston” gazetasiga bergan intervyusi. 08.2021.
  3. Vospominaniya sovremennikov ob Buxari. Iz preambulы perevoda knigi Imama Ismaila Buxari “Al-Adab al-mufrad” Shamsiddin Boboxonov. Sm: Ismail Buxari “Al-adab al-mufrad” (Shedevrы vospitaniya). Avtor perevoda preambulы i primechaniy Shamsiddin Boboxonov, Tashkent, Uzbekistan, 1990 god, 6-8 str.
  4. K.B.Suyunova. Problemы formirovaniya sovershennogo cheloveka v uchenii Imoma al-Buxoriy. Innovatsii v texnologiyax i obrazovanii. XIII Mejdunarodnaya nauchno-prakticheskaya konferensiya. Belovo, 2020. S. 273-276.
  5. Muhammad ibn Ismoil Buxoriy. Adabul mufrad. – T.: Movarounnahr. 2013.
  6. U.Uvatov. Hadis ilmining sultoni // Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati. 29 oktyabr, № 43-44.
Raximboy Yarmatov,
Gulnoza Shertaylakova
Jizzax davlat pedagogika instituti

Check Also

MAVLONO MUHAMMAD QOZINING “SILSILATUL-ORIFIN VA TAZKIRATUS-SIDDIQIN” ASARIDAGI TARIXIY-TASAVVUFIY GʻOYALAR

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida dunyoga mashhur allomalarimiz maʼnaviy merosini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Biz …